Uzakova Xilola Kamilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek  tilidagi “sadoqat” konseptining aksiolingvistik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2845.
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdievna , filologiya fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
    Rasmiy opponentlar: Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor; Xudoyberganova Durdona Siddikovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi “sadoqat” konseptining lisoniy voqelanishi, leksema, so‘z  birikmasi, barqaror birikmalarda aks etgan qadriyat va baho semalarini aniqlash, lisoniy birliklar semantikasidagi shaxs omili va lingvistik  imkoniyatlar uyg‘unligini ilmiy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“sadoqat” konseptining lisoniy voqelanishidagi leksema, so‘z birikmasi, barqaror birikma ko‘rinishidagi lingvistik vositalari aniqlanib, konseptni ifodalash darajasi isbotlangan va struktur-semantik xususiyatlari ochib berilgan;
“sadoqat” konseptidagi qadriyat va aksiologik bahoning leksik birliklar vositasida ifodalanish darajasi etnosemiometriya metodi asosida ochib berilib, “sadoqat” konseptini bevosita ifodalovchi sadoqatli, sodiq, sodiqlik, sidqidil, vafoli, vafodor kabi leksik birliklar hamda bilvosita ifodalovchi so‘z birikmalari va barqaror birikmalar  aniqlangan;
o‘zbek tilidagi “sadoqat” konsepti aks etgan so‘z birikmasi, frazemalar, maqollardagi  qadriyat va baho ko‘rinishlari ijtimoiy, ruhiy aksiologemalar, ma’naviy-axloqiy, milliy-etik aksiologemalar, mutlaq aksiologemalar asosida dalillanib, aksiolingvistik shkala orqali ko‘rsatib berilib, qadriyatlarning daraja modelida namoyon bo‘lishi  asoslangan;
“sadoqat” konseptining timsollar orqali ifodalanishi, baho munosabatining ramziylik kasb etishi ochib berilib, umuminsoniy va milliy belgilari ajratilgan hamda o‘zbek tilida o‘ziga xos lisoniy ifoda vositalariga ega ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  “Sadoqat” konseptining aksiolingvistik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“sadoqat” konseptining lisoniy voqelanishidagi leksema, so‘z birikmasi, barqaror birikma ko‘rinishidagi lingvistik vositalari, konseptni ifodalash darajasi va struktur-semantik xususiyatlari, “sadoqat” konseptidagi qadriyat va aksiologik bahoning leksik birliklar vositasida ifodalanish darajasi etnosemiometriya metodi asosida ochib berilganligi, “sadoqat” konseptini bevosita ifodalovchi sadoqatli, sodiq, sodiqlik, sidqidil, vafoli, vafodor kabi leksik birliklar hamda bilvosita ifodalovchi so‘z birikmalari va barqaror birikmalarga oid  ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172  raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada  foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 22-iyundagi 04/1-1260 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim korpusining ma’lumotlar bazasi milliy-madaniy qadriyatlar tahlili aks etgan matnlar bilan boyitilgan;
 o‘zbek tilidagi “sadoqat” konsepti aks etgan so‘z birikmasi, frazemalar, maqollardagi  qadriyat va baho ko‘rinishlari ijtimoiy, ruhiy aksiologemalar, ma’naviy-axloqiy, milliy-etik aksiologemalar hamda aksiolingvistik shkala orqali ko‘rsatib berilganligi, qadriyatlarning daraja modelida namoyon bo‘lishiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida  2022-2023-yillarda bajarilgan IL-52 tur-21091433 raqamli “O‘zbek milliy madaniyatiga xos atamalarga oid maqolalar bazasini yaratish” (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 26-martdagi 01/6-727 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada vatanga, yurtga, elga, xalqqa, do‘stga, insonga, burchga, kasbga, o‘zlikka sadoqat kognitiv semalari aks etgan maqollar, aforizmlar tahlillari elektron platformaning til ta’limida madaniy xususiyatlarni singdirish maqsadiga xizmat qiluvchi ma’lumotlar bazasini boyitgan;  
o‘zbek tilida “sadoqat” konseptining leksik vositalar, iboralar, maqollar hamda badiiy timsollar orqali ifodalanishi, “mehr”, “muhabbat”, “hurmat” tuyg‘ulari bilan uyg‘unligi, yoshlarga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda mumtoz asarlar mazmunining yoshlarni vatanga, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhimligi haqidagi xulosalardan 2022-2023-yillarda “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Hamma uchun” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” DMning 2024-yil 15-martdagi 06-28-398 son ma’lumotnomasi) Natijada o‘zbek xalqining azaliy qadriyatlari sifatida yurtga, xalqqa sadoqatning ulug‘lanib kelgani, mumtoz asarlarda yaratganga, e’tiqodga, yorga, o‘zlikka, fikrga sadoqatning aks etganligi, maqollarda zoonim, fitonimdan iborat sadoqat timsollarining faol qo‘llangani ko‘rsatuvlar mazmunini ma’naviy-ma’rifiy jihatdan boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish