Mambetjumaev Timur Tajetdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quv-mashq guruhlarida yosh basketbolchilarining maxsus kuchlarini takomillashtirish usullari”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2629.
Ilmiy rahbar: Goncharova Olga Viktorovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Miradilov Botir Mahkamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quv-mashq guruhlaridagi yosh basketbolchilarda texnik-taktik harakatlarni samarali bajarishlari uchun maxsus kuch sifatini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quv-mashg‘ulot guruhlaridagi yosh basketbolchilarining portlovchi mushak harakatining boshlang‘ich kuchi, tezkor-kuch qobiliyatlarni, kuch gradienti (o‘sishi), mushaklarning izometrik kuchlanish ko‘rsatkichlariining maksimal qiymatini maxsus kuch sifatlarini rivojlantirish vositalaridan tashkil topgan dastur bilan aniqlash orqali maxsus kuch sifatini rivojlantirishga qaratilgan qat’iy tartibga solingan mashqlar majmuasidan foydalanish imkoniyati kengaytirilgan;
yosh basketbolchilarning jismoniy tayyorgarligining individual ko‘rsatkichlari bilan tezkor-kuch ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi beshta korrelyasion bog‘liklik darajasini (zaif, o‘rta, muhim, yuqori, juda yuqori) shtanga bilan sakrash, chuqurlikka sakrash, girya bilan sakrash kabi vositalar yordamida aniqlagan holda joriy va nazorat sinovlari takomillashtirilgan;
to‘pni nishonga uzatish aniqligini har xil og‘irlikdagi maxsus to‘plar yordamida bajariladigan murakkab-texnik harakatlarni bajarishni o‘zida mujassam etuvchi mashqlar majmuasini qo‘llash orqali o‘quv-mashq guruhlaridagi yosh basketbolchilarning turli maydon zonalarda o‘yinning yuqori shiddatli vaziyatlarida to‘pni sherigiga aniq uzatish ko‘nikmalari oshirilgan;
o‘quv-mashq guruhlari yosh basketbolchilarida chaqqonlik va “to‘pni his etish” kabi ko‘nikmalarni shakllartirish uchun ishlab chiqilgan mashqlar majmuasi yordamida to‘p bilan texnik va taktik harakatlarni bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  O‘quv-mashq guruhlaridagi yosh basketbolchilarda texnik-taktik harakatlarni samarali bajarish maqsadida maxsus kuch sifatini takomillashtirish o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagilar ishlab chiqildi:
o‘quv-mashg‘ulot guruhlaridagi yosh basketbolchilarining portlovchi mushak harakatining boshlang‘ich kuchi, tezkor-kuch qobiliyatlarni, kuch gradienti (o‘sishi), mushaklarning izometrik kuchlanish ko‘rsatkichlariining maksimal qiymatini aniqlash orqali maxsus kuch sifatini rivojlantirishga qaratilgan qatiy tartibga solingan mashqlar majmuasi “Basketbol teoriyasi ham metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta taʻlim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-son buyrug‘i). Natijada tadqiqot guruhi basketbolchilarining J-tezkor-kuch indeksi ko‘rsatkichlari 11,16%ga o‘sgan;
yosh basketbolchilarning jismoniy tayyorgarligining individual ko‘rsatkichlari bilan tezkor-kuch ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi beshta korrelyasion bog‘liklik darajasini (zaif, o‘rta, muhim, yuqori, juda yuqori) shtanga bilan sakrash, chuqurlikka sakrash, girya bilan sakrash kabi vositalarni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasining sport o‘yinlari va engil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan Respublika bolalar va o‘smirlar sport maktabiga tadbiq etilgan (Ozbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 10-noyabrdagi 06-01/06/13/7739-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh basketbolchilarning maxsus kuch tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 14,6 %ga oshgan;
o‘quv-mashq guruhlari yosh basketbolchilarida chaqqonlik va “to‘pni his etish” kabi ko‘nikmalarni shakllartirish uchun ishlab chiqilgan mashqlar majmuasidan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalarining mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (Ozbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 10-noyabrdagi 06-01/06/13/7739-son ma’lumotnomasi). Yosh basketbolchilarning maxsus kuch tayyorgarligini nazorat qilish bo‘yicha maxsus dasturning joriy etilishi natijasida dastlabki kuch ko‘rsatkichlari 16,2 foizga oshgan;
to‘pni nishonga uzatish aniqligini har xil og‘irlikdagi maxsus to‘plar yordamida bajariladigan murakkab-texnik harakatlarni bajarishni o‘zida mujassam etuvchi mashqlar majmuasini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport o‘yinlari va engil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida basketbol bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulot guruhlaridagida yosh basketbolchilar mashg‘ulot jarayoniga tadbiq etilgan (Ozbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 10-noyabrdagi 06-01/06/13/7739-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsus kuch tayyorgarligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar 12,2 %ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish