To‘raev Ro‘ziboy Norovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarga web – dasturlashni o‘rgatuvchi elektron muhit yaratish va undan foydalanishni takomillashtirish”, 13.00.06 –Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2361.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Qayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Tayloqova Guli Bekmurodovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarni web–dasturlashni o‘rgatuvchi elektron muhit yaratish va undan foydalanishni takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
o‘quvchilarga veb – dasturlashni o‘rgatuvchi elektron muhit yaratish va undan foydalanishni takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari o‘qitishning elektron ta’lim resursini yaratish talablariga mavzuga oid interfaol jadval, plakat, raqamli elektron resurslar, amaliy topshiriqlar kabi didaktik materiallarni oddiydan murakkabga qarab kiritib borish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarga veb – dasturlashni o‘rgatuvchi elektron muhit yaratish va undan foydalanishni takomillashtirish modeli elektron ta’lim resurslarga qo‘yiladigan pedagogik, didaktik, psixologik, erganometrik talablar mazmunini shakllantiruvchi axborot bazalari bilan ishlash, o‘z o‘zini boshqarish, web dasturlash bo‘yicha bilim, ko‘nikmalarini rivojlantirishga asoslangan komponentlarni ijtimoiy buyurtma va DS talablariga izchil moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarga veb – dasturlashni o‘rgatuvchi elektron muhit yaratish va undan foydalanishni takomillashtirish jarayoni pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish mobilligini o‘rgatuvchi elektron muhit yaratish hamda o‘quvchi-elektron muhit, o‘quvchi-o‘qituvchi, o‘quvchi-o‘quv materiallari, o‘quvchi-o‘quvchi komponentlarining qayta aloqasini ta’minlashning texnologik xaritasini bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarga veb – dasturlashni o‘rgatuvchi elektron muhit yaratish va undan foydalanishni takomillashtirish jarayoni baholashning motivatsion-qadriyatli, tashkiliy-uslubiy, kognitivi-operatsion, refleksiv mezonlari va reproduktiv, produktiv, izlanishli-kreativ baholash darajalarni kiritish hamda erishilgan natijalarni rag‘batlantiruvchi motivasion-rivojlantiruvchi pedagogik elementlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarga  Web dasturlashni o‘rgatuvchi elektron muhitni yaratish va undan foydalanishni takomillashtirsh bo’yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarga veb – dasturlashni o‘rgatuvchi elektron muhit yaratish va undan foydalanishni takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari o‘qitishning elektron ta’lim resursini yaratish talablariga mavzuga oid interfaol jadval, plakat, raqamli elektron resurslar, amaliy topshiriqlar kabi didaktik materiallarni oddiydan murakkabga qarab kiritib borish asosida asosida takomillashtirishga oid takliflar “Zamonaviy dasturlash tillari (Python dasturlash tili asoslari)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunida singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 23 iyuldagi 233-son buyrug‘i (№ 233-0796) bilan joriy etilgan). Natijada o‘quvchilarning web dasturlashga oid bilim, ko‘nikmalarini egallash darajasini oshirishga erishilgan;
 o‘quvchilarga veb – dasturlashni o‘rgatuvchi elektron muhit yaratish va undan foydalanishni takomillashtirish modeli elektron ta’lim resurslarga qo‘yiladigan pedagogik, didaktik, psixologik, erganometrik talablar mazmunini shakllantiruvchi axborot bazalari bilan ishlash, o‘z o‘zini boshqarish, web dasturlash bo‘yicha bilim, ko‘nikmalarini rivojlantirishga asoslangan komponentlarni ijtimoiy buyurtma va DS talablariga izchil moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Zamonaviy dasturlash tillari (Python dasturlash tili asoslari)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunida singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 23 iyuldagi 233-sonli buyrug‘i (№ 233-0796) bilan joriy etilgan). Natijada, o‘quvchilarning web dasturlashdan foydalanish darajasi oshirilishiga erishilgan;
o‘quvchilarga veb – dasturlashni o‘rgatuvchi elektron muhit yaratish va undan foydalanishni takomillashtirish jarayoni pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish mobilligini o‘rgatuvchi elektron muhit yaratish hamda o‘quvchi-elektron muhit, o‘quvchi-o‘qituvchi, o‘quvchi-o‘quv materiallari, o‘quvchi-o‘quvchi komponentlarining qayta aloqasini ta’minlashning texnologik xaritasini bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar o‘rgatuvchi elektron muhit (sayt) (www.ahost.uz provayderida eduproger.uz nomi sayt ID U21267 raqami bilan ro‘yxatga olingan) va “Zamonaviy dasturlash tillari (Python dasturlash tili asoslari)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 23 iyuldagi 233-sonli buyrug‘i (№ 233-0796) bilan joriy etilgan). Natijada, o‘quvchilarni o‘rgatuvchi elektron muhit asosida zamonaviy o’qitish texnologiyalarini tadbiq etish samaradorligi oshgan;
o‘quvchilarga veb – dasturlashni o‘rgatuvchi elektron muhit yaratish va undan foydalanishni takomillashtirish jarayoni baholashning motivatsion-qadriyatli, tashkiliy-uslubiy, kognitivi-operatsion, refleksiv mezonlari va reproduktiv, produktiv, izlanishli-kreativ baholash darajalarni kiritish hamda erishilgan natijalarni rag‘batlantiruvchi motivasion-rivojlantiruvchi pedagogik elementlarni kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Zamonaviy dasturlash tillari (Python dasturlash tili asoslari)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmunida singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 23 iyuldagi 233-sonli buyrug‘i (№ 233-0796) bilan joriy etilgan). Natijada, o‘quvchilarning web dasturlashga oid bilim, ko‘nikmasini rivojlanganligini asoslovchi baholash mezonlarini aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish