Eshquvatov Quvonchbek Shavkatovichning
doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv omborlari qirg‘oq eroziyasi va qayta shakllanish monitoringini takomillashtirish” 05.09.07-“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.1.PhD/T4537
Ilmiy raxbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Ikramova Malika Raximberdievna, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Fatxulloev Alisher Mirzatilloevich – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, (05.09.07).
Narziev Jasurbek Jo‘raevich –Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti “Nasos stansiyalari va elektr energiyasi laboratoriyasi” mudiri, katta ilmiy xodim, PhD. (05.09.07).
Yetakchi tashkilot – Toshkent Davlat Texnika Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Suv omborlari qirg‘oqlari eroziyasi va qayta shakllanishi jarayoni monitoringini olib borish usullarini takomillashtirish va qirg‘oqlardagi jarayonlar intensivligini pasaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv omborlari qirg‘oq eroziyasini aniqlash usuli suv sathining o‘zgarishi va to‘lqinning ta’sir burchagi, qirg‘oqlar yuzasiga tushadigan bosim momentini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
suv omborlari qirg‘oqlarini qayta shakllanishi va shunga mos ravishda suv ombori yuza maydonining vaqt davomida o‘zgarishida ko‘chki hodisalarining ta’sirini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
suv ombori qirg‘oqlarida yuzaga kelayotgan deformatsiya va eroziya jarayonlari natijasida loyqa bosishdagi ulushi suv sathining o‘zgarishini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan.
suv ombori qirg‘oqlarida o‘simlik qoplamining shakllantirilishi orqali eroziya va deformatsiya jarayonlarini kamaytirishda gidravlik va gidrologik parametrlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suv omborining gidrologik rejimi, suv sathining keskin o‘zgarishi, qirg‘oqlarga to‘lqinning ta’siri, ko‘chki, suv ombori yuza maydoni va hajmining o‘zgarishiga eroziya jarayonlarining ta’sirini hisobga olgan holda tavsiyalar ishlab chiqilgan va Qashqadaryo viloyati Suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga qarashli Chimqo‘rg‘on suv ombori faoliyatiga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 5 iyundagi 03/28-2024-son ma’lumotnomasi).
GAT texnologiyalari asosida Google Earth Engine, dasturi yordamida suv ombori qirg‘oqlari, yuza maydonining vaqt davomida o‘zgarishini monitoring qilishga mo‘ljallangan “Suv omborlari yuza maydoni va qirg‘oqlarining o‘zgarishini monitoring qilish”(DGU-31703) dasturi ishlab chiqilib, Qashqadaryo viloyati Suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga qarashli Chimqo‘rg‘on suv ombori faoliyatiga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 5 iyundagi 03/28-2024-son ma’lumotnomasi).
Chimqo‘rg‘on, Qizilsuv, Qamashi, Qorabog‘ suv omborlarida sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlariga asoslanib o‘simliklar ta’siri monitoringini olib borishga mo‘ljallangan “Crop monitoring asosida suv omborlari suv sathi va o‘simlik qatlami monitoringini olib borish” (DGU-32666) dasturi ishlab chiqilib suv omborlari boshqarmasi faoliyatiga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 5 iyundagi 03/28-2024-son ma’lumotnomasi).
Tadqiqot natijalarining samaradorligi shundaki, agar suv omborlarining qirg‘oq deformatsiyasini aniqlash uchun olib boriladigan dala tadqiqotlari 1,5-2 oy davomida amalga oshirilsa, ushbu dasturdan foydalanib, zarur ma’lumotlarga 2-3 soatda ega bo‘linadi. Bunda o‘lchov-kuzatuv ishlari uchun sarf qilinadigan 30-40 million so‘m mablag‘ tejaladi.