Kamalov Xayratdin Usnatdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kirishmali atomdan tashkil topgan nanoklasterli kremniydagi avtotebranishli tok va uning elektronikada qo‘llanilishi», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/FM160.
Ilmiy rahbar: Ismaylov Qanatbay Abdreymovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.28.02.2018.FM/T.03.05.
Rasmiy opponentlar: Mavlonov G‘iyosiddin Haydarovich, fizika-matematika fanlari doktori; Capaev Bayramdurdi, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kremniy kristall panjarasidananoklasterlar hosil qilish bilan tok avtotebranishlarining shakllanishi va parametrlarini tashqi omillar yordamida boshqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nanoklasterli kremniyda kuzatilgan tok avtotebranishining amplitudasi, chastotasi va modulyasiya koeffisientini tashqi omillar (harorat, elektr maydoni, yorug‘lik energiyasi va quvvati) ta’sirida boshqarish mumkinligi aniqlangan.
nanoklasterli kremniyda 3÷10 mikrometrli kirishmali sohaga mos keluvchi infraqizil nurlanish ta’sirida 0.1÷100 mGs infrapast chastotali tok avtotebranishlari olingan;
ko‘p zaryadli markazlar mavjud nanoklasterli kremniyda 98 foizgacha modulyasiya koeffisientiga ega turg‘un va muntazam tebranuvchi tok avtotebranishlari olingan;
ko‘pzaryadli markazlar atrofida kuchli elektr maydon mavjudligi hisobiga yuqori 150 K haroratda chegaraviy elektr maydon kuchlanganligi 120 V/sm bo‘lgan fotoo‘tkazuvchanlikning tebranishi aniqlangan;
marganes kirishma atomlari klasterlariga ega kremniy namunalari asosida fotoo‘tkazuvchanlikning tebranish chastotasining o‘zgarishi hisobiga ma’lumot beruvchi yangi turdagi fotoqabulqilgich yaratish imkoniyati ko‘rsatilgan;
marganes kirishma atomlari klasterlariga ega kremniy namunalari asosida qattiq jismli generatorlar yaratish imkoniyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kremniy kristall panjarasidananoklasterlar hosil qilish bilan tok avtotebranishlarining shakllanishi va parametrlarini tashqi omillar yordamida boshqarish asosida:
nanoklasterli kremniyda 3÷10 mikrometrli kirishmali sohaga mos keluvchi infraqizil nurlanish ta’sirida olingan infrapast chastotali tok avtotebranishlari “FOTON” aksiyadorlik jamiyatida qattiq jismli generator ishlab chiqarishda qo‘llanilgan («O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2018 yil 9 iyuldagi 02-1518-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish 0.1÷100 mGs oralig‘ida ishlaydigan infrapast chastotali qattiq jism generatorlarini ishlab chiqarishga imkon bergan;
marganes kirishma atomlari klasterlariga ega kremniy namunalari asosida fotoo‘tkazuvchanlikning tebranish chastotasi o‘zgarishi hisobiga ma’lumot beruvchi yangi turdagi fotoqabulqilgich yaratish texnoligyasi «FOTON» aksiyadorlik jamiyatida fotoqabulqilgichlar ishlab chiqarishda foydalanilgan («O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2018 yil 9 iyuldagi 02-1518-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish kremniy materiali asosida fotoo‘tkazuvchanlikning tebranish chastotasi o‘zgarishi hisobiga ishlaydigan fotoqabulqilgich yaratishga imkon bergan.