Abduvaliev Ortiq Abdulhamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mahallada ijtimoiy muammolarni hal etishda yoshlar innovatsion faolligini oshirish (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”, 09.00.04- Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal676
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Saitkasimov Akbar Isaxanovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Lukmon Narzullaevich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Karjavova Xurshida Abdumalikovna, iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahallada ijtimoiy muammolarni hal etishda yoshlar innovatsion faolligini oshirish va jamiyatda olib borilayotgan islohotlar amaliyoti bilan uyg‘unligini ta’minlashning falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahallada ijtimoiy muammolarni hal etish dolzarbligi sharoitida yoshlar innovatsion faolligini takomillashtirishda tanqidiy tahlil, tashabbusli loyiha, o‘z-o‘zini tashkillashtirish kabi mexanizmlar mantiqiy-gnoseologik jihatdan asoslab berilgan;
jamiyatda yoshlar innovatsion faolligining epistemologik va metodologik jihatlari, konstruktivlik va destruktivlik holatlari, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan kreativ usullari “yoshlar-mahalla-jamiyat” tizimiga ko‘ra dalillangan;
mahalla ijtimoiy muhitini barqarorlashtirish bilan aloqador bo‘lgan ilmiy, nazariy va amaliy omillarning differensial va tizimli tahlilini amalga oshirishning yoshlar ijtimoiy kompetentligi va innovatsion salohiyati bilan uyg‘un jarayonligi falsafiy asoslangan;
yoshlar innovatsion faolligini oshirishda ularning ehtiyojlari, maqsadlari, manfaatlari tizimining turli-tumanligi va ularning mahalla ijtimoiy hayoti bilan o‘zaro deterministik aloqadorligi ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalla tizimida ijtimoiy muammolarni hal etishda yoshlar innovatsion faolligini oshirish bilan bog‘liq ilmiy masalani ijtimoiy-falsafiy tadqiq qilish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
mahallada ijtimoiy muammolarni hal etish dolzarbligi sharoitida yoshlar innovatsiyon faolligini takomillashtirishda tashabbusli loyiha, o‘z-o‘zini tashkillashtirish kabi mexanizmlariga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini targ‘iboti” 9-bandi “Yangi O‘zbekiston – xalqparvar davlat” ta’moyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar mazmun mohiyatinin targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalar” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil e’tish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 7-avgustdagi 02-22/751-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mahallada ijtimoiy muammolarni hal e’tishda yoshlar innovatsion faolligini oshirishning falsafiy jihatlarini ochib berish bo‘yicha o‘tkazilgan ma’naviy ma’rifiy sohadagi tadbirlarni amalga oshirishda targ‘ibotchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
jamiyatda yoshlar innovatsion faolligining epistemologik va metodologik jihatlari, konstruktivlik va destruktivlik holatlari, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan kreativ usullari yuzasidan ilgari surilgan g‘oyalar va takliflardan O‘zbekiston “Adolat” SDPning “Adolat har bir inson uchun” nomli saylovoldi dasturini amalga oshirish yuzasidan 2023-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ga asosan “Innovatsion faoliyatning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish, shu jumladan, ilmiy faoliyatni rivojlantirish sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish” nomli 16-bandini, intellektual mulk obektlari (mualliflik huquqlari, turdosh huquqlar, ixtiroga bo‘lgan huquqlar va boshqa) huquqlari buzilishiga nisbatan davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, yuqori texnologiyali mahsulotlarni eksport qilishni va ilg‘or ilmiy va texnologik ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash orqali milliy iqtisodiyotning jahon tizimiga integratsiyasini kuchaytirish, “Davlat oliy ta’lim tizimini yanada mustahkamlash va rivojlantirish” nomli 29-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy kengashining 2023-yil 11-iyundagi 01-04/224-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston “Adolat” SDP “Yosh adolatchilar qanoti” a’zolarining zamonaviy texnologiyalarga asoslangan kreativ yondashuvlari va “yoshlar-mahalla-jamiyat” tizimiga ko‘ra innovatsion bilimlarini yanada oshirishga va boyitishga xizmat qilgan;
mahalla ijtimoiy muhitini barqarorlashtirish bilan aloqador bo‘lgan ilmiy, nazariy va amaliy omillarning differensial va tizimli tahlilini amalga oshirishning yoshlar ijtimoiy kompetentligi va innovatsion salohiyati bilan uyg‘un jarayonligiga oid taklif va tavsiyalardan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining “Joylarda ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish” mavzusidagi 57-11/78 - raqamli grant loyihasining “Ta’lim sohasida o‘quvchi va talabalar huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan innovatsion chora-tadbirlar bo‘yicha tahliliy tadqiqot o‘tkazish va tegishli takliflar berish” deb nomlangan 4-bandida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2023-yil 31-martdagi 10-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning mahallada inovatsion faolligini yuksaltirish va ijtimoiy muammolarni hal etish borasidagi empirik tadqiqotlarni olib borishdagi amaliy ishlarda taklif-tavsiyalar ishlab chiqishda dissertatsiyadagi g‘oyalar muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
yoshlar innovatsion faolligini oshirishda ularning ehtiyojlari, maqsadlari, manfaatlari tizimining turli-tumanligi va ularning mahalla ijtimoiy hayoti bilan o‘zaro deterministik aloqadorligiga doir taklif va tavsiyalardan Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2022-2023 yillarda efirga uzatilgan “Inson qadri”, “Bunyodkorlik”, “Yoshlar va mahalla”, “Qishloq hayoti” deb nomlangan turkum ko‘rsatuvlari va radioeshittirishlari dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 10-iyuldagi 14-11/537-son ma’lumotnomasi). Natijada mahallada yoshlar innovatsion faolligini oshirishning mazmun mohiyati keng jamoatchilikka etkazilgan.