Kayumova Rufina Ravilevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vklad uzbekistansev v pobedu v period Vtoroy mirovoy voyni (na osnove frontovix pisem 1941-1945 gg.)” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1PhD/Tar615
Ilmiy rahbar: Isakova Muxayyo Srajidinovna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Farxod Xamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Ermetov Avazbek Abdullaevich, tarix fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushida g‘alabaga qo‘shgan hissasini front xatlarni asosida yaxlit tadqiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
urush yillarida askarlar va front ortidagilarning o‘zaro yozimshmalari fashizmga qarshi kurashda ikki tomonni bir xil ruhlantirgani natijasida frontga ixtiyoriy safarbar etish, janglardagi qahramonliklar, ishlab chiqarishdagi jasoratlar ortib borganligi kollektiv va individual arxiv maktublari asosida isbotlangan;
o‘zbek jangchilarining Rossiya, Belorusiya, Ukraina va Evropaning yuzdan ziyoda shahar va qishloqlarini ozod etishda qatnashgani 5000 ta front maktublarida yozilgan geografik joy nomlarining tahlili bilan dalillangan;
urush yillariga kelib respublika pochta aloqa xizmati sohasida tub o‘zgarishlarning amalga oshirilishi nafaqat markaziy shahar va tumanlarda, balki qishloqlarda ham pochta xizmati tashkil etilgani hamda kecha-yu kunduz pochta jo‘natmalari etkazib berish tartibi joriy qilinishiga SSR Mudofaa komissarligining 1942-yil 5-sentyabrdagi maxsus 0679-son qarori asos bo‘lgani aniqlangan;
front ortida fidokorona mehnat qilgan ko‘pmillatli o‘zbek xalqi fashizmga qarshi kurashda mudofaa fondiga 650 million rubldan ortiq obligatsiya, 22 million so‘mlik moddiy boyliklar, 55 kilogramm zargarlik buyumlari hamda 426 milliondan ortiq zayom va pul-buyum lotereyasi topshirgani rasmiy yozishmalar asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. . O‘zbekistonliklarning Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga qo‘shgan hissasi muammosini frontga oid xatlar asosida o‘rganish doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
urush yillarida askarlar va front ortidagilarning o‘zaro yozimshmalari fashizmga qarshi kurashda ikki tomonni bir xil ruhlantirgani natijasida frontga ixtiyoriy safarbar etish, janglardagi qahramonliklar, ishlab chiqarishdagi jasoratlar ortib borganligi kollektiv va individual arxiv maktublarini o‘rganishga imkon beruvchi dissertatsiya materiallaridan “O‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi g‘alabaga qo‘shgan hissasi” arxiv hujjatlari to‘plamini (Toshkent: Akademnashr, 2023) nashrga tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2023-yil 8-sentyabrdagi №3/1255-1883-sonli ma’lumotnomasi). Aniqlangan materiallar urush davri tarixiga oid kam o‘rganilgan arxiv hujjatlari haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirishga yordam berdi;
o‘zbek jangchilarining Rossiya, Belorusiya, Ukraina va Evropaning yuzdan ziyoda shahar va qishloqlarini ozod etishda qatnashgani 5000 ta front maktublarida yozilgan geografik joy nomlarini o‘rganishga imkon beruvchi dissertatsiya materiallaridan “O‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi g‘alabaga qo‘shgan hissasi” arxiv hujjatlari to‘plamini (Toshkent: Akademnashr, 2023) nashrga tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2023-yil 8-sentyabrdagi №3/1255-1883-sonli ma’lumotnomasi). Nashr etilgan maktublar urush davri tarixiga oid kam o‘rganilgan arxiv hujjatlari haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirishga yordam berdi;
dissertatsiyaning urush yillariga kelib respublika pochta aloqa xizmati sohasida tub o‘zgarishlarning amalga oshirilishi nafaqat markaziy shahar va tumanlarda, balki qishloqlarda ham pochta xizmati tashkil etilgani hamda kecha-yu kunduz pochta jo‘natmalari etkazib berish tartibi joriy qilinishiga SSR Mudofaa komissarligining 1942-yil 5-sentyabrdagi maxsus 0679-son qarori asos bo‘lgani haqidagi nazariy xulosalari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” kabi radioeshittirishlarni tayyorlashda (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 15-dekabrdagi 04-36-2070-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Taqdim etilgan ma’lumotlar Ikkinchi jahon urishidagi g‘alabaga o‘zbek xalqining qo‘shgan hissasini hujjatlar bilan dalillashda, radiotinglovchilarning urush yillarida respublikamiz ijtimoiy hayoti haqidagi bilimlarini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi;
tadqiqotning front ortida fidokorona mehnat qilgan ko‘pmillatli o‘zbek xalqi fashizmga qarshi kurashda mudofaa fondiga 650 million rubldan ortiq obligatsiya, 22 million so‘mlik moddiy boyliklar, 55 kilogramm zargarlik buyumlari hamda 426 milliondan ortiq zayom va pul-buyum lotereyasi topshirgani rasmiy yozishmalari Andijon viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan “Najot bilimda” mavzusidagi radioeshittirishini tayyorlashda (Andijon viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 8-iyundagi 01-24/140-son guvohnomasi) foydalanilgan. Taqdim etilgan, ilgari ilmiy muomalaga kiritilmagan arxiv hujjatlari fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston fuqarolarining qo‘shgan hissasini hujjatlar bilan dalillashda, radiotinglovchilarning urush yillarida respublikamiz ijtimoiy hayoti haqidagi bilimlarini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.