Abdullaev Habibullo Asadulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada sanoat ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va xususiyatlari (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt1829
Ilmiy rahbar: Valiev Bobur Batirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Usmanov Anvar Saidmaxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Islamov Anvar Ashirqulovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, Xorazm viloyatida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy yangiliklar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “mintaqaviy sanoat siyosati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mintaqadagi sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuiga ilmiy-texnika yutuqlarini qo‘llashning ustuvor yo‘nalishlarini tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
mintaqaning to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan hamda nofaol sanoat korxonalarida xususiy yorliqli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish orqali samaradorligini oshirish taklif etilgan;
Xazorasp va Tuproqqal’a tumanlarida ishlab chiqarish maydonlarini belgilash, ishlab chiqarish infratuzilmasi obektlarini joylashtirish asosida qurilish materiallariga ixtisoslashgan sanoat zonalarini tashkil etish orqali viloyat sanoat salohiyatini oshirish asoslangan;
Xorazm viloyatida sanoat tarmoqlari rivojlanishining prognostik, optimizatsion, loyihaviy-investision, dasturiy bosqichlarini joriy etishdagi ko‘p omilli ekonometrik model asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm viloyatida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqishlgan ilmiy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “mintaqaviy sanoat siyosati” tushunchasining iqtisodiy mazmunini mintaqadagi sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuiga ilmiy-texnika yutuqlarini qo‘llashning ustuvor yo‘nalishlarini tatbiq etish asosida takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Mintaqaviy boshqaruv va hududiy rejalashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan( Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2022-yil 24-oktyabrdagi 328-sonli buyrug‘i ). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda mintaqadagi sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuiga ilmiy-texnika yutuqlarini qo‘llashning ustuvor yo‘nalishlarini tatbiq etish asosida takomillashtirilgan mintaqaviy sanoat siyosati tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
mintaqaning to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan hamda nofaol sanoat korxonalarida xususiy yorliqli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish orqali samaradorligini oshirish taklifi Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining 2023-yil 28-dekabrdagi VI-76-190-12-0-K/23-son qarorida 2024-yil uchun Xorazm viloyatini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi hamda 2025-2026-yillarga maqsadli mo‘ljallarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi 2024-yil 14-iyun sanasida 07-4/5545-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi nisbatan past bo‘lgan tumanlarining sanoat ishlab chiqarishida sanoat korxonalari salohiyatidan kengroq foydalanish imkoni yaratilgan;
Xazorasp va Tuproqqal’a tumanlarida ishlab chiqarish maydonlarini belgilash, ishlab chiqarish infratuzilmasi obektlarini joylashtirish asosida qurilish materiallariga ixtisoslashgan sanoat zonalarini tashkil etish orqali viloyat sanoat salohiyatini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 apreldagi 154-son “2022 - 2026 yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga 2-ilova «Yo‘l xaritasi»da inobatga olingan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi 2024-yil 14-iyun sanasida 07-4/5545-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyat tumanlarida qurilish materiallariga ixtisoslashgan sanoat zonalarini tashkil etish orqali viloyat sanoat salohiyatini oshirish imkoni yaratilgan;
Xorazm viloyatida sanoat tarmoqlari rivojlanishining prognostik, optimizatsion, loyihaviy-investision, dasturiy bosqichlarini joriy etishdagi ko‘p omilli ekonometrik model asosida 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining 2023-yil 28-dekabrdagi VI-76-190-12-0-K/23-son qarorida 2024-yil uchun Xorazm viloyatini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi hamda 2025-2026-yillarga maqsadli mo‘ljallarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi 2024-yil 14-iyun sanasida 07-4/5545-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatni o‘rta va uzoq muddatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda sanoatni barqaror rivojlantirish omillari va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish mo‘ljallarining aniqligini oshirish imkoni yaratilgan.