Eshnazarov Dilshod Azamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida boʻlajak texnika yo‘nalishi mutaxassislari kasbiy kompetensiyalarini modulli yondashuv asosida rivojlantirish”, 13.00.02–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2602.
Ilmiy rahbar: Xodjiev Muksin Tadjievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Yarmatov Raximboy Baxramovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Chorshanbiev Zafar Esanpo‘latovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak texnika yo‘nalishi mutaxassislari kasbiy kompetensiyalarini modulli yondashuv asosida rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirish imkoniyatlari (tizimli kontent, differensial baholash va elektron qaydnoma) bo‘lajak muhandislarning shaxsiy kompetensiyalari (tanqidiy fikrlash, muammoni tezkor aniqlash, maqbul qaror qabul qilish va moslashuvchanlik) bilan intellektual dizayn va 3D modellashtirish kabi muhandislik paradigmalarini ixtisoslik faoliyatiga transformatsiyalash orqali takomillashtirilgan;
muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli talabalarning kasbiy faoliyatga oid kompetensiya sifatlarini oshirishga qaratilgan tashabbuskorlikning internal va eksternal darajalari bilan shaxsiy ijodkorligini individual va jamoaviy hamkorlikdagi natijador ijodiy faoliyatni tashkil etish bosqichlarining konstruktivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi innovatsion-metodik loyihalarni bajarishning tashkiliy tayyorgarlik, amaliy-jarayonli, analitik-korreksiyalash bosqichlariga amaliy masalalarni echishga mo‘ljallangan pedagogik dasturiy ta’minot, virtual auditoriyalar (masofadan turib)ni multipredmetlilik va yaxlitlik tamoyillari asosida integratsiyalash hamda kontentli va differensial baholash imkoniyatlarini singdirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning hisob-grafik, texnologik-loyihalash va ijodiy konstruktorlikga oid kasbiy kompetensiyalarini faoliyatli va integrativ yondashuvlar asosida baholash vositalari (sifat ko‘rsatkichlari va offlayn kontent)ni ishlab chiqish orqali kasbiy kompetentlikning rivojlanganlik darajasini obektiv baholashning kognitiv, faoliyatli, kreativ mezonlari optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak texnika yo‘nalishi mutaxassislari kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari:
bo‘lajak muhandislarning shaxsiy kompetensiyalari (tanqidiy fikrlash, muammoni tezkor aniqlash, maqbul qaror qabul qilish va moslashuvchanlik) bilan intellektual dizayn va 3D modellashtirish kabi muhandislik paradigmalarini ixtisoslik faoliyatiga transformatsiyalash orqali mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirish imkoniyatlari (tizimli kontent, differensial baholash va elektron qaydnoma) takomillashtirishga oid takliflardan OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-rsixologik xususiyatlari” (2017-2021 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2023 yil 14 martdagi 02-605-596-son ma'lumotnomasi). Mazkur ishlanmalar bo’lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarning kasbiy faoliyatga oid kompetensiya sifatlarini oshirishga qaratilgan tashabbuskorlikning internal va eksternal darajalari bilan shaxsiy ijodkorligini individual va jamoaviy hamkorlikdagi natijador ijodiy faoliyatni tashkil etish bosqichlarining konstruktivligini ta’minlash orqali muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli takomillashtirishga oid takliflar A-M3- 2019-41 “Sho‘rlangan tuproqlarda ildiz tizimining maxsuldorligi va xosildorligini oshirish uchun shirinmiya o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqish” nomnli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Guliston davlat universitetining 2021-yil 26-noyabrdagi 4-son ma’lumotnomasi). Mazkur, takliflar bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashga xizmat qilgan.
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi innovatsion-metodik loyihalarni bajarishning tashkiliy tayyorgarlik, amaliy-jarayonli, analitik-korreksiyalash bosqichlariga amaliy masalalarni echishga mo‘ljallangan pedagogik dasturiy ta’minot, virtual auditoriyalar (masofadan turib)ni multipredmetlilik va yaxlitlik tamoyillari asosida integratsiyalash hamda kontentli va differensial baholash imkoniyatlarini singdirish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Jizzax rolitexnika institutida “AIF 1/4 – “Kasb-hunarga yo’naltirilgan markaz va elektronika bo’yicha qo’shma o’quv laboratoriya yaratish” (2019-2021 yy.) mavzusidagi halqaro amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 iyundagi 02-07-1942/04-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlanmalar bo’lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan.