Xakimova Dildora Mashrabjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktab o‘qituvchilarining innovatsion salohiyatini rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped472.
Ilmiy maslahatchi F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Malohat Tursunovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Abdullaeva Nafisa Shavkatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Dilova Nargiza Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
II.    Tadqiqotning maqsadi maktab o‘qituvchilarining innovatsion salohiyatini rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab o‘qituvchilarining innovatsion salohiyatini rivojlantirishning tuzilmaviy va dinamik xususiyatlari shaxsiy, motivatsion-qadriyatli, faoliyatga doir, refleksiv komponentlarning mazkur jarayonga xos real va reallashmagan ko‘rinishlarning uzlyuksiz kasbiy o‘sish va yangi metodikalarni o‘zlashtirish bilan qayta aloqasi intensivligi dialektik tavsifga ega ekanligi sababli nostatik jihatlarini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
maktab o‘qituvchilarining innovatsion salohiyatini rivojlantirish jarayoni qadriyatli yo‘nalishlar, samarali birgalikdagi faoliyat, shaxslararo munosabatlar kabi “harakatlantiruvchi kuchlar”, innovatsion faoliyatga taalluqli, tashqi va ichki qonuniyatlarni kognitiv va psixologik to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan konseptual-nazariy asos ekanligini identifikatsiyalash orqali aniqlashtirilgan;
maktab o‘qituvchilarining innovatsion salohiyatini rivojlantirish mazmuni majburiy komponent tavsifiga ega o‘quv modullarining imkoniyatlarini kengaytirish asosida fanlararo modulli ta’lim texnologiyasini qo‘llash algoritmini potensiallikning muayyan darajasiga bosqicha-bosqich erishish mantiqiga asosan  loyihalash orqali takomillashtirilgan;
uzlyuksiz kasbiy rivojlanish jarayonida maktab o‘qituvchilarining  innovatsion salohiyatini rivojlantirish modelining faoliyatli va baholashga doir komponentlari  uni amalga oshirishning boshlang‘ich, motivatsion-refleksiv va rivojlantirish bosqichlarida erishiladigan natijalarni faol, nisbatan faol, nofaol, reproduktiv va sust darajalarda namoyon bo‘lish dinamikasini qatʻiy belgilash orqali takomillashtirilgan;
maktab o‘qituvchilarining innovatsion salohiyatini rivojlantirish mexanizmi mazkur jarayonni amalga oshirishning prognostik, transformatsion, kreativ funksiyalarini mustaqil faol izlanish va baholash, ilmiy va amaliy faoliyat bilan ichki integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan innovatsion-ta’limiy muhit barqarorligiga erishish shartlarini ishlab chiqish asosida  takomillashtirilgan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab o‘qituvchilarining innovatsion salohiyatini rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
maktab o‘qituvchilarining innovatsion salohiyatini rivojlantirishning tuzilmaviy va dinamik xususiyatlarini shaxsiy, motivatsion-qadriyatli, faoliyatga doir, refleksiv komponentlarning mazkur jarayonga xos real va reallashmagan ko‘rinishlarning uzlyuksiz kasbiy o‘sish va yangi metodikalarni o‘zlashtirish bilan qayta aloqasi intensivligi dialektik tavsifga ega ekanligi sababli nostatik jihatlarini hisobga olish asosida aniqlashtirishga hamda maktab o‘qituvchilarining innovatsion salohiyatini rivojlantirish jarayonini qadriyatli yo‘nalishlar, samarali birgalikdagi faoliyat, shaxslararo munosabatlar kabi “harakatlantiruvchi kuchlar”, innovatsion faoliyatga taalluqli, tashqi va ichki qonuniyatlarni kognitiv va psixologik to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan konseptual-nazariy asos ekanligini identifikatsiyalash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi kasb standarti”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 21-iyundagi 04-02/3-565-son ma’lumotnomasi). Natijada, trenerlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
maktab o‘qituvchilarining innovatsion salohiyatini rivojlantirish mazmunini majburiy komponent tavsifiga ega o‘quv modullarining imkoniyatlarini kengaytirish asosida fanlararo modulli ta’lim texnologiyasini qo‘llash algoritmini potensiallikning muayyan darajasiga bosqicha-bosqich erishish mantiqiga asosan  loyihalash orqali takomillashtirishga doir amaliy takliflardan A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida bajarilgan “Qualification” loyihasining innovatsion salohiyatni baholash indikatorlarini ishlab chiqish qismini bajarishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 21-iyundagi 04-02/3-565-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab o‘qituvchilarining innovatsion-refleksiv kompetentligini takomillashtirishga xizmat qilgan;
uzlyuksiz kasbiy rivojlanish jarayonida maktab o‘qituvchilarining  innovatsion salohiyatini rivojlantirish modelining faoliyatli va baholashga doir komponentlarini  uni amalga oshirishning boshlang‘ich, motivatsion-refleksiv va rivojlantirish bosqichlarida erishiladigan natijalarni faol, nisbatan faol, nofaol, reproduktiv va sust darajalarda namoyon bo‘lish dinamikasini qatʻiy belgilash orqali takomillashtirishga doir amaliy takliflardan A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida bajarilgan “Uzlyuksiz kasbiy rivojlanish – 2022” amaliy loyihasining o‘quv modullari imkoniyatlarini integratsiyalash qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining 2024-yil 1-martdagi 01/09-200-son ma’lumotnomasi). Natijada, fan o‘qituvhchilarining zamonaviy bilim va innovatsiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
maktab o‘qituvchilarining innovatsion salohiyatini rivojlantirish mexanizmini mazkur jarayonni amalga oshirishning prognostik, transformatsion, kreativ funksiyalarini mustaqil faol izlanish va o‘rganish, ilmiy va amaliy faoliyat bilan ichki integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan innovatsion-ta’limiy muhit barqarorligiga erishish shartlarini ishlab chiqish asosida  takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti, Respublika ta’lim markazi va UNICEF xalqaro tashkiloti hamkorligida amalga oshirilgan “Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 21-iyundagi 04-02/3-565-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab o‘qituvchilarining innovatsion-metodik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish