Djumanqulov Azamat Abdurahimovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida axloq falsafasi fanini kredit-modul tizimida o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped1951.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy rahbar: Agzamova Nilufar Shuxratovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Hurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Husanov Bahodir Ergashovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida axloq falsafasi fanini kredit-modul tizimida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Axloq falsafasi” fanini kredit-modul tizimida o‘qitishning mazmun-mohiyati, pedagogik-psixologik xususiyatlari va omillari talabalarning bilimini oshirish maqsadiga yo‘naltirilgan o‘qitishning yangi texnologiyasi asosida differensial va individual darajali pozisiyalar mazmunini oquv jarayonining empirik talablariga “talaba-o‘qituvchi” munosabatining o‘zaro chambarchas bogʻliqligi asosida moslashtirish orqali aniqlashtirilgan;
“Axloq falsafasi” fanini kredit-modul tizimi asosida o‘qitishning baholash mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajalari ta’lim jarayoniga baholashning didaktik funksiyalari, fanga doir o‘quv dasturlarini modulli tuzish, talabalarning reyting ballari asosida sifat monitoringini o‘tkazish, kursning tarkibiy elementlarini o‘rganishning nisbiy davomiyligiga rejalashtirishni optimallashtirish orqali qo‘llsh asosida aniqlshtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Axloq falsafasi” fanini kredit-modul tizimi asosida o‘qitish modeli fanni o‘qitishning kredit-modul tizimiga asoslangan diagnostik parametrlarini o‘zlashtirish natijalarini kvalimetrik baholsh mezonlariga ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlari orqali integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan;
innovatsion yondashuv asosida “Axloq falsafasi” fanini kredit-modul tizimida o‘qitishning metodik ta’minoti, baholash mezonlari va jarayon samaradorligini oshirishda didaktik va metodik ta’minotni takomillshtirish va uni vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga moslashtirishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta'lim muassasalarida axloq falsafasi fanini kredit-modul tizimida o‘qitish metodikasini takomillashtirish tizimini o‘rganish asosida:
ta’lim jarayoniga baholashning didaktik funksiyalari, fanga doir o‘quv dasturlarini modulli tuzish, talabalarning reyting ballari asosida sifat monitoringini o‘tkazish, kursning tarkibiy elementlarini o‘rganishning nisbiy davomiyligiga rejalashtirishni optimallashtirish orqali qo‘llsh asosida aniqlshtirilgan “Axloq falsafasi” fanini kredit-modul tizimi asosida o‘qitishning baholash mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajalariga oid taklif va tavsiyalardan Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetida 2020-2022-yillarda bajarilgan FZ – 2020010829 “Talaba-yoshlarning ilmiy faoliyatini  monitoring  qilishning  dasturiy  ta’minotini  yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarning  ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetning 2022-yil 1-iyuldagi 04/11-3905-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv faoliyatini baholash (kreditlash), boshqarish, ta’lim yutuqlarini obektivlashtirish, o‘quv dasturlarini tuzatish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
fanni o‘qitishning kredit-modul tizimiga asoslangan diagnostik parametrlarini o‘zlashtirish natijalarini kvalimetrik baholsh mezonlariga ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlari orqali integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan oliy ta’lim muassasalarida “Axloq falsafasi” fanini kredit-modul tizimi asosida o‘qitish modeliga oid taklif  va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil 31-martdagi 4/13-23-850-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-yoshlardagi axloqiy salohiyatni yuksaltirish hamda faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish bilan birga fanga, bilimga, mutaxassislik sirlarini bilishga, shuningdek, ilmiy tadqiqotga bo‘lgan rag‘batning ularning boshqa ijtimoiy faolliklari bilan uyg‘unlikda amalga oshirishni rivojlantirish imkoniyatlari oshgan;
talabalarning bilimini oshirish maqsadiga yo‘naltirilgan o‘qitishning yangi texnologiyasi asosida differensial va individual darajali pozisiyalar mazmunini oquv jarayonining empirik talablariga “talaba-o‘qituvchi” munosabatining o‘zaro chambarchas bogʻliqligi asosida moslashtirish orqali aniqlashtirilgan “Axloq falsafasi” fanini kredit-modul tizimida o‘qitishning mazmun-mohiyati, pedagogik-psixologik xususiyatlari va omillari bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi”  telekanalida  tayyorlangan  “Taqdimot”  ko‘rsatuvi  senariysini shakllantirishda  foydalanilgan  (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi”  telekanalining 2022-yil  17-noyabrdagi  33-48-437-son ma’lumotnomasi). Natijada, axloq falsafasi fanini kredit-modul tizimida o‘qitishning samarador evristik va refleksiv fikrlash, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasi rivojlantirilgan hamda fanining mazmun-mohiyati yoshlarni vatanparvarlik va insonparvarlikka, ezgulik va yuksak ma'naviy-axloqlilikka asoslangan holda tarbiyalashga yo‘naltirilganligini ko‘rsatib berish samaradorligiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish