Xuramov Latif Yakubboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Gastroenterologik signallar va tibbiy tasvirlarni Koiflet veyvleti asosida raqamli ishlash algoritmlari”, 05.01.02-“Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4549
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Zaynidinov Xakimjon Nasridinovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti”, PhD.03/29.12.2023.T.02.12
Rasmiy opponentlar: Anarova Shahzoda Amanbaevna, texnika fanlari doktori, professor; Suvonov Olim Omonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gastroenterologik signallar va tibbiy tasvirlarni Koiflet veyvlet usullari asosida raqamli ishlov berish algoritmlari va dasturiy vositasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
signallarga raqamli ishlov berishda Koiflet veyvletining turli filtr darajalaridan foydalanish mumkin ekanligi hamda ushbu darajalar vaqt va sifat ko‘rsatkichiga ta’sir etishi sababli uning optimal darajasini to‘g‘ri tanlashni hisobga olgan holda gastroenterologik signallarni Koiflet veyvleti yordamida raqamli ishlov berishning boshqaruv algoritimi ishlab chiqilgan;
insonning ovqat hazm qilish organlaridan olingan turli shovqinlarga ega gastroenterologik signallarni hamda erkak urug‘ unumdorligini aniqlash uchun spermogramma tasvirining xususiyatlari murakkabligini hisobga olgan holda gastroenterologik signallar va tibbiy tasvirlarga raqamli ishlov berish uchun Xaarning bo‘lak chiziq, Dobeshi va Koiflet veyvlet koeffisientlarini hisoblash model va algoritmlari ishlab chiqilgan;
gastroenterologik signallar va tibbiy tasvirlarni Koiflet veyvlet usulida raqamli ishlov berish murakkab hisoblash jarayonlarini talab etishini hamda Malla hisoblash usuli ushbu jarayoni soddalashtirish mumkinligini hisobga olgan holda Koiflet veyvletiga Malla hisoblash usulini qo‘llash asosida tez hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
tibbiy tasvirlarda ichki va tashqi omillar asosida turli xil shovqinlar qo‘shilishi natijasida uning sifat ko‘rsatkichi pasayishi hamda ushbu tasvirdagi obektlarni tanib olishda xatoliklar yuz berishini hisobga olgan holda spermatozoidlarning hayotiyligini aniqlash uchun ikki o‘zgaruvchili takomillashtirilgan Koiflet veyvleti asosida spermogramma tasvir sifatini oshirish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Gastroenterologik signallar va tibbiy tasvirlarni raqamli ishlash tadqiqoti doirasida ishlab chiqilgan algoritmlar asosida:
signallarga raqamli ishlov berishda Koiflet veyvletining turli filtr darajalaridan foydalanish mumkin ekanligi hamda ushbu darajalar vaqt va sifat ko‘rsatkichiga ta’sir etishi sababli uning optimal darajasini to‘g‘ri tanlashni hisobga olgan holda gastroenterologik signallarni Koiflet veyvleti yordamida raqamli ishlov berishning boshqaruv algoritmi dasturiy vositasi Samarqand viloyat 1 son shahar shifoxonasida oshqozon-ichak funksional o‘zgarishini muntazam nazorat qilib borish, hamda uning diagnostik tahlil qilish maqsadida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 7-fevral 02-38/2546 -son ma’lumotnomasi). Natijada, oshqozon va ichaklardagi tuzilmalardagi o‘zgarishlarni aniqlashga ketgan vaqt 1.5 barobarga kamayishi, xatolik 2-6%ga kamayishi va mehnat unumdorligini oshish imkonini bergan;
insonning ovqat hazm qilish organlaridan olingan turli shovqinlarga ega gastroenterologik signallarni hamda erkak urug‘ unumdorligini aniqlash uchun spermogramma tasvirining xususiyatlari murakkabligini hisobga olgan holda gastroenterologik signallar va tibbiy tasvirlarga raqamli ishlov berish uchun Xaarning bo‘lak chiziq, Dobeshi va Koiflet veyvlet koeffisientlarini hisoblash model va algoritmlari dasturiy vositasi Samarqand davlat tibbiyot universitetining 1-klinikasida oshqozon-ichak kasalliklarini tashxislash va erkak urug‘ unumdorligini aniqlash maqsadida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 7-fevral 02-38/2546-son ma’lumotnomasi). Natijada, tibbiyot institutidagi foydalanib kelinayotgan an’anaviy usulga nisbatan xatoliklar 2-7%ga kamaydi, ketgan vaqt 1.5 barobarga kamaydi, mehnat unumdorligi oshishi kuzatilgan;
tasvirdagi turli xil shovqinlar qo‘shilishi natijasida uning sifat ko‘rsatkichi pasayishini hisobga olgan holda spermatozoidlarning hayotiyligini aniqlash uchun ikki o‘zgaruvchili Koiflet veyvlet usuli asosida spermogramma tasvir sifatini oshirish algoritmining dasturiy vositasi Samarqand shahar Evromedik xususiy klinikasida erkak urug‘ unumdorligini aniqlash uchun spermogramma tasviridagi shovqinlarni bartaraf etish va spermatozoidlar hayotiyligini aniqlash maqsadida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 7-fevral 02-38/2546-son ma’lumotnomasi). Natijada, spermogrammadagi spermatozoidlar sonini aniqlash vaqti 2.5 barobarga va xatolikni 3-5%ga kamaytirish imkonini bergan.