Bazarbaev Paraxat Amangeldievichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quv-mashg‘ulot bosqichidagi gandbolchilarining jismoniy tayyorgarligini maxsus mashqlar yordamida rivojlantirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped.5296.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Erimbetov Bayrambay Qarlibaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatbaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Nabiev Timur Erikovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quv-mashg‘ulot bosqichidagi gandbolchilarning jismoniy tayyorgarligini maxsus mashqlar yordamida rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi gandbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik mikrotsiklida maxsus jismoniy tayyorgarlik uchun zamin yaratadigan signal mashqlarini panjalarni qattiq ochib yopish, qo‘llarni va oyoqlarni bukkan holda to‘pni yuqoriga uloqtirish kabi tezkor-kuch va yuzma-yuz mashqlariga turli masofalarda joylashtirilgan to‘siqlarga to‘pni otish kabi texnik-taktik harakat elementlarini kiritish hisobiga sport turiga mashqlarni ixtisoslashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
13-14 yoshli gandbolchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uchun musobaqa oldi mezoskilda muskul qisqarishining energetik resurslaridan anaerob foydalanishga asoslangan tezlikka chidamlilik talab qiladigan belga rezina arqonni bog‘lagan holda oldinga, o‘rtaga, yon tomonga kuch bilan cho‘zilish kabi kompleks mashqlarni mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga asosiy yuklamalarga moslashish imkoniyati takomillashtirilgan;
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi yosh gandbolchilarining jismoniy tayyorgarligidagi amaldagi dastur mashqlarini (to‘pni kaft bilan ushlagan holda uzatish, to‘pni bir-biridan tortib olish kabi) optimallashtirish hisobiga “Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik uchun to‘p va to‘psiz bajariladigan mashqlar majmuasi” ishlab chiqilgan;
13-14 yoshli gandbolchilar jismoniy tayyorgarligini oshiruvchi vakum va magnit kabi maxsus mashqlarni tayyorlov va asosiy mashg‘ulotlar bosqichida hamda musobaqa jarayonida qo‘llash hisobiga dominant qo‘l va dominant bo‘lmagan qo‘llarning panja kuchi orasidagi korrelyatsion bog‘liqlikni aniqlashga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quv mashg‘ulot bosqichi gandbolchilarining jismoniy tayyorgarligini maxsus mashqlar yordamida rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida:
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi gandbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik mikrotsiklida maxsus jismoniy tayyorgarlik uchun zamin yaratadigan tezkor-kuch va texnik-taktik harakat elementlarini kiritish hisobiga sport turiga mashqlarni ixtisoslashtirish uslubiyati “Sport sheberligin asíríw (Gandbol)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziriligining 2024-yil 16-apreldagi 01/590-A/F-son buyrug‘iga asosan 3/28-raqamli guvohnoma). Natijada, 13-14 yoshli gandbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik ko‘rsartkichlari 20 % ga, maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 26 % ga yaxshilangan;
13-14 yoshli gandbolchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish uchun musobaqa oldi mezoskilda muskul qisqarishining energetik resurslaridan anaerob foydalanishga asoslangan tezlikka chidamlilik talab qiladigan kompleks mashqlar Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (Qaraqalpaqstan Respublikasí Jaslar siyasatí ham sport ministrligining 2023-yil 11-avgustdagi 01-04/2835-son ma’lumotnomasi). Natijada, musobaqa oldi mezoskilida maxsus mashqlarni qo‘llash samaradorligini 23% ga oshishiga erishilgan;
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi yosh gandbolchilarining jismoniy tayyorgarligidagi amaldagi optimallashtirilgan dastur mashqlari “Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik uchun to‘p va to‘psiz bajariladigan mashqlar majmuasi” Nukus shahar 1-sonli Sport maktabining o‘quv-mashg‘ulot jarayonida foydalanilgan (Qaraqalpaqstan Respublikasí Jaslar siyasatí ham Sport ministrligining 2023-yil 11-avgustdagi 01-04/2835-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘ng qo‘l panja kuchi 31 % ga, chap qo‘l panja kuchi 29 % ga oshishiga erishilgan;
13-14 yoshli gandbolchilar jismoniy tayyorgarligini oshiruvchi vakum va magnit kabi maxsus mashqlarni tayyorlov va asosiy mashg‘ulotlar bosqichida hamda musobaqa jarayonida qo‘llash bo‘yicha takliflar “Sport sheberligin asíríw (Gandbol)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 16-apreldagi 01/590-A/F-son buyrug‘iga asosan 3/28 raqamli guvohnoma). Natijada, gandbolchilarning dominant va dominant bo‘lmagan qo‘llar panja kuchi 11 % ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish