Abdirashidov Aslidin Abdumuhammad o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Karer avtosamosvallari dvigatellarining havo tozalash tizimini ishlash samaradorligini oshirish”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T4003
Ilmiy rahbar: Bazarov Baxtiyor Imamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Akmal Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Doniyor Anvarjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi karer avtosamosvallarning dvigatellari havo tozalash tizimlarining ekspluatatsiyon samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
karer texnikasining ish rejimi va uning karerda joylashishiga bog‘liq holda havo tozalagichlarida ushlab qolingan changning massasini aniqlashning analitik hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
teskari oqim, markazdan qochma kuch va bosimlar farqi birlashtirilgan usullarga asoslangan silindirsimon havo filtrlarini tozalash qurilmasi ishlab chiqilgan;
qoldiq changlarning massasini kamaytirish asosida havo filtirlarini tozalashni mexanizatsiyalashtirilgan usulini qo‘llab ulardan qayta foydalanishning ratsional soni aniqlangan;
havo filtrlarini tozalash qurilmasidan foydalanib qayta ishlatishlar sonini oshirish va chang miqdorini kamaytirish natijasida ishlash muhitini yaxshilashni inobatga olgan holda ekologik baholash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Karer avtosamosval dvigatellari havo tozalash tizimlarini ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalar asosida:
havo tozalagichlarida ushlab qolingan changning massasini hisoblash usuli O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon Sanoati va Geologiya vazirlida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon Sanoati va Geologiya vazirligi 2024-yil 14- martdagi 08-0958-son ma’lumotnomasi). Natijasida dvigatel havo filtriga chang yukini kamaytirish, shuningdek, havo filtrlarini tozalash takroriyligini kamaytirish uchun karer texnikasining ish rejimi va joylashishini moslash imkonini bergan;
silindirsimon havo filtrlarini tozalash qurilmasi O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon Sanoati va Geologiya vazirlida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon Sanoati va Geologiya vazirligi 2024-yil 14-martdagi 08-0958-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ishlanma silindrsimon havo filtrlarini tozalash qurilmasini loyihalashga va ishlab chiqarishga imkon berdi, bu havo filtrlarini tozalashning mahsuldorligi va sifatini oshirish, ularning xizmat muddatini uzaytirish, shuningdek, texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida ish sharoitlarini yaxshilash imkonini bergan;
qoldiq changlarning massasini kamaytirish asosida havo filtirlarini tozalab foydalanishning ratsional soni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon Sanoati va Geologiya vazirlida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon Sanoati va Geologiya vazirligi 2024-yil 14- martdagi 08-0958-son ma’lumotnomasi). Natijada, yil fasliga qarab havo filtrlarini tozalashning ratsional takroriyligini o‘rnatish, ekspluatatsiya xarajatlari 1,8-2,1 baravar va ishlab chiqarish chiqindilari (ishlatilgan havo filtrlari) 2 baravardan ko‘proq kamaytirish imkonini bergan.
havo filtrlarini tozalash qurilmasidan foydalanib qayta ishlashlar sonini oshirish va chang miqdorini kamaytirish natijasida ishlash muhitini yaxshilashni inobatga olgan holda ekologik baholash usuli O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon Sanoati va Geologiya vazirlida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon Sanoati va Geologiya vazirligi 2024-yil 14- martdagi 08-0958-son ma’lumotnomasi). Natijada Havo filtrlarini mexanizatsiyalashtirilgan tozalash qurilmasidan foydalanish bir yilda bitta karer avtosamosvali uchun 4,052 mln so‘m iqdisodiy va ekologik samaradorlik berishi aniqlandi.Bunda bir yilda ekspluatatsiya qilinayotgan karer texnikasi uchun energo-ekologik samaradorlik 97,248 mln so‘mni, shu jumladan bartaraf qilingan ekologik zarar 41,568 mln so‘mni tashkil etgan.