Gaparov Kodirjon G‘ulomovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv nasoslarining sirpanish podshipniklarini babbit chiqindilaridan foydalanib tiklash texnologiyasini takomillashtirish” 05.07.02–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3500.
Ilmiy rahbar: Nabiev Tuxtamurod Saxobovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: Nuriev Karim Katibovich texnika fanlari doktori, professor, Rustamov Raxmatali Murodovich texnika fanlari doktori, professorlar tayinlangan.
Yetakchi tashkilot: «Andijon mashinasozlik instituti».
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rangli metall chiqindilarini qayta ishlab, mexanik, texnologik va ishlash xususiyatlari yuqori darajaga ega bo‘lgan bimetallik babbit qatlamini olish uchun texnologik reglamentlarni ishlab chiqish, hamda qishloq  xo‘jalik mashinalarining sirpanish podshipniklarida qo‘llash orqali ularning mustahkamlaigini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qalay-surma-mis rangli metallarining chiqindilari asosida babbit qotishmasini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
qalay-surma-mis rangli metallarining chiqindilari asosida olingan babbit qotishmasini sirpanish podshipniklarini tiklashda qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda babbit tarkibidagi qalay-surma-mis rangli metallarining aniq qiymatlari asoslangan;
qalay-surma va mis-qalay-nikel qotishmalarining ikki va uch fazali holat diagrammalari ishlab chiqilgan;
podshipnikning babbit bilan ishlov berilgan yuzasi qattiqligini  29÷30 MPa bo‘lishini ta’minlashda qalay miqdori 77,3 %, mis miqdori 12,46 %, surma miqdori 7,06 % oralig‘ida bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suv nasoslarining sirpanish podshipniklarini babbit chiqindilaridan foydalanib tiklash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qalay-surma-mis rangli metallarning chiqindilari asosida olingan babbit qotishmasidan sirpanish podshipniklarini qayta ta’mirlashda foydalanish texnologiyasi “FERGANA SPINING” MChJ remont mexanika sexida joriy etilgan (2023-yil 23-fevraldagi ma’lumotnoma). Natijada rangli metall chiqindilaridan babbit (B83 markali babbit tarkibiga mos) olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
rangli metall chiqindilari asosida olingan babbit qotishmasi Sirdaryo So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining amaliy faoliyatiga nasoslar va ularning sirpanish podshipniklarini qayta ta’mirlashda qo‘llash uchun joriy etilgan (Boshqarmaning 2023-yil 3-fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada suv nasoslaridagi eyilgan sirpanish podshipniklarining ishqalanish yuzasiga rangli metall chiqindilaridan olingan babbitni quyib tiklab, ularning resursini 40% ga oshirishga erishilgan;
Nasos podshipniklarining ishqalanish yuzasiga ikkilamchi babbitni quyish orqali podshipniklardan qayta foydalanishda qo‘llash O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy qilingan. (Vazirlikni 15.05.2024-yildagi №04/14-05/2759- sonli ma’lumotnomasi). Natijada takomillashgan texnologiya yordamida tiklangan sirpanish podshipniklari resursi 40% ga ortishi, sirpanish podshipniklari xizmat muddati 2 yildan 2,8 yilga uzayishi, suv nasoslarini ta’mirlashda ehtiyot qismlar sarfi 10÷12% ga kamaygan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish