Sattarov Shuxrat Yarashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir mezenterial trombozni tashxislashni takomillashtirish va davo taktikasini tanlash», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiët. (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1811.
Ilmiy rahbar: Sapaev Dilshod Aminovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy ërdam ilmiy markazi Xorazm filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Xadjibaev Farxod Abduxakimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II.    Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir mezenterial trombozni davolash va tashxislash algoritmini takomillashtirish orqali ushbu kasallikka chalingan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir mezenterial tromboz rivojlanishning asosiy prediktorlari, klinik ko‘rinishlari, asoratlar va o‘lim kelib chiqish xavfi aniqlangan, qon tarkibidagi D-dimer miqdoriga qarab kasallikni erta tashxislash tartibi asoslangan;
o‘tkir tutqich trombozi bo‘lgan bemorlarda klinik, klinik-laborator, gemostaziologik parallellar kompleksi, ularning diagnostik o‘ziga xosligi, sezgirligi va samaradorligi o‘rganilgan va ularning belgilariga qarab olti soatgacha bo‘lgan muddatda nekroz rivojlanmaganligini inobatga olib ichak ishemiyasi bosqichida endovaskulyar jarrohlik amaliyotini qo‘llanilib, ichakning nekrotik jarayonini oldini olish hisobiga bemorlarning hayot sifatini saqlashga erishilishi isbotlangan;
o‘tkir tutqich trombozi bo‘lgan bemorlarda ichakning infarkt bosqichida ichaklarning nekrotik zararlanishini mul`tispiral kompyuter tomografiya belilariga tayanib gibrid jarroxlik amaliyoti ya’ni endovaskulyar va qorin bo‘shlig‘i ochiq amaliyotida ichak rezeksiyalari amalga oshirilishi zarurligi isbotlangan;
o‘tkir mezenterial trombozni kechki peritonit bosqichida ichak nekrozi uchun xavf guruhlarini tashxislash asosida bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashning tabaqalashtirilgan taktikasi ishlab chiqilgan va uning samarasi hisobiga umr ko‘rish davomiyligi sezilarli darajada yaxshilanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘tkir mezenterial trombozni tashxislash va differensial davolashni yaxshilash uchun olingan ilmiy natijalar, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 02 noyabrdagi 8 n-r/1218-sonli xulosasi asosida:
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir mezenterial tromboz rivojlanishning asosiy prediktorlari, klinik ko‘rinishlari, asoratlar va o‘lim kelib chiqish xavfi aniqlangan, qon tarkibidagi D-dimer miqdoriga qarab kasallikni erta tashxislash tartibi asoslangan va RShTYoIM Surxondaryo filiali davolash va diagnostik faoliyatiga (12.11.2022 y.; №178-T raqamli) hamda RShTYoIM Namangan filiali davolash va diagnostik faoliyatiga (19.01.2024 y.; №15s/t7-raqamli) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: turli labarator testlar va instrumental tekshirish usullarini kombinatsiyada qo‘llash natijalari asosida ishlab chiqilgan o‘tkir mezenterial trombozni tashxislash va differensial davolash algoritmini qo‘llash bemorlarga erta tashxis qo‘yilishi va operativ davo yanatijalarini yaxshilash, amaliyotdan keyingi asoratlarni kamaytirish orqali bemorlarning xayot sifatini yaxshilash algoritmi ishlab chiqilgan.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: turli labarator testlar va instrumental tekshirish usullarini kombinatsiyada qo‘llash natijalari asosida ishlab chiqilgan o‘tkir mezenterial trombozni tashxislash va differensial davolash algoritmini qo‘llash bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 8 kundan 6 kunga qisqartirilishi natijasida bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan kuniga 78000 so‘mni va o‘rin kunlarni 2 kunga qisqartirish orqali 156000 ming so‘mga, hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=84) 13104000 iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: turli labarator testlar va instrumental tekshirish usullarini  natijalari taxlil qilinib o‘tkir mezenterial trombozni tashxislash va differensial davolash usullari optimallashtirilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir tutqich trombozi bo‘lgan bemorlarda klinik, klinik-laborator, gemostaziologik parallellar kompleksi, ularning diagnostik o‘ziga xosligi, sezgirligi va samaradorligi o‘rganilgan va ularning belgilariga qarab oltti soatgacha bo‘lgan muddatda nekroz rivojlanmaganligini inobatga olib ichak ishemiyasi bosqichida endovaskulyar jarrohlik amaliyotini qo‘llanilib, ichakning nekrotik jarayonini oldini olish hisobiga bemorlarning hayot sifatini saqlashga erishilishi isbotlangan va RShTYoIM Surxondaryo filiali davolash va diagnostik faoliyatiga (12.11.2022 y.; №178-T raqamli) hamda RShTYoIM Namangan filiali davolash va diagnostik faoliyatiga (19.01.2024 y.; №15s/t7-raqamli) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemorlarda o‘tkir mezenterial trombozni tashxislash va davolashni biz tomonimizdan takomillashtirish natijasida, o‘tkaziladigan labarator va instrumental tekshirishlar natijalari kasallikning kelib chiqishiga sezgirligi va spesifikligi ahamiyatli hisoblanadi. O‘tkir mezenterial trombozni tashxislashda eng samarali laborator usul qonda D-dimer miqdorini aniqlash va kompyuter tamografik angiografiya bo‘lib sezgirlik va spesifiklik mos ravishda 92,9%, 89,1%, 100%, 100% ni tashkil qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir tutqich trombozi bo‘lgan bemorlarda klinik belgilariga qarab oltti soatgacha bo‘lgan muddatda nekroz rivojlanmaganligini inobatga olib ichak ishemiyasi bosqichida endovaskulyar jarrohlik amaliyotini qo‘llanilib, ichakning nekrotik jarayonini oldini olish hisobiga iqtisodiy samaradorlik davolash usuliga qarab alohida bemorlarning umumiy soni uchun hisoblangan umumiy xarajat bilan 1 bemor uchun davolash usulini joriy etishdan olinadigan iqtisodiy samara 24000 so‘mni, bemorning shifoxonada qolish muddatini qisqartirishdan tejalgan ulushi 156000 so‘mni, o‘tkir tutqich trombozi bo‘lgan bemorlarda endovaskulyar yo‘l bilan ichakda qon aylanishi yo‘llarini faoliyatini tiklash natijasida iqtisodiy samaradorligi har bir bemor uchun o‘rtacha 180000 so‘mni va amalga oshirish ko‘lami bo‘yicha (84 nafar bemor) 15120000 so‘mni iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: o‘tkir tutqich trombozi bo‘lgan bemorlarda klinik belgilariga qarab oltti soatgacha bo‘lgan muddatda nekroz rivojlanmaganligini inobatga olib ichak ishemiyasi bosqichida endovaskulyar jarrohlik amaliyotini qo‘llanilib, ichakning nekrotik jarayonini oldini olish hisobiga har bir bemor uchun o‘rtacha 180000 so‘mni va amalga oshirish ko‘lami bo‘yicha (84 nafar bemor) 15120000 so‘mni iqtisod qilishga erishiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkir tutqich trombozi bo‘lgan bemorlarda ichakning infarkt bosqichida ichaklarning nekrotik zararlanishini mul`tispiral kompyuter tomografiya belilariga tayanib gibrid jarroxlik amaliyoti ya’ni endovaskulyar va qorin bo‘shlig‘i ochiq amaliyotida ichak rezeksiyalari amalga oshirilishi zarurligi isbotlangan va RShTYoIM Surxondaryo filiali davolash va diagnostik faoliyatiga (12.11.2022 y.; №178-T raqamli) hamda RShTYoIM Namangan filiali davolash va diagnostik faoliyatiga (19.01.2024 y.; №15s/t7-raqamli) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir tutqich trombozi bo‘lgan bemorlarda ichakning infarkt bosqichida ichaklarning nekrotik zararlanishini mul`tispiral kompyuter tomografiya belilariga tayanib gibrid jarroxlik amaliyoti ya’ni endovaskulyar va qorin bo‘shlig‘i ochiq amaliyotida ichak rezeksiyalari amalga oshirilishi amaliyotdan keyingi asoratlarini va ichakdagi rezeksiya ko‘lamini kamaytirish orqali dvolash sifatini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir tutqich trombozi bo‘lgan bemorlarda ichakning infarkt bosqichida ichaklarning nekrotik zararlanishini mul`tispiral kompyuter tomografiya belilariga tayanib gibrid jarroxlik amaliyoti ya’ni endovaskulyar va qorin bo‘shlig‘i ochiq amaliyotida ichak rezeksiyalari amalga oshirilishi bemorlarni shifoxonadagi o‘rin kun soni va ularga sarflanadigan dori darmon sarfi kamayishi natijasida joriy etilgan usulning iqtisodiy samaradorligi oshadi. O‘tkir mezenterial trombozni ichak infarkti bosqichida davolashda gibrid usuldan foydalanish xastalangan 1 nafar bemorda amalga oshirilgan usulning iqtisodiy samaradorligi: 60000 so‘m, iqtisodiy samaradorlik har bir bemorga davolash kursiga 122414 so‘mni tashkil etadi. Tatbiq ko‘lamiga nisbatan esa 29 nafar bemor uchun 3550006 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: o‘tkir tutqich trombozi bo‘lgan bemorlarda ichakning infarkt bosqichida ichaklarning nekrotik zararlanishini mul`tispiral kompyuter tomografiya belilariga tayanib gibrid jarroxlik amaliyoti ya’ni endovaskulyar va qorin bo‘shlig‘i ochiq amaliyotida ichak rezeksiyalari amalga oshirilishi amaliyotdan keyingi asoratlarning kamayishi va revaskulyarizatsiya xisobiga rezeksiya qilinadigan ichak ko‘lamini kamaytiradi bu esa o‘z navbatida bemorlarda erta reabilitatsiya bo‘lish imkonini beradi va 3550006 so‘m iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir mezenterial trombozni kechki peritonit bosqichida ichak nekrozi uchun xavf guruhlarini tashxislash asosida bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashning tabaqalashtirilgan taktikasi ishlab chiqilgan va uning samarasi hisobiga umr ko‘rish davomiyligi sezilarli darajada yaxshilangan va RShTYoIM Surxondaryo filiali davolash va diagnostik faoliyatiga (12.11.2022 y.; №178-T raqamli) hamda RShTYoIM Namangan filiali davolash va diagnostik faoliyatiga (19.01.2024 y.; №15s/t7-raqamli) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir mezenterial trombozni kechki peritonit bosqichida an’anaviy jarroxlik usullaridan farqli ravishda ichaklarning zararlangan qismi rezeksiyasi va kechiktirilgan rejali ichaklararo anastomozlar qo‘yish operatsiyadan keyingi asoratlarni va o‘limni kamaytirishi aniqlandi va bu usullar jarroxga qorin bo‘shlig‘ida peritonit belgilarini to‘liq yo‘qotish va rejali ravishda ichaklararo anastomozlar qo‘yish yoki stomalar chiqarish jarroxlik usullar taktikasini tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: o‘tkir mezenterial trombozni kechki peritonit bosqichida ichak nekrozi uchun xavf guruhlarini tashxislash asosida bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashning tabaqalashtirilgan taktikasini bemorlarga tadbiq etish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini kuniga 122414 so‘mini iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: o‘tkir mezenterial trombozni kechki peritonit bosqichida ichak nekrozi uchun xavf guruhlarini tashxislash asosida bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashning tabaqalashtirilgan taktikasi o‘tkir mezenterial trombozni davolashdagi jarroxlik usullarining eng samarali usuliligini ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «O‘tkir mezenterial trombozni tashxislashni takomillashtirish va davo taktikasini tanlash » mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 02 noyabrdagi 8 n-r/1218-sonli xulosasi olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish