Kuvatova Oliya Sheralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiyadorlik jamiyatlari investision faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2438.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Nizomiddin Hamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Juraev Abdugaffor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; PhD., Rasulov Nuriddin Abdullaevich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlarida  investi-sion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan  ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish tadqiqotning maqsadidir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
davlat korxonalari hamda o‘z ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan korxonalar tomonidan ijtimoiy soha hamda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha investision loyihalar doirasida sotib olinadigan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishga doir aylanmani qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish taklifi ishlab chiqilgan;  
xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalar doirasida xarid (import) qilinadigan (etkazib beriladigan) maxsus texnikalar, uskunalar va transport vositalarini utilizatsiya yig‘imidan ozod etish taklifi asoslab berilgan;  
suv ta’minoti korxonalarida tasdiqlangan tariflar zaruriy xarajatlardan kam belgilangan taqdirda, ular o‘rtasidagi mablag‘lar farqini davlat buyurtmasi asosida davlat byudjetidan qoplab berish taklif etilgan;  
suv tarmoqlari va inshootlarini modernizatsiya qilish, suv resurslari sifati va xavfsizligini monitoring qilishning samarali tizimini yaratish maqsadida davlat-xususiy sherikchiligiga asoslangan shartnomalar tuzish orqali investision faoliyatni moliyalashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlarida investision faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga muvofiq:
davlat korxonalari hamda o‘z ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan korxonalar tomonidan ijtimoiy soha hamda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha investision loyihalar doirasida sotib olinadigan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishga doir aylanmani qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 noyabrdagi “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-195-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zsuvta’minot aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 23 yanvardagi 2/15-252 – son ma’lumotnomasi). Natijada, birgina suv ta’minoti sohasida 2,5 mlrd.dollarlik investisiya loyihalari amalga oshirilayotganini hisobga olinganda korxonalar ixtiyorida qoladigan mablag‘lar hisobidan korxonani rivojlantirish va modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlovchi asos yaratilgan;
xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalar doirasida xarid (import) qilinadigan (etkazib beriladigan) maxsus texnikalar, uskunalar va transport vositalarini utilizatsiya yig‘imidan ozod etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 oktyabrdagi “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-343-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zsuvta’minot aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 23 yanvardagi 2/15-252 – son ma’lumotnomasi). Buning natijasida jalb qilingan investisiya loyihalarida 161,9 mln.dollar mashina va uskunalariga yo‘naltirishini hisobga olinsa, qarz mablag‘laridan samarali foydalanish imkoniyati paydo bo‘lgan;
suv ta’minoti korxonalarida tasdiqlangan tariflar zaruriy xarajatlardan kam belgilangan taqdirda, ular o‘rtasidagi mablag‘lar farqini davlat buyurtmasi asosida davlat byudjetidan qoplab berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 oktyabrdagi “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-343-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zsuvta’minot aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 23 yanvardagi 2/15-252 – son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi kunda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yiliga 300,0 mlrd.so‘mlan ortiq zarar bilan yakunlayotgan soha korxonalarini sog‘lomlashtirish hamda yillik 27,0 mln.dollarlik investision majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarib borish mexanizmi joriy etilgan;
suv tarmoqlari va inshootlarini modernizatsiya qilish, suv resurslari sifati va xavfsizligini monitoring qilishning samarali tizimini yaratish maqsadida davlat-xususiy sherikchiligiga asoslangan shartnomalar tuzish orqali investision faoliyatni moliyalashtirish taklifi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 noyabrdagi «Toshkent shahri ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini transformatsiya qilish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-428-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zsuvta’minot aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 23 yanvardagi 2/15-252 – son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur Farmonda davlat xususiy sherikchiligiga asoslangan  218,8 mln evrolik shartnomalar ko‘zda tutilib, jamiyatning investision faoliyati samarador-ligini oshirishga zamin yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish