Azimova Muhayyo Egamberdievnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy etishtirish agrotexnikasini takomillashtirish», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx34.

Ilmiy rahbar: Mo‘minov Komil Mo‘minovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Teshaev Fatullo Jo‘raqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Aliqulov Safar Mengliqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doy navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishni ta’minlaydigan agrotexnologik tadbirlarni takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida etishtirish uchun mahalliy sharoitda yaratilgan kuzgi yumshoq bug‘doy navlari tanlangan va ularni etishtirish agrotexnikasi takomillashtirilgan;

tanlangan kuzgi yumshoq bug‘doy navlaridan yuqori va sifatli don hosili olishni ta’minlaydigan qulay ekish muddati aniqlangan;

Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy navlarining biologik xususiyatiga mos o‘g‘it me’yorlari ishlab chiqilgan;

Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doy navlari uchun eng maqbul ekish me’yori aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doy etishtirish agrotexnikasining ayrim elementlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doy navlarini etishtirish texnologiyasini maqbullashtirish bo‘yicha «Kuzgi bug‘doy navlaridan mo‘l va sifatli hosil etishtirishda ekish muddati, me’yorlari va o‘g‘itlashni takomillashtirish» mavzusida tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 7 maydagi 02/21-10-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer va dehqon xo‘jaliklarida kuzgi yumshoq bug‘doy navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;

sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doyning «G‘ozg‘on», «Bunyodkor» navlarini ekish muddatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan agrotexnik tadbirlar Qashqadaryo viloyatining Kasbi va Qamashi tumanlarida jami 112 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 7 maydagi 02/21-10-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ekish muddatlari bo‘yicha gektaridan 8,1-12,4 sentner qo‘shimcha don hosili olingan va rentabellik darajasi 15 foizni tashkil etgan;

kuzgi yumshoq bug‘doyning «G‘ozg‘on», «Bunyodkor» navlarini ekish va oziqlantirish me’yorlari bo‘yicha ishlab chiqilgan agrotexnik tadbirlar Qashqadaryo viloyatining Nishon va Kitob tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida jami 76 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 7 maydagi 02/21-10-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi yumshoq bug‘doy navlarining morfo-biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda agrotexnologiyasini takomillashtirib, maqbul ekish va oziqlantirish me’yorlari qo‘llanilganda gektaridan 11,6-12,4 sentnergacha qo‘shimcha don hosili va 1,8 mln so‘m foyda olingan va rentabellik darajasi 18 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish