Yarmatov Sherzodjon Shokir o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ko‘chmas mulkni baholash qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashishning intellektual algoritmlari”, 05.01.11-“Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3657.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Axatov Akmal Rustamovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, PhD.03/29.12.2023.T.02.12.
Rasmiy opponentlar: Botirov Fayzullajon Baxtiyorovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Nurimov Paraxat Baymuratovich,  texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘chmas mulkda eng asosiy hisoblangan xususiyatli ma’lumotlar to‘plamini shakllantirish va ushbu ma’lumotlar asosida ko‘chmas mulkni baholash aniqligini oshirish algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ko‘chmas mulk bahosiga ta’sir qiluvchi xususiyatlarni korrelyasiya ko‘rsatkichlari orqali aniqlash hamda ushbu xususiyatlardagi etishmayotgan qiymatlarni KNN algoritmi asosida bartaraf qilishni hisobga olib ko‘chmas mulkni baholash uchun daslabki ma’lumotlar to‘plamini qayta ishlash algoritmi ishlab chiqilgan;
ko‘chmas mulkni intellektual baholash uchun ishlab chiqilgan mashinaviy o‘qitishning regressiya algoritmlarida yuzaga keladigan multikollinearlik hamda haddan tashqari moslashish muammolarini bartaraf etish maqsadida tartibga solish usullariga asoslangan algoritm ishlab chiqilgan;
ko‘chmas mulk bahosiga ta’sir qiluvchi xususiyatlarda murakkab munosabatlarni hisobga olib, oldinga yo‘naltirilgan neyron tarmoqlari asosida energiya tejamkor ko‘chmas mulkni baholash qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashishning algoritmi ishlab chiqilgan
ko‘chmas mulkni baholashda samarali hisoblangan mashinaviy o‘qitishning natijalarini birlashtiruvchi Voting Regressiya ansambli asosida baholash qarorlarini qabul qilish aniqligini oshirishning algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqotlari doirasida ko‘chmas mulkni baholash qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashishning intellektual algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘chmas mulkni intellektual baholash uchun ishlab chiqilgan mashinaviy o‘qitishning regressiya algoritmlarida yuzaga keladigan multikollinearlik hamda haddan tashqari moslashish muammolarini bartaraf etish maqsadida tartibga solish usullariga asoslangan algoritmning dasturiy vositasi  Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasining Tayloq filialida ko‘chmas mulk ma’lumotlaridagi muammolarni bartaraf etish va hududlar kesimida ko‘chmas mulkni baholash aniqligini oshirish maqsadida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024-yil 4-martdagi 05/2138-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan dasturiy vosita ko‘chmas mulk bahosini o‘rtacha absolyut xatolik ko‘rsatkichida 5.8-6.5 va  R-kvadrat ko‘rsatkichida 0.84-0.87 aniqlikda bashorat qilish imkoniyatini bergan;
ko‘chmas mulk bahosiga ta’sir qiluvchi xususiyatlarda murakkab munosabatlarni hisobga olgan holda mashinaviy o‘qitishning ansambl usullari va neyron tarmoqlari asosida energiya tejamkor ko‘chmas mulkni baholash qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashish algoritmining dasturiy vositasi Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasining Pastdarg‘om filialida ko‘chmas mulkni bahoga ta’sir qiluvchi xususiyatlaridagi murakkab munosabatlar hisobga olingan holda ko‘chmas mulkni baholash uchun foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024-yil 4-martdagi 05/2138-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan dasturiy vosita ko‘chmas mulk bahosini o‘rtacha absolyut xatolik ko‘rsatkichida 5.7-6.4 va  R-kvadrat ko‘rsatkichida 0.84-0.86 aniqlikda bashorat qilish imkoniyatini bergan;
ko‘chmas mulkni baholash qarorlarini qabul qilish aniqligini oshirish uchun mashinaviy o‘qitish algoritmlari asosida ishlab chiqilgan Voting Regressiya ansambl algoritmi dasturiy vositasi  Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasida ko‘chmas mulkning energiya tejamkorlik xususiyatlarini inobadga olgan holda ko‘chmas mulkni baholash aniqligini oshirish maqsadida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024-yil 4-martdagi 05/2138-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan dasturiy vosita ko‘chmas mulk bahosini o‘rtacha absolyut xatolik ko‘rsatkichida 5.5-6.3 va  R-kvadrat ko‘rsatkichida 0.85-0.87 aniqlikda bashorat qilish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish