Shaymardanov Diyorjon Botirovishning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mini-futbol sport turida yuqori malakali sportchilarning texnik-taktik harakatlarini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3743.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Abidov Shavkat Usmonovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratilla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Talipdjanov Asqar Imamdjanovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali mini-futbolchilarning texnik-taktik harakatlarini takomillashtirishda yuqori shiddatli vaziyatlarda maydonni ko‘rish va eshitish qobiliyatlarini rivojlantirish uslubiyatini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori malakali mini-futbolchilarning texnik-taktik harakatlarini takomillashtirishda dinamik va statik harakatlari asosida (musobaqa sharoiti yuqori detsibelga to‘g‘ri kelishiga ko‘ra) shovqinli va turli tezlikdagi harakatlarni o‘zgaruvchan detsibelli (80 db.gacha, 80-100 db va 100 db.dan yuqori) vaziyatlarda bajariladigan mashqlar majmuasini mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga sportchilarning musobaqa sharoitlarida tezkor qaror qabul qilish samaradorligi oshirilgan;
yuqori malakali mini-futbolchilarning “Kompyuter perimetriysi” uskunasi orqali ko‘zning ko‘rish maydon chegarasini oshirishga qaratilgan gimnastik va periferik ko‘rish uchun (Beytsa tizimi kabi) yuqori shiddatda bajariladigan (150 gacha YuQS zar/daq va 150 yuqori YuQS zar/daq) mashg‘ulotlarni (mini-futbolchilar 4-5- shiddat zonasida ish faoliyatini) bajarishi hisobiga maydonni ko‘rish chegarasini kengaytirish imkoniyati  takomillashtirilgan;
mini-futbolchilarning to‘p bilan va to‘psiz bajariladigan texnik-taktik harakatlarini yuqori tovushli vaziyatlarda (asosiy kombinatsiyalarda 2-3 nafar mini-futbolchilar ishtirok etishi  va qolgan o‘yinchilar chalg‘ituvchi faoliyatiga ko‘ra) 2-3 kishilik (aldab o‘tish, to‘pni olib qo‘yish, turli holatlarda zarba berish kabi) kombinatsiyalashtirish hisobiga katta shiddatli yuklamalarda samaradorlikni saqlab qolish imkoniyati takomillashtirilgan;
yuqori malakali mini-futbolchilarning mashg‘ulot jarayonida ko‘rish va eshitish analizatorlarini inobatga olgan holda ixtisoslashtirilgan mashqlarni ko‘rish qobiliyati (maydondagi harakatlarning eng yuqori nuqtasi ushbu tezlikka to‘g‘ri kelishiga ko‘ra) (3 m/s gacha, 3-6 m/s tezlikda va 6 m/s yuqori tezlikda bajarish) va eshitish qobiliyati (80 db.gacha, 80-100 db oralig‘ida va 100 db.dan yuqori tovush) asosida bajarish uslubiyatini ishlab chiqish hisobiga  texnik-taktik harakatlarni samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mini-futbolchilarda texnik-taktik harakatlarni takomillashtirish metodikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
yuqori malakali mini-futbolchilarning texnik-taktik harakatlarini takomillashtirishda dinamik va statik harakatlari asosida (musobaqa sharoiti yuqori detsibelga to‘gri kelishiga ko‘ra) shovqinli va turli tezlikdagi harakatlarni o‘zgaruvchan detsibelli (80 db.gacha, 80-100 db va 100 db.dan yuqori) vaziyatlarda bajariladigan mashqlar majmuasi “Lokomotiv” mini-futbol jamoasi mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 27-dekabrdagi 03-01/04/20/13925-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh sportchilarning to‘pni uzoq masofaga uzatish aniqligi 16,5% oshgan;
yuqori malakali mini-futbolchilarning “Kompyuter perimetriysi” uskunasi orqali ko‘zning ko‘rish maydon chegarasini oshirishga qaratilgan gimnastik va periferik ko‘rish uchun (Beytsa tizimi kabi) yuqori shiddatda bajariladigan (150 gacha YuQS zar/daq va 150 yuqori YuQS zar/daq) mashg‘ulotlarni tashkil qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Mini-futbol o‘yini texnika va taktika tayyorgarlik o‘zaro bog‘liqligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 10-iyundagi 222 I/Ch-son buyrugiga asosan 0000060 raqamli guvohnoma). Natijada, musobaqada maydonni ko‘rish qobiliyati 18,6%ga oshgan;
mini-futbolchilarning to‘p bilan va to‘psiz bajariladigan texnik-taktik harakatlarini yuqori tovushli vaziyatlarda (asosiy kombinatsiyalarda 2-3 nafar mini-futbolchilar ishtirok etishi  va qolgan o‘yinchilar chalg‘ituvchi faoliyatiga ko‘ra) 2-3 kishilik kombinatsiyalashtirish mashqlarni bajarish bo‘yicha takliflar “Lokomotiv” mini-futbol jamoasi mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 27-dekabrdagi 03-01/04/20/13925-son ma’lumotnomasi). Natijada, darvozaga zarba berish texnik harakatlarini bajarish samaradorligi 16,1%ga yaxshilangan;
yuqori malakali mini-futbolchilarning mashg‘ulot jarayonida ko‘rish va eshitish analizatorlarini inobatga olgan holda ixtisoslashtirilgan mashqlarni ko‘rish qobiliyati (maydondagi harakatlarning eng yuqori nuqtasi ushbu tezlikka to‘g‘ri kelishiga ko‘ra) (3 m/s gacha, 3-6 m/s tezlikda va 6 m/s yuqori tezlikda  bajarish) va eshitish qobiliyati (80 db.gacha, 80-100 db oralig‘ida va 100 db.dan yuqori tovush) asosida bajarish uslubiyati “Mini-futbol o‘yini texnika va taktika tayyorgarlik o‘zaro bog‘liqligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 10-iyundagi 222 I/Ch-sonli buyrugiga asosan 0000060-raqamli guvohnoma). Natijada, musobaqalarda to‘p uzatish texnik harakatlarini samarali bajarish 15,7% oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish