Xaitova Yulduz O‘ktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy o‘zbek she’riyatida ijodkor shaxs ruhiyati  va badiiy talqin uyg‘unligi (Ra’no Uzoqova va Shafoat Rahmatulla Termiziy asarlari misolida”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2861.
Ilmiy rahbar: Pardaev Qo‘ldosh Uzaqovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Davlatova Adiba Rahmatovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Ra’no Uzoqova va Shafoat Rahmatulla Termiziy lirikasi misolida ijodkor shaxs ruhiyati va badiiy talqin uyg‘unligi masalasining poetik shakl, mazmun hamda obrazda namoyon bo‘lish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ra’no Uzoqova va Shafoat Rahmatulla Termiziyning oilaviy muhitiga oid ma’lumotlar bilan biografiyasi tiklanib, ijodkorlar lirikasida tarixiy o‘tmish va ajdodlar obrazining metaforik aks ettirilganligi, ijodkorlar ruhiyati va peyzaj tasviridagi mutanosiblik xususiyatlari aniqlangan;
Ra’no Uzoqova va Shafoat Rahmatulla Termiziy lirikasidagi detal va voqea-hodisalar obrazida ijodkor ruhiyati uyg‘unligi, o‘zbek xalqi adabiy-estetik tafakkuri rivojiga qo‘shgan hissasi va lirikasining g‘oyaviy yo‘nalishi, shakliy-uslubiy xususiyati, kompozision rang-barangligi, xalqona ohanglarga alohida e’tibor berilganligi ochib berilgan;
sharq adabiyotiga xos ijtimoiy-falsafiy, diniy-ma’rifiy mavzularning XX asr o‘zbek she’riyatida ham aks etishi, badiiy reallikka doir obrazlarning ikki ijodkor ruhiyati ifodasidagi muhim o‘ringa egaligi asoslangan;
ikki ijodkor she’rlarida poetik shakl va mazmunning mutanosibligi aniqlanib, shoirlarning falsafiy, axloqiy, ijtimoiy, tabiat va ishqiy mavzudagi she’rlarida milliy ruh va ijodkor shaxs ruhiyati masalasi ochib berilib, ruhiyatning shakl transformatsiyasida janr, radif, qofiya va uslubda namoyon bo‘lish holati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek she’riyatida ijodkor shaxs ruhiyati va badiiy talqin uyg‘unligi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ra’no Uzoqova va Shafoat Rahmatulla Termiziyning oilaviy muhitiga oid ma’lumotlar bilan biografiyasi tiklanib, ijodkorlar lirikasida tarixiy o‘tmish va ajdodlar obrazining metaforik aks ettirilganligi, ijodkorlar ruhiyati va peyzaj tasviridagi mutanosiblik xususiyatlari aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023- yillarda bajarilgan  PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  2023- yil 28-noyabrdagi 01/4-2534-son ma’lumotnomasi). Natijada sharq adabiyotiga xos ijtimoiy-falsafiy, diniy-ma’rifiy mavzularning XX asr o‘zbek she’riyatida yoritilishi, badiiy reallikka doir obrazlarning ruhiyat ifodasidagi o‘rni muammosiga doir ilmiy materiallar tayyorlashga asos bo‘lgan;    
Ra’no Uzoqova va Shafoat Rahmatulla Termiziy lirikasidagi detal va voqea-hodisalar obrazida ijodkor ruhiyati uyg‘unligi, o‘zbek xalqi adabiy-estetik tafakkuri rivojiga qo‘shgan hissasi va lirikasining g‘oyaviy yo‘nalishi, shakliy-uslubiy xususiyati, kompozision rang-barangligi, xalqona ohanglarga alohida e’tibor berilganligi ochib berilganligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan  PF-201912258 raqamli  “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  2023- yil 28-noyabrdagi 01/4-2535-son ma’lumotnomasi). Natijada Ra’no Uzoqova va Shafoat Rahmatulla Termiziy lirikasidagi obraz va ramzlar tizimini o‘rganishga, tasniflash va asosiy xususiyatlariga doir materiallar bilan boyishiga xizmat qilgan.
sharq adabiyotiga xos ijtimoiy-falsafiy, diniy-ma’rifiy mavzularning XX asr o‘zbek she’riyatida ham aks etishi, badiiy reallikka doir obrazlarning ikki ijodkor ruhiyati ifodasidagi muhim o‘ringa egaligi asoslanganligi hamda ikki ijodkor she’rlarida poetik shakl va mazmunning mutanosibligi aniqlanib, shoirlarning falsafiy, axloqiy, ijtimoiy, tabiat va ishqiy mavzudagi she’rlarida milliy ruh va ijodkor shaxs ruhiyati masalasi ochib berilib, ruhiyatning shakl transformatsiyasida janr, radif, qofiya va uslubda namoyon bo‘lish holati aniqlanganligi yuzasidan xulosalar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023- yillarda bajarilgan  PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  2023- yil 28-noyabrdagi 01/4-2534-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mazmuni ijodkorlar hayoti va ijodiga doir ilmiy materiallar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish