Kenjaev Ulug‘bek Muratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shaxs befarqligi: mazmuni va shakllari, sabablari va oqibatlari, bartaraf qilish imkoniyatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal1156
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Sharipov Abduxakimjon Ziyoitdinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xuseynova Abira Amonovna, falsafa fanlari doktori, professor, Bekmurodova Gulshod Xaitovna, falsafa fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda namoyon bo‘layotgan shaxs befarqligi alomatlarining sabab va oqibatlarini aniqlash asosida uni bartaraf etish imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxs befarqligi ijtimoiy o‘zgarishlarni intensivlashuvi, ijtimoiy vorisiylik zanjiri buzilishi, ijtimoiy normalar yangilanishi, turmush tarzi transformatsiyasi, axborot almashinuvi jadallashishi kabi ijtimoiy, umidsizlik, iqtidorsizlik, erksizlik, qadriyatlar qadrsizlanishi, yolg‘izlik kabi ruhiy omillar ta’sirida shakllanishi falsafiy asoslangan;
O‘zbekistonda shaxs ongiga ta’sir ko‘rsatayotgan jamoatchilik fikrini o‘rganish amaliyoti tizimsizligi, ekologik ta’lim va tarbiya samarasizligi, aholiga xizmat ko‘rsatish madaniyati pastligi, jamiyatning individuallashishi, madaniy diffuziya jarayonlari kuchayishi, axborotlar haqqoniyligini aniqlash malakasi shakllanmagani, mafkuraviy ta’lim zaiflashgani kabi sabablar befarqlikni yuzaga keltirishi mantiqiy isbotlangan;
O‘zbekistonda befarqlikning ijtimoiy oqibatlari ijtimoiy konformizm xavfi oshishida, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish imkoni cheklanishida, ekologik muhitni sog‘lomlashtirish imkoni pasayishida, iste’mol bozorini optimallashtirish imkoni kamayishida, axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish jarayoni sekinlashishida, jamiyat estetik yuksalishi zaiflashishida, axborot xavfsizligiga putur etishida namoyon bo‘lishi determinatsiya tamoyillari asosida ochib berilgan;
shaxsdagi befarqlik alomatlariga barham berish imkoniuatlari (jamiuat a’zolarining mafkuraning ijtimoiu ahamiuati haqidagi qarashlarini o’zgartirish, milliu g‘oua va milliu mafkurani ta’lim tizimi asosida keng targ‘ib etish) .kabi ijtimoiu xabardorlik darajasini oshirish hamda vatanparvarlik tarbiuasini mazmunan bouitish (Vatan tuug‘usini shakllantirish, vatanparvarlik g‘ouasini singdirish, vatanparvarlik tarbiuasini amalga oshirish) kabi omillar bilan bog‘liqligi mantiqiu dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxs befarqligining sabab va oqibatlarini aniqlash hamda uni bartaraf etish imkoniyatlarini tadqiq qilish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
shaxs befarqligi ijtimoiy o‘zgarishlarni intensivlashuvi, ijtimoiy vorisiylik zanjiri buzilishi, ijtimoiy normalar yangilanishi, turmush tarzi transformatsiyasi, axborot almashinuvi jadallashishi kabi ijtimoiy, umidsizlik, iqtidorsizlik, erksizlik, qadriyatlar qadrsizlanishi, yolg‘izlik kabi ruhiy omillar ta’sirida shakllanishiga doir nazariy mulohazalar va xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170928696-raqamli “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” (2018-2020-yy) amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024 yil 11 maydagi 04/11-4439-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar qalbida xalqimizga xos bo‘lgan yuksak ma’naviy fazilatlami shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar muvofiqlashtirishga, huquqiy ong va madaniyatni rivojlantirish orqali ma’aviy-ma’rifiy ishlar samaradorligiga erishish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda shaxs ongiga ta’sir ko‘rsatayotgan jamoatchilik fikrini o‘rganish amaliyoti tizimsizligi, ekologik ta’lim va tarbiya samarasizligi, aholiga xizmat ko‘rsatish madaniyati pastligi, jamiyatning individuallashishi, madaniy diffuziya jarayonlari kuchayishi, axborotlar haqqoniyligini aniqlash malakasi shakllanmagani, mafkuraviy ta’lim zaiflashgani kabi sabablarning befarqlikni yuzaga keltirishiga oid ilmiy yangiliklar va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining huzuridagi Tergov departamentining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10 aprel 2017 yildagi PF-5005-son “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmonida hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021-yil 21-oktyabr kunidagi 400-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishga oid chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Repsublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentiningp 2024 yil 22-maydagi 18/3569-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki ishlar organi xodimlarida mamlakatimizda davlat qurilishi va boshqaruvi, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy va xavfsizlikni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va vazifasini anglashga, ularning dunyoqarashlarini kcngaytirishga, befarqlik, ishga yuzaki munosabatda bo‘lish va rasmiyatchilik, aholi bilan muloqot qilish madaniyati kabi muammo va kamchiliklarni hal etish borasida olib borayotgan faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda befarqlikning ijtimoiy oqibatlari ijtimoiy konformizm xavfi oshishida, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish imkoni cheklanishida, ekologik muhitni sog‘lomlashtirish imkoni pasayishida, iste’mol bozorini optimallashtirish imkoni kamayishida, axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish jarayoni sekinlashishida, jamiyat estetik yuksalishi zaiflashishida, axborot xavfsizligiga putur etishida namoyon bo‘lishiga doir nazariy xulosalar va amaliy taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023 yillarda o‘tkazgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror dasturining IV-bob 50-bandi “Yoshlarning kelajakka ishonchi, mustaqil fikrlash va qaror qabul qilishni shaxsning ustuvor xususiyati sifatida mustahkamlash, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirishga qaratilgan treninglar dasturini ishlab chqish” va 52-bandi “Yoshlarda oilaviy burch, oilada o‘zaro ishonch, sadoqat mehr-muhabbat va hamjihatlikni mustahkamlash malakalarini shakllantirish, ma’naviy barqarorlikni ta’minlash. yosh ota-onalarda farzand tarbiyasi uchun mas’ullik, oilani boshqarish, moddiy farovonlikka erishish uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan qo‘shma dastur va loyihalarni ishlab chiqish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 22-maydagi 220-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxsdagi befarqlik alomatlariga barham berish imkoniyatlari uning ijtimoiy xabardorligi darajasini oshirish va vatanparvarlik tarbiyasini mazmunan boyishiga xizmat qilgan;
shaxsdagi befarqlik alomatlariga barham berish imkoniuatlari (jamiuat a’zolarining mafkuraning ijtimoiu ahamiuati haqidagi qarashlarini o’zgartirish, milliu g‘oua va milliu mafkurani ta’lim tizimi asosida keng targ‘ib etish) .kabi ijtimoiu xabardorlik darajasini oshirish hamda vatanparvarlik tarbiuasini mazmunan bouitish (Vatan tuug‘usini shakllantirish, vatanparvarlik g‘ouasini singdirish, vatanparvarlik tarbiuasini amalga oshirish) kabi omillar bilan bog‘liqligiga oid nazariy mulohazalar va taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining teleko‘rsatuvlari va radioeshittirishlarini tayyorlashda, jumladan 2023-2024 yillarda efirga uzatilgan “Inson qadri”, “Yoshlar ovozi”, “Diyor 24» va “Mavzu” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 21-maydagi 01-01/93-son ma’lumotnomasi). Natijada, efirga uzatilgan teleko‘rsatuvlar, davra suhbatlari jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – korrupsiya, mahalliychilik, loqaydlik va ota-onalarning yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizligi kabi holatlarga barham berishda aholining faolligini kuchaytirishga, ijtimoiy-ma’naviy hayotda bunyodkorlik g‘oyalarini kuchaytirish va yanada mustahkamlashga xizmat qilgan.