Shoniyozov Bobur Kaldarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘g‘itlarning amarantni oziqlanishi, hosildorligi va mahsulot sifatiga ta’siri”, 06.01.04 – Agrokimyo (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Qx249
Ilmiy rahbar: Ortikov Tulkin Kuchkarovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/07.06.2024.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Lutfullo Aribjonovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Urmonova Munisa Nezamiddinovna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zarafshon vohasida tarqalgan o‘tloqi-bo‘z tuproqlar sharoitida mineral va organik o‘g‘itlarning tuproq oziqa rejimi, amarant o‘simligining hosildorligi va mahsulot sifatiga ta’sirini aniqlash hamda uni etishtirishda o‘g‘itlardan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Zarafshon vohasining o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida mineral, xususan azotli o‘g‘itlar me’yorlari va yarim chirigan qoramol go‘ngini amarant dalasi tuproqlari oziq rejimi va amarant o‘simligi biometrik ko‘rsatkichlari, biomassa va hosildorligiga ta’siri o‘rganilib don uchun amarant etishtirishda o‘g‘itlar samaradorligi (N200P140K100+30 t/ga go‘ng va N250P175K125) aniqlangan;
amarant ekinini etishtirishda mineral va organik o‘g‘itlar qo‘llanilgan hamda o‘g‘it qo‘llanilmagan fonlarda o‘tloqi-bo‘z tuproqda harakatchan oziq moddalar miqdorini o‘zgarish dinamikasi qonuniyatlari, bunda ammoniy shakldagi azot miqdorini N200P140K100+30 t/ga go‘ng variantida nazoratdagi 15,0 mg/kg dan 33,0 mg/kg gacha, N250P175K125 variantida 27,8 mg/kg gacha, N-NO3 miqdorini mos ravishda 18,3 mg/kg dan 38,6 va 33,0 mg/kg gacha, harakatchan fosfor miqdorini 20,7 mg/kg dan 44,1 va 40,0 mg/kg gacha, almashuvchan kaliy miqdorini 200 mg/kg dan 320 va 250 mg/kg gacha ortishi ilmiy asoslangan;
mineral o‘g‘itlar me’yorlarini va yarim chirigan qoramol go‘ngini hamda mineral va organik o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llashning amarant biomassa, don hosili, ildiz va ang‘iz massalarini to‘planishiga, olib chiqib ketiladigan NPK miqdori, oziq moddalar balansiga (eng optimal N200P140K100+30 t/ga go‘ng variantida amarant qo‘shimcha don hosili 20,65 s/ga, N250P175K125 variantida-18,17 s/ga) ta’siri aniqlangan;
turli o‘g‘itlash tizimi va o‘g‘itlanmagan tabiiy fonda o‘stirilgan amarant yashil massasi va doni sifat tarkibini (donda N250P175K125 variantida oqsil 17,54%, yog‘ 7,37%, klechatka 5,48%, kraxmal 58,71%, N200P140K100+30 t/ga go‘ng variantida mos ravishda 17,83: 7,49: 5,41: 57,38%) shakllanishidagi qonuniyatlar ko‘rsatib berilgan;
Zarafshon vohasi o‘tloqi-bo‘z tuproqlar sharoitida amarant etishtirishda mineral o‘g‘itlardagi oziq moddalarni o‘zlashtirilish koeffisientlari o‘g‘itlar me’yori(N250P175K125 variantida o‘g‘it azotiniki 45,33%, fosforniki 21,31%, kaliyniki 74,94%) va go‘ng fonida (N200P140K100+30 t/ga go‘ng variantida o‘g‘it azotiniki 36,74%, fosforniki 20,49%, kaliyniki 71,25%) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tuproq unumdorligi va amarant hosildorligini oshirishda mineral va organik o‘g‘itlarni qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘g‘itlarni qo‘llash bo‘yicha “Zarafshon vohasi tuproqlarida amarant etishtirishda mineral va organik o‘g‘itlardan foydalanishga oid tavsiyalar” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 26 noyabrdagi № 02/025-4818-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tavsiyanoma Samarqand viloyati fermer xo‘jaliklari uchun tuproq unumdorligini oshirish hamda amarantdan yuqori hosil etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
o‘tloqi-bo‘z tuproqlarda amarant etishtirishda o‘g‘itlarni qo‘llash texnologiyasi Samarqand viloyati Jomboy tumani “Jomboy agrokultura” fermer xo‘jaligida 6,2 gektarga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 26 noyabrdagi № 02/025-4818-son ma’lumotnomasi). Natijada, P150K200 fonida azotli o‘g‘itlarni 250 kg/ga me’yorida qo‘llash amarant ekinidan qo‘shimcha 15,8 s/ga don hosilini olishga imkon bergan. Bunda gektaridan 13276879 so‘m qo‘shimcha sof daromad olinib, rentabellik 75,30% ni tashkil etgan;
Navoiy viloyatining Karmana tumani sharoitida amarant ekinida o‘g‘itlarni qo‘llash texnologiyasi 5,6 ga, Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani sharoitida 7,5 ga maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 26 noyabrgi № 02/025-4818-son ma’lumotnomasi). Bunda Karmana tumanida mineral o‘g‘itlarni N250P175K125 me’yorda va 30 t/ga go‘ng fonida esa N200P140K100 normada qo‘llash mos ravishda 33,6 va 37,8 s/ga don hosili olinishini ta’minlagan, bunda sof daromad tegishlicha 17100000 va 19010059 so‘m/ga, rentabellik 103,64 va 101,17 % ga etgan. Jarqo‘rg‘on tumani sharoitida don hosildorligi N250P175K125 hamda N200P140K100 +30 t/ga go‘ng variantlarida mos ravishda 38,2 va 43,7 s/ga, bunda sof daromad tegishlicha 21900000 va 24950000 so‘m/ga, rentabellik 134,36 va 133,07 % ni tashkil etgan.