Makarov Danil Vasilevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kasr tartibli hosila hisobining iqtisodiy sikllar va inqirozlarni matematik modellashtirishda qo‘llanilishi», 05.01.07–Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B.2024.2.PhD/FM1134
Ilmiy rahbar: Parovik Roman Ivanovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Vitus Bering nomidagi Kamchatka davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shadimetov Xolmatvay Maxkambaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Tvyordiy Dmitriy Aleksandrovich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha PhD.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tashqi davriy ta’sir, aktivlar rentabelligini jamg‘arma normasiga bog‘liqligini hisobga olgan holda S.V.Dubovskiy kasr tartibli dinamik sistemasini sifat va miqdoriy jihatdan tahlil qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
K-uzun to‘lqinlarini tavsiflash uchun mavjud S.V.Dubovskiyning klassik modelini umumlashtiruvchi o‘zgarmas va o‘zgaruvchi nasliylikni hisobga olgan holda matematik modellar ishlab chiqilgan;
Benidikson alomati yordamida S.V.Dubovskiyning klassik dinamik sistemasi yopiq fazaviy traektoriyalarga ega bo‘lishi isbotlangan;
aktivlar rentabelligiga teskari funksiya bo‘lgan jamg‘arma normasining siklik tebranishlar davriga ta’sir qilishi asoslangan;
o‘zgarmas va o‘zgaruvchi nasliylikni hisobga olgan holda matematik modellarning echimini topish Adams-Bashfort-Multon usuli asosida sonli echish algoritmlari ishlab chiqilgan;
sonli echish usullari va algoritmlari yordamida modellar parametrlarining va jamg‘arma normasi funksiyasining turli qiymatlarida ossillogrammalar va fazaviy traektoriyalar qurilgan;
tashqi ta’sir bo‘lmaganda S.V.Dubovskiyning klassik matematik modeli faqat so‘nuvchi tebranishlarga ega ekanligi va tashqi ta’siri bo‘lganda limit siklning mavjud bo‘lishi asoslangan;
o‘zgaruvchi nasliylikka ega S.V.Dubovskiy kasr tartibli matematik modelining sonli echish algoritmi qurilgan va dasturiy majmuasi yaratilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Iqtisodiy sikllar va inqirozlarni tadqiq qilish uchun N.D.Kondratevning uzun to‘lqinlarini matematik va sonli modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kasr tartibli dinamik sistemalarni sonli echish uchun Adams-Bashfort-Multon usuli asosida qurilgan algoritmlardan AAAA-A16-216122960167-1-“Murakkab sistemalarni iqtisodiy-matematik modellashtirish” va AAAA-A17-117031050058-9-“Tebranma jarayonlar nazariyasida kasr tartibli hosila hisobini qo‘llanilishi” ilmiy-tadqiqot loyihalarida nasliylikni hisobga olgan holda iqtisodiy sikllarni vizuallashtirishda qo‘llanilgan (Rossiya, Vitus Bering nomidagi Kamchatka davlat universitetining 2024 yil 12 fevraldagi 02-12-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash Adams-Bashfort-Multon sonli usuli yordamida nasliylikni hisobga olganda iqtisodiy sikllarni vizuallashtirish va ularni talqin qilish imkonini bergan;
o‘zgaruvchi nasliylikka ega S.V.Dubovskiy kasr tartibli matematik modelining sonli echish algoritmi va dasturiy majmuasidan  Gerasimov-Kaputo ma’nosidagi o‘zgarmas va o‘zgaruvchi kasr tartibli hosilaga ega chiziqsiz dinamik sistemalarni sonli modellashtirishda va natijalarni vizuallashtirishda qo‘llanilgan (Amaliy matematika va avtomatizatsiya instituti ma’lumotnomasi (Rossiya Fanlar akademiyasi Kabardino-Balkar ilmiy markazi Amaliy matematika va avtomatlashtirish institutining 2024 yil 15 yanvardagi 09-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llanilishi kasr tartibli dinamika masalalarini echishning sonli algoritmlarini testdan o‘tkazish va tahlil qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish