Kurbanova Umida Utkirovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Yon tomonga suv olishda suv oqimi energiyasini so‘ndirish samaradorligini oshirish “Povishenie effektivnosti gasheniya energii potoka pri bokovom vodozabore”, 05.09.07 - “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1. PhD /T4329.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Bazarov Dilshod Rayimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Maxmudov Ernazar Jumaevich;  texnika fanlari doktori, dotsent Raxmatov Norqobul.
Yetakchi tashkilot – Toshkent davlat arxitektura qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘rta va past bosimli suv chiqarish inshootlari uchun yon tomonga suv olishda suv oqimi energiyasini so‘ndirish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv chiqarish inshootlarining pastki b`efidagi oqim energiyasini hisobga olgan holda suv urilma qudug‘ining joylashish va kengayish burchagini aniqlash usuli oqim rejimlarini eksperimental o‘rganish asosida takomillashtirilgan;
suv chiqarish inshooti pastki b`efida yon tomonga suv olish inshootlarining turli xil ish rejimlarini inobatga olib suv urilma qudug‘i uzunligi bo‘ylab oqim tuzilishi kinematik parametrlar asosida baxolangan;
 suv chiqarish inshootlari pastki b`efida suv urilma qudug‘idagi oqimning kinematik tuzilishi inobatga olib yon tomonga suv olishning geometrik o‘lchamlarini aniqlash usuli gidrodinamik parametrlar asosida ishlab chiqilgan;
yon tomonga suv olishda oqim kinetik energiyasini qisqa masofalarda so‘ndirishni bashorat qilish usuli energiya so‘ndirgichlarni oqimga ta’sirini inobatga olib ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suv tashlash inshootlarida oqim energiyasini so‘ndirish usullari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
turli suv sarflari uchun oqimning dinamik holati va gidravlik rejimini aniqlash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tassarufidagi Zarafshon magistral tizimlardan foydalanish boshqarmasining Oqdaryo suv omborida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi 03/262668-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, b`eflar tutashuvida pastki b`efda yuvilish jarayonini oldini olish imkoniyati yaratilgan;
turli ishlash rejimlarida taklif etilayotgan konstruksiyaga ega yon tomonga suv olish inshootlarida va suv urilma qudug‘ida oqim konfiguratsiyasi kanal bo‘yicha baholash Samarqand viloyati suv omborlarini ekspluatatsiya qilish boshqarmasiga qarashli Qoratepa suv omborida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16-avgustdagi 03/262668-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, suv tashlash inshootlarining pastki b`efida ekspluatatsion mustahkamlikni oshiruvchi konstruksiyani loyihalashda quduqning joylashish foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish