Djuraeva Zulxumor Radjabovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): « Turli tizimli tillar paremiologik fondida gender konseptosferasini ifodalash (rus va o‘zbek tillari misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro'yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fil573.
Ilmiy maslahatchi: Nigmatova Lolaxon Xamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko'rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Fayzullo Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Djusupov Maxanbet Djusupovich, filologiya fanlari doktori, professor, Chuponov Otanazar Otojonovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus va o‘zbek tillar paremiologik fondida gender konseptosferasini modellashtirish jarayonini qiyosiy jihatdan talqin qilish asnosida ularning universal va o‘ziga xos tayanch konseptlari markerlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qiyoslanayotgan tillarda paremiyaning kognitiv funksiyasi freym konstruksiyasiga tayanadigan axloqiy vektorli prototipik tabiatga ega bo‘lishi va paremiyalar konseptlarda mujassam bo‘lgan aqliy modellar reprezentantlari hamda ichki shakl va obrazli ma’noning o‘zaro ta’siri darajasi asosida verballashuvi dalillangan;
har ikkala tilda “mujchina/erkak” va “jenshhina/ayol” konseptlari nominativ maydoni asosiy reprezentant-so‘zga ega yadroviy zona, konsept markazidan uzoqlashgan periferik zona barobarida so‘z yasash maydoni tarkibidagi yasama so‘zlar hamda konseptlarning derivatsion maydonini modellashtiruvchi assotsiat-so‘zlar orqali ifodalanishi isbotlangan;
rus va o‘zbek tillar paremiologik fondida asosiy (yadroviy) konseptual qatlam, konseptning yaqin, uzoq va chetki zonalarida joydashgan so‘zlar bilan obektlashadigan periferik qatlamlarni o‘z ichiga oluvchi paremiologik korpusida qo‘llaniladigan “mujchina/erkak” va “jenshhina/ayol” konseptlari maydoni modellaridan tashqari gender ma’noga ega bo‘lmagan, lekin unga “jinsiy tegishlilikka ko‘ra metaforik va metonimik inson nominatsiyalari” mikromaydoniga ega bo‘ladigan leksemalar voqelanishi asoslangan;
qiyoslanayotgan tillar paremiologik fondida “jenshhina/ayol” konseptidagi gradual chizma hosil qiluvchi freym-uyali tuzilmasining qiyoslanishi rus va o‘zbek ayollarining psixologik va fiziologik xususiyatlari hamda xulq-atvorini shakllanishiga va ushbu xulq-atvorni baholashga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-madaniy rollarni tavsiflaydigan universal va milliy o‘ziga xos stereotiplar mavjudligi aniqlangan;
rus va o‘zbek tillarida gender tasavvurlar binar qarshilik asosida shakllanishi tamoyiliga ko‘ra, rus paremiyalarida nafaqat universal gender binomlar, balki o‘zbek paremiyalarda mavjud bo‘lmagan milliy o‘ziga xos ded / baba, dedushka / babushka, starik / staruxa, kum / kuma, plemyannik / plemyannisa, pop/popad`ya oppozisiyalarda namoyon bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimli tillar paremiologik fondida gender konseptosferasini ifodalash tadqiqini amalga oshirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
qiyoslanayotgan tillar paremiologik fondida “jenshhina/ayol” konseptining freym-uyali tuzilmasi gradual chizma hosil qilishi, freym tuzilmasining qiyoslanishi rus va o‘zbek ayollari, ularning psixologik va fiziologik xususiyatlari, ayollar hulq-atvorini shakllantirish va ushbu hulq-atvorni baholashga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-madaniy rollarni tavsiflaydigan universal va milliy o‘ziga xos stereotiplar orqali namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2022-yillarda bajarilgan PZ-2020042022-raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi yaratish” amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 19-yanvardagi 04/1-121-son ma’lumotnomasi). Natijada ajratilgan o‘zbek tili gender stereotiplari “erkak” va “ayol” konseptlarining universal va milliy o‘ziga xos qirralarini ochib berishga yordam berdi va o‘zbek tili gender leksikasi lug‘atini ishlab chiqish uchun nazariy baza bo‘lib xizmat qilgan;
har ikkala tilda “mujchina/erkak” va “jenshhina/ayol” konseptlari nominativ maydoni asosiy reprezentant-so‘zga ega yadroviy zona, konsept markazidan uzoqlashgan periferik zona va so‘z yasash maydoni tarkibida yasama so‘zlar hamda konseptlarning derivatsion maydonini modellashtirishda assotsiat-so‘zlar orqali ifodalanishiga doir xulosa va natijalardan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘iga asosan nashr etishga ruxsat berilgan 60230102-Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan “Zamonaviy rus tili sintaksisi” nomli darsligining nazariy qismini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391294-son nashr ruxsatnomasi). Natijada ushbu darslikning “Til va tafakkur” deb nomlangan uchinchi bo‘limi nazariy va amaliy qoidalar bilan boyitilgan;
rus va o‘zbek tillar paremiologik fondida asosiy (yadroviy) konseptual qatlam, konseptning yaqin, uzoq va chetki zonalarida joydashgan so‘zlar bilan obektlashadigan periferik qatlamlarni o‘z ichiga oluvchi paremiologik korpusida qo‘llaniladigan “mujchina/erkak” va “jenshhina/ayol” konseptlari maydoni modeli aniqlanib, gender ma’noga ega bo‘lmagan, lekin unga “jinsiy tegishlilikka ko‘ra metaforik va metonimik inson nominatsiyalari” mikromaydoniga ega bo‘ladigan leksemalar mavjudligiga doir xulosa va natijalardan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2021-yil 23noyabrdagi 500-son buyrug‘iga asosan 5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan “Zamonaviy rus tili” nomli darslikni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2021-yil 23noyabrdagi 500-252-son nashr ruxsatnomasi). Natijada gender yo‘naltirilgan so‘zlarning leksik-semantik kichik guruhlari, ko‘rib chiqiladigan leksemalarning etimologik tahlilini o‘tkazish algoritmi, ularning lug‘aviy bo‘limlarini yoritish bilan bog‘liq metodologik va nazariy topilmalarning leksikologiya darsligiga joriy etilishi gender tilshunoslik bo‘yicha materialning bayon etilish sifati oshirilgan;
qiyoslanayotgan tillar paremiologik fondida “jenshhina/ayol” konseptining freym-uyali tuzilmasi gradual chizma hosil qilishi, freym tuzilmasining qiyoslanishi rus va o‘zbek ayollari, ularning psixologik va fiziologik xususiyatlari, ayollar hulq-atvorini shakllantirish va ushbu hulq-atvorni baholashga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-madaniy rollarni tavsiflaydigan universal va milliy o‘ziga xos stereotiplar orqali namoyon bo‘lishiga oid xulosa va natijalardan O‘zbekiston rus madaniy markazida “Hozirgi rus tilida paremiyalarni gender aspekti” nomli ilmiy-amaliy seminarni tashkillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston rus madaniy markazining 2023-yil 25-sentyabrdagi 02-94-son ma’lumotnomasi). Natijada seminar ishtirokchilari filologlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, kognitiv va gender terminlarni muhimlashtirish, rus va o‘zbek tillarini o‘qitish metodikasida innovatsion yondashuvni qo‘llashga imkon bergan zamonaviy lingvistik paradigmaning yangi yo‘nalishlari bilan tanishtirilgan;
rus va o‘zbek tillarida gender tasavvurlar binar qarshilik tamoyiliga ko‘ra shakllanishi, rus paremiyalarida nafaqat universal gender binomlar, balki o‘zbek paremiyalarda mavjud bo‘lmagan milliy o‘ziga xos qarama-qarshiliklar ham mavjudligi ded/baba, dedushka/babushka, starik/staruxa, kum/kuma, plemyannik/plemyannisa, pop/popad`ya oppozisiyalarda namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Zamondosh”, “Assalom Buxoro”, “Oqshomda suxbat” teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 09-oktyabrdagi 02-09-286-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqorida sanab o‘tilgan televizion ko‘rsatuvlarning mazmuni ilmiy dalillar bilan to‘ldirildi, paremiologik birliklarning leksik-semantik va etimologik mazmuni haqidagi maʼlumotlar radiokanal ijodiy jamoasining mavzu doirasida chuqurroq mulohaza yuritishi uchun zamin yaratgan.