Akramov Abdufattoh Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda psixologik salomatlikni mustahkamlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P661.
Ilmiy rahbar: Jumaev Ulug‘bek Sattorovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Muxtorov Erkin Mustafoevich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda psixologik salomatlikni mustahkamlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini ochib berish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim jarayonida talabalarning psixologik salomatligi emotsional holatlarning o‘ziga xos «markazi» qo‘zg‘alishi, o‘zini his qilish, agressivlik va nevrotizm darajasini shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘lish xususiyatiga ko‘ra hissiy soha barqarorligiga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
talabalarning psixologik salomatligi shaxsning vaziyatli va shaxsiy xavotirlanishining pasayishi uning o‘zini yaxshi his qilish darajasini ortishiga, “yopishqoq fikr”larning noadekvat reaksiyalarga olib kelishi tufayli uning o‘zini psixologik xis qilish, faollik va kayfiyatiga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
talabalarning psixologik salomatligi mezonlaridan o‘zini his qilish, faollik va kayfiyatning adekvat tarzda namoyon bo‘lishi o‘ziga yo‘nalganlik faollik, odamlarga yo‘nalganlik o‘zini his qilish va faollik, faoliyatga yo‘nalganlik kayfiyat bilan o‘zaro integral ko‘rinishda ifodalanganligi tufayli shaxs yo‘nalganligiga bog‘liq ekanligi asoslangan;
talabalarda psixologik salomatlikni mustahkamlashning ijtimoiy-psixologik rivojlantiruvchi modeli shaxs irodaviy mexanizmlarini salomatlikka nisbatan adekvat munosabatda namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli motivatsion, refleksiv, fiziologik komponentlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda psixologik salomatlikni mustahkamlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini o’rganish bo’yisha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ta’lim jarayonida talabalarning psixologik salomatligi emotsional holatlarning o‘ziga xos «markazi» qo‘zg‘alishi, o‘zini his qilish, agressivlik va nevrotizm darajasini shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘lish xususiyatiga ko‘ra hissiy soha barqarorligiga bog‘liq ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 15-iyundagi PM-150-son buyrug‘i bilan «Muloqot psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 21-iyundagi PM-150a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda psixologik salomatlikni shakllantirish muammosi nazariy jihatdan tahlil qilingan;
talabalarning psixologik salomatligi shaxsning vaziyatli va shaxsiy xavotirlanishining pasayishi uning o‘zini yaxshi his qilish darajasini ortishiga, “yopishqoq fikr”larning noadekvat reaksiyalarga olib kelishi tufayli uning o‘zini psixologik xis qilish, faollik va kayfiyatiga bog‘liq ekanligi aniqlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 15-iyundagi PM-150-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 21-iyundagi PM-150a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda psixologik salomatlikning mezonlarini shakillanishiga xizmat qiluvchi komponentlar ochib berilgan;
talabalarning psixologik salomatligi mezonlaridan o‘zini his qilish, faollik va kayfiyatning adekvat tarzda namoyon bo‘lishi o‘ziga yo‘nalganlik faollik, odamlarga yo‘nalganlik o‘zini his qilish va faollik, faoliyatga yo‘nalganlik kayfiyat bilan o‘zaro integral ko‘rinishda ifodalanganligi tufayli shaxs yo‘nalganligiga bog‘liq ekanligi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 15-iyundagi PM-150-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 21-iyundagi PM-150a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda namoyon bo‘luvchi ruhiy salomatlikka ta’sir etuvchi omillar va hissiy-irodaviy sifatlar o‘rtasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqlik ko‘rsatkichlariga baho berilgan;
talabalarda psixologik salomatlikni mustahkamlashning ijtimoiy-psixologik rivojlantiruvchi modeli shaxs irodaviy mexanizmlarini salomatlikka nisbatan adekvat munosabatda namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli motivatsion, refleksiv, fiziologik komponentlarni kiritish asosida takomillashtirilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 15-iyundagi PM-150-son buyrug‘i bilan «Muloqot psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 21-iyundagi PM-150a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda psixologik salomatlikni shakllantirishga mo‘ljallangan psixologik trening dastrulari ishlab chiqilgan va samaradorligi baholangan.