Kuvandiqov Yokub Tursunbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kultivator panjasining eyilish dinamikasini tadqiq qilish va yuqori resursli konstruksiyasini yaratish” 05.07.02 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2937.
Ilmiy rahbar: Nuriev Karim Katibovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: Qosimov Karimjon, texnika fanlari doktori, professor va Madazimov Muzaffar Toxirjon o‘g‘li texnika fanlari falsafa doktori (PhD) tayinlangan.
Yetakchi tashkilot: «Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi».
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kultivator panjasining yangi konstruktiv sxemasini ishlab chiqish hisobiga uning uzoq muddat ishlashini ta’minlash va ish unumi hamda resurslarini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uch iskanali bir-biriga nisbatan 120 gradus burchak ostida joylashgan, yaxlit metaldan iborat, aylantiriluvchi, bir iskanasi tumshuq, qolgan ikkalasi qanotlari vazifasini bajaruvchi ishchi organ ishlab chiqilgan;
o‘qyoysimon panjaning tuproqda eyilishi bilan shakilining o‘zgarish dinamikasini bashoratlovchi “Izu-izn” raqamli elektron matematik hisoblash metodikasi ishlab chiqilgan;
tuproqning holati (fizik-maxanik xossalari), o‘qyoysimon panjaning ish hajmi va chiziqli eyilishi orasidagi bog‘liqliklarning emperik matematik modellarini shakllantiruvchi, ctatistika qonunlari asosida ishlovchi raqamli elektron dasturdan foydalanish metodikasi yaratilgan;
uch iskanali aylantiriluvchi panjaning tumshuq uzunligi, qamrash kengligi, iskanalar simmetriya o‘qlari orasidagi burchak, iskana xavli kesimining eni va qalinligi, ochilish burchagi, qamrash kengliklarining tuproq va panja materialining fizik-maxanik xossalariga bogliqligini ifodalovchi yangi matematik modellar olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kultivator panjasi ishchi yuzalarini almashtirib ishlash qobiliyatini qayta tiklash usulini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
aylantirib ishlatiladigan ishchi organga Intellektual mulk markazining foydali modelga patenti olingan («Kultivator uchun aylanma ishchi organ», FAP 01895 – 14.06.2022y.). Natijada ish sifati yuqori hamda energiya-resurstejamkor kultivatorning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
aylantirib ishlatiladigan ishchi organlar bilan jihozlangan kultivator Jizzax viloyati Zafarobod tumani “Yorqin Said Xojakbar” fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 10 yanvardagi №07/27-05/114-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yonilg‘i sarfi 6-7 % ga, ish sifati va unumi esa 2,5 % ga oshgan.
aylantirib ishlatiladigan ishchi organlarning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq, hisoblash usullari va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 10 yanvardagi №07/27-05/114-sonli ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan aylantirib ishlatiladigan ishchi organni sanoat usulida ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.