Daminova Maftuna Asqarali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6702.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Yakubjanova Dilobar Batirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc),  professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor;
Arslanova Madina Mansurovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari individual va differensial yondashuvlarning integrativ yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan  o‘zini-o‘zi rivojlantirish hamda ta’lim subektlarining o‘zaro ijodiy hamkorligini faollashtirishga yo‘naltirilgan mikromuhitni bosqichma-bosqich shakllantirish hamda kasbiy sifatlarni mustahkamlashga oid topshiriqlarni izchil kiritish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi modeli falsafiy antropologiya, aksiologiya, kompetensiyaviy, faoliyatli va sinergetik yondashuvlarning umumiy va xususiy jihatlarini adaptivlashtirish hamda pedagogik jarayon va natijaviy bloklardan tarkib topgan tuzilishi va mazmunni maqsadli integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish umuminsoniy va milliy qadriyatlarining korreksion yoʻnalganlik dinamikligini ta’minlashga qaratilgan faoliyatli yondashuv mazmuniga idientiv mosligini uzlyuksiz ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish  metodikasi samaradorligi texnologiya fanini o‘qitish jarayonini prognostik loyihalash,   tarbiyaviy faoliyat va o‘zlashtirish  ko‘rsatkichlari dinamikasini barqaror ta’minlash hamda xavfsiz korreksion ta’lim muhitini yaratish komponentlarini ierarxik tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari individual va differensial yondashuvlarning integrativ yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan  o‘zini-o‘zi rivojlantirish hamda ta’lim subektlarining o‘zaro ijodiy hamkorligini faollashtirishga yo‘naltirilgan mikromuhitni bosqichma-bosqich shakllantirish hamda kasbiy sifatlarni mustahkamlashga oid topshiriqlarni izchil kiritishga oid takliflar “Tasviriy san’at va texnologiyani o‘qitish maxsus metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 30-maydagi 10/4.1-son qaroriga asosan berilgan 2024/214U-311-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash sharoitlari kengaytirilgan;
bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi modeli falsafiy antropologiya, aksiologiya, kompetensiyaviy, faoliyatli va sinergetik yondashuvlarning umumiy va xususiy jihatlarini adaptivlashtirish hamda   pedagogik jarayon va natijaviy bloklardan tarkib topgan tuzilishi va mazmunni maqsadli integratsiyalashga oid takliflar “Tasviriy san’at va texnologiyani o‘qitish maxsus metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 30-maydagi 10/4.1-sonli qaroriga asosan berilgan 2024/214U-311-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish umuminsoniy va milliy qadriyatlarining korreksion yoʻnalganlik dinamikligini ta’minlashga qaratilgan faoliyatli yondashuv mazmuniga idientiv mosligini uzlyuksiz ta’minlashga oid xulosalar “Tasviriy san’at va texnologiyani o‘qitish maxsus metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 30-maydagi 10/4.1-sonli qaroriga asosan berilgan 2024/214U-311-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish  samaradorligi oshgan;
bo‘lajak oligofrenopedagoglarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish  metodikasi samaradorligi texnologiya fanini o‘qitish jarayonini prognostik loyihalash,   tarbiyaviy faoliyat va o‘zlashtirish  ko‘rsatkichlari dinamikasini barqaror ta’minlash hamda xavfsiz korreksion ta’lim muhitini yaratish komponentlarini ierarxik tizimlashtirishga oid xulosalar “Tasviriy san’at va texnologiyani o‘qitish maxsus metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 30-maydagi 10/4.1-sonli qaroriga asosan berilgan 2024/214U-311-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bolajak oligofrenopedagoglarning kasbiy-metodik tayyorgarligi samaradorligini oshirishga erishilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish