Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
        Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Talabalarga badiiy tarjimani o‘qitishning lingvistik va metodik asoslari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Ped225.
Ilmiy maslahatchi: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildorxon O‘rinboevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Siddikova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Rashidova Feruza Musaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi badiiy tarjima mutaxassisligi talabalariga badiiy (nasriy) tarjimani o‘qitishning lingvistik va metodik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tarjimonning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning kontekstual asoslari asliyat va tarjima matnlarini fonemadan tekstemagacha koharans sintez tamoyilini ierarxik qo‘llash hamda reproduktiv kommunikatsiya samaradorligini sotsio-konstruktiv metod bilan oshirish orqali takomillashtirilgan;
pragmatik tarjima modelining konseptual asoslari badiiy matnda implikatura hosil qilgan til birliklariga eksplikatsiya amallarini qo‘llash natijasida kommunikatsion matn ontologiyasini yaratish orqali aniqlashtirilgan;
badiiy tarjimaning transformatsion modeli bo‘lajak tarjimonning analitik tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan strategik fikrlashni o‘qitish metodikasiga tahlil, jarayon, tahrir va baholashni o‘z ichiga olgan “tarjima amallari integratsiyasi” metodini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarjimonlarning psixolingvistik kompetensiyasi psixosemiotik jarayondagi ikonik, indeks va ramziy belgilarni olam badiiy tasviri asosida adaptatsiya qilish jarayoniga “creative writing/ijodiy yozish” metodining  komponentlari (tasavvur, bosh g‘oya, voqelikka moslik, anglash va his qilish)ni mantiqiy fikrlash yordamida integratsiya qilish orqali takomillashuvi dalillangan;
bo‘lajak nasriy matn tarjimonining ekstralingvistik kompetensiyasi tarjima texnikasi va strategiyalarini tarjimadan oldingi tahlil jarayoniga intensiv qo‘llash orqali rivojlanishi asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarga badiiy tarjimani o‘qitishning lingvistik va metodik asoslarini yaratish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
bo‘lajak tarjimonning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning kontekstual asoslari asliyat va tarjima matnlarini fonemadan tekstemagacha koharans sintez tamoyilini ierarxik qo‘llash hamda reproduktiv kommunikatsiya samaradorligini sotsio-konstruktiv metod bilan oshirish borasidagi xulosa va natijalardan Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2014-2016-yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 13-oktyabrdagi 2887/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy tarjima bo‘yicha magistratura mutaxassisliklarining namunaviy dasturi, o‘quv-uslubiy majmualarini qayta tayyorlash va takomillashtirishga tizimli yondashish imkoniyatini bergan;
badiiy tarjimaning transformatsion modeli bo‘lajak tarjimonning analitik tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan strategik fikrlashni o‘qitish metodikasiga tahlil, jarayon, tahrir va baholashni o‘z ichiga olgan “tarjima amallari integratsiyasi” metodini qo‘llash yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 13-oktyabrdagi 2886/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, qiyosiy adabiyotshunoslik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va xalqarolashtirish maqsadida qo‘llanmalar, maqolalar, tezislar yaratilgan;
bo‘lajak tarjimonlarning psixolingvistik kompetensiyasi psixosemiotik jarayondagi ikonik, indeks va ramziy belgilarni olam badiiy tasviri asosida adaptatsiya qilish jarayoniga “creative writing/ijodiy yozish” metodining  komponentlari (tasavvur, bosh g‘oya, voqelikka moslik, anglash va his qilish)ni mantiqiy fikrlash yordamida integratsiya qilish borasidagi xulosa va natijalardan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 13-oktyabrdagi 2885/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy tarjima mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabalarining shaxsiy, lingvistik, kasbiy kompetensiyalarini shakllantiruvchi bilim, ko‘nikma va malakalar borasidagi ilmiy-amaliy materiallar mutaxassislik fanlariga singdirilgan;    
bo‘lajak nasriy matn tarjimonining ekstralingvistik kompetensiyasi tarjima texnikasi va strategiyalarini tarjimadan oldingi tahlil jarayoniga intensiv qo‘llash orqali rivojlanishiga oid ilmiy-nazariy qarashlardan 2017-yil “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati tomonidan nashr etilgan “Bobur ensiklopediyasi”ning badiiy va geografik makon hamda zamonga bag‘ishlangan maqolalarini yaratishda foydalanilgan (“Bobur” nomli xalqaro jamoat fondining 2022-yil 3-noyabrdagi 91-son ma’lumotnomasi). Natijada, ensiklopediyada turli badiiy asarlar, ularda keltirilgan turli leksik birliklar, xususan, she’riyatga xos so‘zlar, arxaizmlar, tarixiy so‘zlar, shevaga xos so‘zlarni tarjima qilishda badiiy estetik ma’noni saqlab qolish imkoniyati yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish