Jumabaev Dauletbay Maratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Nukus shahrida transport infrastrukturasini rivojlantirish tendesiyalari”, 18.00.02-“Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/A149.
Ilmiy rahbar: Xotamov Asadulla Toshtemirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassaslar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura qurilish universiteti, PhD.26/04.07.2023.T.11.03.
Rasmiy opponentlar: Adilov Zarifjon Himmatovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Xoliqov Alisher Isan o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “O‘zshaharsozlikLITI” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Nukus shahrining transport infrastrukturasini rivojlantirish imkoniyatlarini oshirirsh yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan  iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Nukus shahri uchun shahar maydonining funksional parametrlariga ko‘ra KYT uzunligining shahar umumiy maydoniga nisbati orqali shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘i (KYT) zichligi aniqlangan;
Nukus shahri hududidan o‘tuvchi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari hamda shahar hududidagi chorrahalarda transport oqimi jadalligining harakatlanuvchi transport tarkibini hisobga oluvchi dastlabki kartogrammasi ishlab chiqilgan;
Nukus shahri hududidagi avtotransportlar sonini istiqboldagi o‘sishini prognoz qiluvchi chiziqli modeli naturaviy kuzatuvlarga ko‘ra ishlab chiqilgan;
Shahar ko‘cha-yo‘llarini loyihaviy parametrlari hamda texnik talablarini belgilovchi klassifikatsiyasi hududning shaharsozlik ahamiyati va funksional vazifasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nukus shahri transport infrastrukturasini rivojlantirish tendensiyalarin ishlab chiqish maqsadida transport infrastrukturasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ilk bor Nukus shahri uchun shahar maydonining funksional parametrlariga ko‘ra KYT uzunligining shahar umumiy maydoniga nisbati orqali shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘i (KYT) zichligi aniqlangan xulosadan “Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti”ning “O‘zbekiston shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish” da foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2024-yil 15 apreldagi 24-06/3811-son ma’lumotnomasi). Natijada shaharda KYT ning o‘tkazish qobiliyati yaxshilangan;
Nukus shahri hududidan o‘tuvchi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari hamda shahar hududidagi chorrahalarda transport oqimi jadalligining harakatlanuvchi transport tarkibini hisobga oluvchi dastlabki kartogrammasi eksperimental tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan xulosadan “Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti” ning “O‘zbekiston shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish” da foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2024-yil 15 apreldagi 24-06/3811-son ma’lumotnomasi).  Natijada mazkur magistral ko‘chalarda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar xavfsizlik darajasini talab darajasida pasaytirishga imkon bergan;
Nukus shahri hududidagi avtotransportlar sonini istiqboldagi o‘sishini prognoz qiluvchi chiziqli modeli naturaviy kuzatuvlarga ko‘ra ishlab chiqilgan xulosadan “Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti” ning “O‘zbekiston shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish” da foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2024-yil 15 apreldagi 24-06/3811-son ma’lumotnomasi). Natijada Nukus shahrining istiqbolli bosh rejasini ishlab chiqish uchun KYTning optimal rivojlanishi imkonini bergan;
Shahar ko‘cha-yo‘llarini loyihaviy parametrlari hamda texnik talablarini belgilovchi klassifikatsiyasi hududning shaharsozlik ahamiyati va funksional vazifasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan xulosadan “Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti” ning “O‘zbekiston shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish” da foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2024-yil 15 apreldagi 24-06/3811-son ma’lumotnomasi hamda “Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti”ning 2024 yil 27 yanvardagi 15-son dalolatnomasi). Natijada shahar va aholi punktlarining funksional vazifasidan kelib chiqib, shahar ko‘chalari va yo‘llarini rejalashtirish va texnik parametrlarini belgilash orqali  loyihaviy echimlarni optimallashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish