Tohirov Islomjonning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Katta Farg‘ona magistral kanalida suv oqimini boshqarishning gidravlik usullarini takomillashtirish”05.09.07-“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4556
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Maxmudov Iloxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti va Farg‘ona politexnika institutilarida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Jonkobilov Ulugmurod Umbarovich - O‘zbekiston Respublikasi Harbiy Aviatsiya Instituti “Umumtexnika fanlari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor (05.09.07).
Axmedxodjaeva Ifoda Axmadjanovna - TIQXMMI MTUprofessori, texnika fanlari nomzodi (05.09.07).
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yirik magistral kanallarda suv oqimlarini tutashish jarayonida sodir bo‘ladigan beqaror suv harakatini hisoblashning gidravlik usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv tashlash inshooti va qabul qilish kanali o‘rtasidagi maqbul θ burchakni aniqlash mezoni suv oqimlarining tutashish soxasidagi uyurmali xarakatning sirkulyasiya parametrining o‘zgarish shartlari asosida ishlab chiqilgan;
suv oqimlarining tutash sohasidagi beqaror suv harakatini ifodalovchi Sen-Venan tenglamalar tizimi, Frud va Reynol`ds mezonlari hamda tuqnashish qarshilik koeffisientlari asosida takomillashtirilgan;
yirik magistral kanallarda suv oqimlarining tutashishi tufayli ro‘y bergan beqaror suv harakatida oqim chuqurligi dinamikasini ifodalovchi matematik model` stoxastik tizimlar usuliga asosan takomillashtirilgan;
o‘zaro ta’sirda bo‘lgan suv oqimlarini tutashish jarayonida vujudga keladigan beqaror suv harakatini ifodalovchi giperbolik, elliptik-giperbolik va elliptik turdagi modellar massani va impul`sni saqlanish qonunlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Magistral kanallarda suv oqimlarini boshqarishning gidravlik usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suv tashlash inshooti va qabul qilish kanali o‘rtasidagi maqbul θ burchakni aniqlash bo‘yicha mezon hamda Sen-Venan tenglamalar tizimiga asosan suv oqimlarining tutash sohasidagi beqaror suv harakatini hisoblash usullari Katta Farg‘ona magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 22 iyundagi 03/17-2223-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Katta Farg‘ona magistral kanalining “So‘h-KFK” gidrotexnika inshooti ta’sir zonasidagi suvni transportirovka qilish bilan bog‘liq ishonchlilik holati oshib, vegetatsiya davrida kanalda 3-5 foiz suv resurslarini iqtisod qilish imkoniyati yaratilgan.
o‘zaro ta’sirda bo‘lgan suv oqimlarini tutashish jarayonida vujudga keladigan to‘lqinli (beqaror) suv harakatini hisoblashning asimtotik yaqinlashishning usuli «GRAND PROJECT AND MEDICAL SERVIS» loyxalash korxonasi faoliyatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 22 iyundagi 03/17-2223-sonli ma’lumotnomasi). Natijada magistral kanallar ekspluatatsiyasining xavfsizligini ta’minlashga erishilgan.
suv oqimlarini tutashish jarayonida vujudga keladigan to‘lqinli beqaror suv harakatini hisoblashning asimtotik yaqinlashish usuli Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 22 iyundagi 03/17-2223-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Katta Farg‘ona magistral kanalining “So‘h-KFK” gidrotexnika inshooti ta’sir zonasidagi suvni transportirovka qilish bilan bog‘liq ishonchlilik holati oshib, vegetatsiya davrida kanalga bog‘langan ist’emolchilarni suv ta’minoti yaxshilangan.