Sunatullaeva Shahnoza Xurshid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarni moliyaviy barqarorligini ta’minlashda investisiya jozibadorligini oshirish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2783.
Ilmiy rahbar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xayriddinov Azamat Botirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlar moliyaviy barqarorligini ta’minlashda investisiya jozibadorligini oshirish istiqbollarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqishda yirik investisiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamenti taklif etilgan;
hududlar o‘rtasidagi tengsizlikni qisqartirish tuman va shaharlarni ularning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib 5 toifaga ajratish va investisiya jozibadorligini oshirish bo‘yicha davlat ko‘magini berish zarurligi asoslangan;
sharoiti «og‘ir» bo‘lgan hududlarda tadbirkorlik subʼektlariga aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz stavkada hamda yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlarni hisoblangan summadan 1 foiz stavkada to‘lash tizimini joriy etish taklif etilgan;
hududlarda yangi tashkil etilgan EI va KSZlarida amalga oshirilayotgan investisiya loyihalarining samaradorligini 1000 nafar faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subʼektlariga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha miqdoriga nisbatan aniqlash zarurligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlar moliyaviy barqarorligini oshirishda investisiyalar jozibadorligini oshirish istiqbol yoʼnalishlarini belgilash borasidagi tadqiqotlardan olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqishda yirik investisiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamenti taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 sentyabrdagi «Yirik investisiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi VMK-592-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 19 oktyabrdagi 03/41-24/293-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlarda investisiyaviy jozibadorlikni oshirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va yoshlar bandligini ta’minlash orqali hududlarning iqtisodiy va moliyaviy salohiyatini toifalash orqali yirik investisiya loyihasi bo‘yicha takliflarni baholash mezonlari ishlab chiqilgan.
hududlar o‘rtasidagi tengsizlikni qisqartirish tuman va shaharlarni ularning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib 5 toifaga ajratish va investisiya jozibadorligini oshirish bo‘yicha davlat ko‘magini berish zarurligi asoslanishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabardagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-287-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 19 oktyabrdagi 03/41-24/293-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2023 yil yakunlari bo‘yicha ushbu hududlarda 2021 yildagiga nisbatan yangidan ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 1,43 martaga, yangi investisiya loyihalari soni 1,34 martaga oshishiga erishilgan.
sharoiti «og‘ir» bo‘lgan hududlarda tadbirkorlik subʼektlariga aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz stavkada hamda yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlarni hisoblangan summadan 1 foiz stavkada to‘lash tizimini joriy etish taklifi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 apreldagi “2022 - 2026 yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VMQ-217-son Qarorida foydalanilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 19 oktyabrdagi 03/41-24/293-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida hududlarda aylanmadan olinadigan soliq hisobiga soliq to‘lovchilar ixtiyorida 79,7 mlrd.so‘m mablag‘ qolishi hisobiga ularning moliyaviy imkoniyatlari yaxshilanishiga hamda tadbirkorlik subʼektlari zimmasidagi soliq yukini 2,3 foizga kamaytirishga erishilgan.
hududlarda yangi tashkil etilgan EI va KSZlarida amalga oshirilayotgan investisiya loyihalarining samaradorligini 1000 nafar faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subʼektlariga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha miqdoriga nisbatan aniqlash zarurligi asoslanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 5 sentyabrdagi «Respublika hududlarida tadbirkorlikni rivojlanganlik darajasini baholash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi VMQ-488-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 19 oktyabrdagi 03/41-24/293-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2023 yilda potensial va istiqbolli investorlarning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari 17,9 foizga yaxshilanishiga hamda yangi ish o‘rinlari yaratishdagi ishtiroki 22,8 foizga, o‘zlashtirilgan investisiyalardagi ishtiroki esa 24,9 foizga oshishiga erishilgan.