Borasulov Akmal Mirayimovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fanlari doktori (DSc)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bodringning yangi tizmalari kombinatsion qobiliyatini baholash hamda yuqori hosildor nav va duragaylar yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Qx236.
Ilmiy maslahatchi: Madartov Baxrom Kuvandikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/08.05.2024.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: bodringning “Musaffo” (№ NAP 00386), “G‘alaba” (№ NAP 00388) va “Jilo” (№ NAP 00392) navlari.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bodringning Xalqaro sabzavotchilik markazidan keltirilgan nav namunalarini kompleks o‘rganish, sintetik seleksiya usullaridan foydalangan holda ko‘p marta o‘z-o‘ziga chatishtirib (insuxt) yakka tanlash orqali sof tizmalarni diallel usulda chatishtirib olingan duragay kombinatsiyalar asosida qimmatli xo‘jalik belgilarini o‘zida jamlagan, mahalliy iqlim sharoitiga mos, un shudring va soxta un shudring kasalliklariga chidamli, onalik gullari ko‘p, meva sifati yaxshi hamda yuqori hosildor navlar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bodringning Xalqaro sabzavotchilik markazidan keltirilgan nav namunalari asosida yaratilgan sof tizmalar o‘zaro diallel usulida chatishtirilib 30 ta duragay kombinatsiyalar olingan;
ilk bor olingan duragay kombinatsiyalar “onalik gullarining erta ochilishi”, “ertapisharlik”, “tupdagi mevalar soni”, “meva vazni” va “mahsuldorlik” kabi qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha umumiy va o‘ziga xos kombinatsion qobiliyati baholangan va bodring nav namunalarining yuqori hosilli, ertapishar, meva sifati yaxshi, un shudring va soxta un shudring kasalliklariga bardoshli istiqbolli tizmalar boshlang‘ich manba sifatida ajratib olingan;
o‘ziga xos kombinatsion qobiliyati yuqori bo‘lgan boshlang‘ich ashyo asosida yaratilgan bodringning yangi “Musaffo”, “G‘alaba” va “Jilo” navlari respublikamizda ekilayotgan boshqa navlarga nisbatan o‘zining ertapisharligi, hosildorligi, un shudring va soxta un shudring kasalliklariga bardoshliligi bilan ustun ekanligi isbotlangan;
bodringning qimmatli xo‘jalik belgilarga ega bo‘lgan serhosil, “Musaffo”, “G‘alaba” va “Jilo” navlari yaratilib, Intellektual mulk agentligi tomonidan patentlar olingan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bodringning yangi tizmalari kombinatsion qobiliyatini baholash hamda yuqori hosildor nav va duragaylar yaratish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bodringning kompleks qimmatli xo‘jalik belgilariga ega, “Navro‘z” naviga nisbatan tupdagi onalik gullar sonining ko‘pligi, mevaning sifati, sersuvligi, un shudring va soxta un shudring kasalliklariga chidamliligi bilan ustunlik qiluvchi yangi “Musaffo” (NAP 00386, 15.03.2022 y.), “G‘alaba” (NAP 00388, 15.03.2022 y.) va “Jilo” (NAP 00392, 08.04.2022 y.) navlariga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan O‘zbekiston patenti olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 15 noyabrdagi 07/21-06/1347-son ma’lumotnomasi). Natijada, bodring ekini genofondi turli stress omillarga bardoshli, yuqori hosildor yangi navlar bilan boyitilgan va ekilayotgan navlarga nisbatan 12.0-13.50% samaradorlikka erishish imkonini bergan;
bodringning kompleks qimmatli xo‘jalik belgilariga ega yangi “Musaffo” navi Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida 20,2 ga, “G‘alaba” navi 10.0 ga va “Jilo” navi 35,9 ga, jami 66,1 ga maydonga joriy etilgan. Xususan, Andijon viloyatining Izboskan tumani “Yuqori hosil baraka” fermer xo‘jaligida 4,6 ga, Andijon tumani “Mirza urug‘chi elita” fermer xo‘jaligida 3,7 ga, “Davr” fermer xo‘jaligida 6,1 ga, “Ekoklin AND” fermer xo‘jaligida 6,4 ga, Asaka tumani “Sabzavotlar elitasi” fermer xo‘jaligida 5,8 ga, Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani “Qorasaqol yuksalish” fermer xo‘jaligida 4,7 ga, “Far olmos tog‘i” fermer xo‘jaligida 5,4 ga, “Baxrombek” fermer xo‘jaligida 4,6 ga, “Mukarram opa” fermer xo‘jaligida 4,4 ga, “Turg‘unov Zuxriddin” fermer xo‘jaligida 4,3 ga, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani “Isoqjon ota Mo‘minov” fermer xo‘jaligida 3,1 ga, “Qurbonov Nosirjon” fermer xo‘jaligida 1,4 ga, “Mullaboev Azizbek Erkinovich” fermer xo‘jaligida 5 ga, “Abdullox Axmadaliev” fermer xo‘jaligida 0,9 ga, “Abduqodir qandiyon” fermer xo'jaligida 1 ga, “Zarchashma parrandasi” fermer xo‘jaligida 4,6 ga maydonlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 15 noyabrdagi 07/21-06/1347-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud navlarga nisbatan 34,4-47,2 s/ga qo‘shimcha hosil olishga erishilgan, rentabellik darajasi 31-38 foizni tashkil etgan;
Bodringning yangi yaratilgan istiqbolli “Musaffo”, “G‘alaba” va “Jilo”navlari Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarining sabzavotchilikka ixtisoslashgan dehqon va fermer xo‘jaliklarida ilmiy asoslangan holda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 15 noyabrdagi 07/21-06/1347-son ma’lumotnomasi). Natijada Andijon viloyatida “Musaffo” navidan 28,8 t/ga (+7,6 tn), “G‘alaba” navidan 30,2 t/ga (+8,4 tn) va “Jilo” navidan 26,9 t/ga (+6,7 tn) yuqori sifatli hosil olishga erishilgan. Farg‘ona viloyatida “Musaffo” navidan 27,4 t/ga (+6,3 t), “G‘alaba” navidan 29,5 t/ga (+7,6 t) va “Jilo” navidan 25,3 t/ga (+6,3 t) yuqori sifatli hosil olishga erishilgan. Namangan viloyatida “Musaffo” navidan 28,8 t/ga (+7,6 tn), “G‘alaba” navidan 30,2 t/ga (+8,4 tn) va “Jilo” navidan 26,9 t/ga (+6,7 tn) yuqori sifatli hosil olinib, andoza “Navro‘z” naviga nisbatan o‘rtacha 33-38,2% ga hosildorlikka erishish imkonini bergan.