Xayitov Xayrullo Abdig‘anievichning
falsafa doktori(PHD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buyrak o‘rinbosar terapiyalari fonida surunkali buyrak kasalligining kechish xususiyatlari” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3759.
Ilmiy rahbar: Sabirov Maqsud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ataxodjaeva Gulchexra Abdunabievna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli buyrak o‘rinbosar terapiyalari negizida surunkali buyrak kasaligi bemorlaridagi patologik jarayonlarni klinik-patogenetik jihatlarini va sub’ektiv xususiyatlarini solishtirma tahlil qilish bilan buyrak o‘rinbosar terapiyasini tanlashga yo‘naltirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rejali gemodializ bemorlarida vaqt o‘tgani sayin gemodializ samaradorligi pasayib borishi URR va Kt/V qiymatlarini tadqiqot boshiga nisbatan ishonchli pasayishi bilan namoyon bo‘lishi asoslangan;
bemorlarning ruhiy holati va hayot sifatini dializ negizida o‘zgarmay qolayotgan bir vaqtda, retsipiyentlarda ijobiy tomonga sezilarli siljishi, HADS gospital shkalasi meyoriy ko‘rsatkichlarini 50 % dan oshgani, shuningdek, SF-36 psixodiagnostik testida og‘riq intensivligini kamayib, salomatlikning umumiy holatini 72 % gacha yaxshilanganligi aniqlangan;
ekstrokorporal detoksikatsiya negizida bemorlarning yurak remodellanishi ko‘rsatkichlari salbiy tomonga o‘zgarib zarb hajmini 5,8 % ga va chap qorincha fraksiyasini 48,3 % gacha pasayib ketishi, retsipiyentlarda esa mazkur gradientlarni deyarli o‘zgarishsiz saqlangani aniqlangan;
surunkali buyrak kasaligining terminal bosqichdagi  bemorlarga buyrak ko‘chirib o‘tkazilishi bilan ularning ruhiy holati va hayot sifatini yaxshilash, yurak remodellanishini sekinlashtirish va yurak disfunksiyasini avj olishini oldini olish orqali kardiovaskulyar asoratlarni kamaytirish, pirovardida, o‘lim ko‘rsatkichining pasaytirish oqibatida ularini yashovchanligini oshishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 06.02.2024 yildagi № 47sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: buyrak o‘rinbosar terapiyalari fonida surunkali buyrak kasalligi bemorlaridagi patologik jarayonlarni klinik-patogenitik jixatlarini va subektiv xususiyatlarini solishtirma tahlil qilish bilan buyrak o‘rinbosar terapiyasini tanlashga yo‘naltirish bo‘yicha olingan natijalar asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 28.09.2023-yildagi 84-sonli buyruq asosida va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023-yil 29-sentyabrdagi 58-sonli buyruq asosida amaliyotga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqotda rejali gemodializ olayotgan bemorlarda uning samaradorligi vaqt o‘tgan sayin transplantant buyrak faoliyati pasayishiga nisbatan ko‘proq susayishi natijalari asosida surunkali buyrak kasalliklari bilan xastalangan bemorlarda buyrak o‘rinbosar terapiyalari samaradorligini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bir gemodializ seansi uchun o‘rtacha 700 ming so‘m mablag‘ sarflanadi, bitta bemor bir oyda 15 marta, bir yilda esa 180 marta gemodializ seanslarini qabul qiladi. Bu bir yilda o‘rtacha bir bemorga 126 mln so‘m mablag‘ sarflanishini anglatadi. Buyrak ko‘chirib o‘tkazilgan bemorlar qabul qiladigan immunosupressiv dori vositalari uchun bir oyda 2,5 mln va yilda 30 mln so‘m atrofida mablag‘ zarur bo‘ladi. Xulosa: tajribada rejali gemodializ bemorlarda uning samaradorligi vaqt o‘tgan sayin transplantant buyrak faoliyati pasayishiga qaraganda ko‘proq kuzatilishi isbotlandi. Buyrak o‘rinbosar terapiyasi ya’ni gemodializ seanslarini qabul qilayotgan bemorlarga buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini o‘tkazish bilan bir bemordan bir yilda 90-95 mln so‘m mablag‘ tejab qolishga imkon beradi; Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: turli buyrak o‘rinbosar terapiyalari negizida surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlarda yurak remodellanishini va uning disfunksiyasini baxolash orqali buyrak o‘rinbosar terapiyasini tavsiya qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 28.09.2023-yildagi 84-sonli buyrug‘i, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023-yil 29-sentyabrdagi  58-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tadbiq etilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bemorlarning ruhiy holati va hayot sifatini dializ negizida o‘zgarmay qolayotgan bir vaqtda, retsipiyentlarda ijobiy tomonga sezilarli siljishi, HADS gospital shkalasi meyoriy ko‘rsatkichlarini 50 % dan oshgani, shuningdek, SF-36 psixodiagnostik testida og‘riq intensivligini kamayib, salomatlikning umumiy holatini 72 % gacha yaxshilanganligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “Bemorlarda kardiorenal sindrom va yurak remodellanishi ko‘rsatkichlarini baholash bilan buyrak o‘rinbosar terapiyasi shaklini tanlash” uslubiy tavsiyanoma (Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 04.10.2023yildagi № 29 sonli ma’lumotnomasi) Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida 29.09.2023 yildagi №58-sonli buyruq hamda “Bemorlarning ruhiy xolati va hayot sifati ko‘rsatkichlarini taxlil qilish bilan buyrak o‘rinbosar terapiyasi shaklini tanlash” uslubiy tavsiyanoma (Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 04.10.2023yildagi №30-sonli ma’lumotnomasi) Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 28.09.2023yildagi №84 sonli buyrug‘iga binoan amaliyotga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  surunkali buyrak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning gemodializ oluvchi qatlamida ruhiy tushkunlik va hayot sifatining yomonlashib borishi yoki turg‘un juda past darajada bo‘lishi. Bu ko‘rsatkichlarning buyrak allotransplantatsiyasi o‘tkazgan bemorlarda yuqori ko‘rsatkichlarda bo‘lishi bemorlarda olib borilayotgan terapiya samaradorligini taminlashga hizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajribada surunkali buyrak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning gemodializ oluvchi qatlamida ruhiy tushkunlik va hayot sifatining yomonlashib borishi natijasida bemorlarning mehnat faoliyati pasayib, boshqa bir shaxsga qaramlik paydo bo‘ladi. Buyrak ko‘chirib o‘tkazilgan bemorlarda ularning ruhiy tushkunlik va hayot sifatining yaxshilanishi kuzatilib mehnat faoliyati to‘liq tiklanadi. Xulosa: buyrak ko‘chirib o‘tkazilgan bemorlarda ruhiy tushkunlik va hayot sifatining yaxshilanishi va natijada mehnat faoliyati to‘liq tiklanashi bemorning oilaviy daromadini oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish “Bemorlarda kardiorenal sindrom va yurak remodellanishi gradeyintlarini baholash bilan buyrak o‘rinbosar terapiyasi shaklini tanlash” mavzusida uslubiy tavsiyanoma asosida bemorlarda o‘rinbosar terapiyasi samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Farg‘ona viloyat ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi (28.09.2023-yildagi 84-sonli buyruq) muassasalarida amaliyotga tadbiq etilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ekstrokorporal detoksikatsiya negizida bemorlarning yurak remodellanishi ko‘rsatkichlari salbiy tomonga o‘zgarib zarb hajmini 5,8 % ga va chap qorincha fraksiyasini 48,3 % gacha pasayib ketishi, retsipiyentlarda esa mazkur gradientlarni deyarli o‘zgarishsiz saqlangani aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “Bemorlarning ruhiy xolati va hayot sifati ko‘rsatkichlarini taxlil qilish bilan buyrak o‘rinbosar terapiyasi shaklini tanlash” uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. Mazkur uslubiy tavsiyanoma tajribada surunkali buyrak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning gemodializ oluvchi qatlamida ruhiy tushkunlik va hayot sifatining yomonlashib borishi natijasida bemorlarning mehnat faoliyati pasayib, boshqa bir shaxsga qaramlik paydo bo‘ladi. Buyrak ko‘chirib o‘tkazilgan bemorlarda ularning ruhiy tushkunlik va hayot sifatining yaxshilanishi kuzatilib mehnat faoliyati to‘liq tiklanadi. Klinik amaliyotida buyrak etishmovchiligini kompleks davolashda Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida 29.09.2023yildagi №58-sonli buyrug‘iga binoan tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajribada surunkali buyrak kasalligi bilan kasallangan va gemodializ qabul qiluvchi bemorlarda yurak remodellanishi manfiy dinamik ko‘rsatkichlari, bemorlarda yurak bilan bog‘liq shikoyatlarning paydo bo‘lishi, shikoyatlar ko‘lami oshib borishi va letallik holatlarining katta qismi yurak qon tomir tizimida yuzaga keladigan buzulishlar fonida kelib chiqadi. Buyrak allotransplantatsiyasi o‘tkazgan bemorlarda yurak remodellanishi nisbatan o‘zgarishsiz qoladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tajribada surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan va gemodializ qabul qiluvchi bemorlarda yurak remodellanishi ko‘rsatkichlari manfiy dinamikasi bemorlarda yurak bilan bog‘liq shikoyatlarning paydo bo‘lishi, uning ko‘lami oshib borishi qo‘shimcha davolanishni talab qiladi. Buyrak ko‘chirib o‘tkazilgan bemorlarda yurak remodellanishi nisbatan o‘zgarishsiz qoladi va davolanish uchun sarflanadigan mablag‘ tejab qolinadi. Xulosa: buyrak ko‘chirib o‘tkazilgan bemorlarda yurak remodellanishi nisbatan o‘zgarishsiz qolishi isbotlangan. Buyrak o‘rinbosar terapiyasi gemodializni buyrak ko‘chirib o‘tkazish bilan almashtirish davolanish uchun qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik:  surunkali buyrak kasaligining terminal bosqichdagi  bemorlarga buyrak ko‘chirib o‘tkazilishi bilan ularning ruhiy holati va hayot sifatini yaxshilash, yurak remodellanishini sekinlashtirish va yurak disfunksiyasini avj olishini oldini olish orqali kardiovaskulyar asoratlarni kamaytirish, pirovardida, o‘lim ko‘rsatkichining pasaytirish oqibatida ularini yashovchanligini oshishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashining 06.02.2024 yildagi № 47-soni bilan tasdiqlangan. Tajribada ilmiy tadqiqot natijalari Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 28.09.2023-yildagi 84-sonli buyrug‘i, hamda Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023-yil 29-sentyabrdagi 58-sonli bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlarga buyrak ko‘chirib o‘tkazilishi bilan ularning ruhiy holati va hayot sifatini yaxshilash, yurak remodellanishini sekinlashtirish hamda yurak disfunksiyasini avj olishini oldini olish orqali kardiovaskulyar asoratlar sonini, shuningdek, o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: rejali gemodializ bemorlarga buyrak ko‘chirib o‘tkazilishi bilan ularning ruhiy holati va hayot sifatini yaxshilash, yurak remodellanishini sekinlashtirish hamda yurak disfunksiyasini avj olib borishini oldini olish orqali kardiovaskulyar asoratlar sonini keskin kamaytiradi. Buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini bajarish bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va tibbiy xarajatlarni kamaytirishga olib keladi. Xulosa: tadqiqot natijasida surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlarga buyrak ko‘chirib o‘tkazilishi bilan ularning ruhiy holati va hayot sifatini yaxshilash, yurak remodellanishini sekinlashtirish hamda yurak disfunksiyasini avj olishini oldini olish orqali kardiovaskulyar asoratlar sonini keskin kamaytirish, natijada o‘lim ko‘rsatkichining pasaytirish oqibatida ularni yashovchanligini oshishi kuzatildi. Bu tadqiqot davrida resipientlarda transplantant buyrak funksiyasini yaxshi saqlanganligi, ruhiy holati va hayot sifatinii jobiy tomonga siljiganligi hamda yurak remodellanishi ko‘rsatkichlarini va uning disfunksiyasini salbiy tomonga o‘zgarmaganligi bilan namoyon bo‘lishi tufayli yuzaga keladigan asoratlar sonini pasaytirish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashdan iborat.

Yangiliklarga obuna bo‘lish