Bozorov Xolmurod Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jizzax viloyatining o‘tloqilashib borayotgan bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doydan yuqori don hosili etishtirish agrotadbirlarini takomillashtirish», 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Qx255.
Ilmiy rahbar: Xalikov Bahodir Meylikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: O‘razmatov Nazirjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xudoyqulov Jonibek Nazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jizzax viloyatining o‘tloqilashib borayotgan bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyning maqbul ekish muddati va sug‘orish tartibini belgilash hamda azotli o‘g‘itning yillik me’yorini kuzgi bug‘doyning rivojlanish davrlarida turli me’yorlarga bo‘lib qo‘llashning samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘tloqilashib borayotgan bo‘z tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili etishtirish agrotadbirlari takomillashtirilgan;
kuzgi bug‘doyni maqbul ekish muddati, sug‘orish muddatlari va me’yorlari, mavsumiy suv sarfi, azotli o‘g‘itning yillik me’yorini kuzgi bug‘doyning rivojlanish davrlarida turli me’yorlarga bo‘lib qo‘llashning samaradorligi aniqlangan;
tuproqning agrofizikaviy hamda agrokimyoviy xossalariga ekish muddatlari, ma’dan o‘g‘itlar me’yori va sug‘orish tartiblarining ta’siri aniqlangan;
o‘rganilgan tuproq-iqlim sharoitida maqbul ekish muddati, sug‘orish tartibi va oziqlantirishning kuzgi bug‘doyni unib chiqishi, ko‘chat qalinligi, qishlash darajasi, o‘sishi-rivojlanishi, bir boshoqdagi don soni, bir boshoqdagi don vazni va 1000 dona don vazni, oziqa elementlarini o‘zlashtirishi, tuproqda qoldirgan ildiz va ang‘iz qoldiqlari miqdori, don hosildorligi hamda sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jizzax viloyatining kuchsiz sho‘rlangan o‘tloqilashib borayotgan bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doydan yuqori don hosili etishtirish agrotadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
kuzgi bug‘doydan yuqori don hosili etishtirish agrotadbirlarini takomillashtirishborasida “Jizzax viloyatining o‘tloqilashib borayotgan bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doydan yuqori don hosili etishtirish agrotadbirlari bo‘yicha tavsiyalar” ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 7 maydagi 07/021-8-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma viloyat qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari, g‘alla etishtiruvchi dehqon, fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida keng qo‘llanilgan;
Jizzax viloyatining o‘tloqilashib borayotgan bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doydan yuqori don hosili etishtirish agrotadbirlari Paxtakor tumanidagi fermer xo‘jaliklari dalalarida 403 gektar hamda PSUEAITI Jizzax ilmiy tajriba stansiyasida 10 gektarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 7 maydagi 02/021-8-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi bug‘doy 1-10.10 muddatda ekilib, ekish-maysalash davrida 30 kg/ga, tuplashda 50 kg/ga, naychalashda 60 kg/ga va boshoqlash davrida 40 kg/ga me’yorda azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirib, sug‘orishni ChDNSga nisbatan 65-75-60 % tartibida sug‘orib parvarishlanganda 50,2 s/ga don hosili olishga erishilgan;
kuzgi bug‘doydan yuqori don hosili olishning maqbul agrotadbirlari Arnasoy tumanining o‘tloqilashib borayotgan bo‘z tuproqlari sharoitida 315 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 7 maydagi 02/021-8-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida kuzgi bug‘doydan yuqori don hosili olishga erishilgan hamda rentabellik darajasi 22,3 foizni tashkil etgan.