Mirzaev Gulom Rizoqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligi tarixi (1991-2021 yy)”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.1.DSc/Tar158.
Ilmiy maslahatchi: Nuriddinov Erkin Zuhriddinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Rasmiy opponentlar: Farmonov Rahmon Farmonovich, tarix fanlari doktori, professor; Sayfullaev Durbek Baxtiyorovich, tarix fanlari doktori, professor; Urakov Dilshod Jamoliddinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1991-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligi tarixini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligining tarixiy-tadriji shakllanish (1991-1993-yy.) va rivojlanishi (1993-2021-yy.) xronologik jihatdan yondashilgan hamda yaqin qo‘shnichilik munosabatlari asosida “Abadiy do‘stlik” (Qozog‘iston bilan 1998-y., Qirg‘iziston bilan 1996-y., Tojikiston bilan 2000-y.) va “Strategik sheriklik” (Qozog‘iston bilan 2013-y., Turkmaniston bilan 2017-y., Qirg‘iziston Respublikasi bilan 2017-y., Tojikiston bilan 2018-y.) darajasiga bosqichma-bosqich ko‘tarilganligi ochib berilgan;
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayirboshlashdagi mahsulotlar nomenklaturasi, iqtisodiy hamkorlikning o‘zgarish ko‘rsatkichi (defisit va profisit holati) asosiy sabablari, davrlarga mos ravishda hududlar va tadbirkorlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilayotgan chegarabo‘yi hududlararo iqtisodiy zonalarning davlatlararo savdo-sotiqda yangi-yangi loyihalarni tashkil etishdagi roli mazkur hududlarda infratuzilmalarning vujudga kelishiga xizmat qilgan manbalar asosida dalillangan;
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan transport kommunikatsiyasi “O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon”, “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘l koridori, “Qozog‘iston-Turkmaniston-Eron” temir yo‘li, “Qozog‘iston-Turkmaniston-Eron” temir yo‘li kabilar transport kommunikatsiyasi sohasini rivojlantirish va tashqi savdo yuklari tashiluvchi yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilishdagi tashabbuslari, mintaqa mamlakatlari bilan hamkorlikda xalqaro yuk tashuvlarni yanada engillashtirish, raqamli texnologiyalarni joriy qilish, mintaqaning tranzit salohiyatini oshirishning qiyosiy tahlili natijalari ochib berilgan;
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo xalqlari bilan madaniy-gumanitar hamkorligini amalga oshirishda O‘zbekiston qozoq milliy-madaniy markazi, O‘zbekiston qirg‘iz milliy-madaniy markazi, Tojik milliy-madaniy markazi, Respublika turkman madaniyat markazi hamda “O‘zbekiston-Qozog‘iston”, “O‘zbekiston-Qirg‘iziston”, “O‘zbekiston-Tojikiston” va “O‘zbekiston-Turkmaniston” do‘stlik jamiyatlari, mintaqa va insoniyat sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk siymolar (Alisher Navoiy, Abay Qo‘nonboev, Maxtumquli, Abdurahmon Jomiy, Chingiz Aytmatov) ijodiy merosini o‘rganish, mintaqa xalqlari birdamligi uchun xizmat qilgan adiblarning asarlarini nashr ettirilishi “xalq diplomatiyasi”ning asosi ekanligi ochib berilgan;
madaniy-gumanitar hamkorlik doirasida turizmni rivojlantirishda “Madaniyat kunlari”, “Kino kunlari”, “Ta’lim kunlari”, “Mega-info-turlar”, “Road-shou”, “WorkShop – Ipak yo‘lidagi turizm” kabi tadbirlar nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash, jumladan, fuqarolar va homiylar xayriyalari hamda xorijiy tashkilotlarning grant mablag‘larini jalb qilish tizimini takomillashtirish natijasida “to‘siqsiz turizm”ni amalga oshirish orqali “to‘siqsiz turizm infratuzilmasi”ni rivojlantirish aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligining tarixiy-tadriji shakllanish (1991-1993-yy.) va rivojlanishi (1993-2021-yy.) xronologik jihatdan yondashilgan hamda yaqin qo‘shnichilik munosabatlari asosida “Abadiy do‘stlik” (Qozog‘iston bilan 1998-y., Qirg‘iziston bilan 1996-y., Tojikiston bilan 2000-y.) va “Strategik sheriklik” (Qozog‘iston bilan 2013-y., Turkmaniston bilan 2017-y., Qirg‘iziston Respublikasi bilan 2017-y., Tojikiston bilan 2018-y.) darajasiga bosqichma-bosqich ko‘tarilganligi ochib berilgan. (Markaziy Osiyo xalqaro institutining 2022-yil 1-dekabrdagi 03/03-2-602-son ma’lumotnomasi). Hatijada Markaziy Osiyo xalqaro institutining qo‘shni mamlakatlar tahliliy va akademik muassasalari bilan ilmiy hamkorligini rivojlantirish, mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash, mamlakatlararo hamkorlikning samarali mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayirboshlashdagi mahsulotlar nomenklaturasi, iqtisodiy hamkorlikning o‘zgarish ko‘rsatkichi (defisit va profisit holati) asosiy sabablari, davrlarga mos ravishda hududlar va tadbirkorlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilayotgan chegarabo‘yi hududlararo iqtisodiy zonalarning davlatlararo savdo-sotiqda yangi-yangi loyihalarni tashkil etishdagi roli mazkur hududlarda infratuzilmalarning vujudga kelishiga xizmat qilgan manbalar asosida dalillangan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022- yil 25-noyabrdagi №365 son dalolatnoma). Natijada markazning 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish buyicha chora-tadbirlar dasturining I yo‘nalishida belgilangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli va samarali tashkil qilinishga xizmat qildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish