Uralova Tursunoy Sharipjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Emotsional munosabat fe’llari leksik-semantik maydonining chog‘ishtirma -tipologik tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1237.
Ilmiy rahbar: Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Siddikova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Islomov Ikrom Xushboqovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi emotsional munosabat fe’llarining leksik-semantik maydonini chog‘ishtirma -tipologik jihatdan ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi emotsional munosabat fe’llarining mazmuni funksional-semantik nuqtai nazaridan baholanib, ularning  muloqot vaziyatida namoyon bo‘ladigan kommunikativ–pragmatik xususiyatlari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida emotsional munosabat fe’llarining shaxsga xos emotsional xususiyatlar, shaxsning obektga yo‘naltirilgan ichki va tashqi hissiyotlarining verbal ifodasini anglatish imkoniyatlari bilan o‘xshashligi, o‘zbek tilida emotsional munosabat fe’llarining uyg‘unligini ta’minlovchi grammatik hamda analitik shakllar ajralmas yaxlitlikni tashkil etishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida emotsional munosabat fe’llaridagi kauzativlik baholanib, ingliz tilida kauzallikni  fe’llar orqali ifodalash  o‘zbek tiliga nisbatan kam uchrashi, ya’ni  o‘zbek tilida  emotsiyalar kauzatsiyasi ko‘p kuzatilishi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi emotsional munosabat fe’llarining nutqiy aktlarni voqelantirish imkoniyatlari aniqlanib, ularning turli kontekstlarda hamda nutqiy vaziyatlarda faollashuviga ta’sir ko‘rsatadigan lisoniy va nolisoniy omillar ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Emotsional munosabat fe’llari leksik-semantik maydonining qiyosiy-tipologik tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi emotsional munosabat fe’llarining mazmuni funksional-semantik nuqtai nazaridan baholanib, ularning  muloqot vaziyatida namoyon bo‘ladigan kommunikativ–pragmatik xususiyatlari aniqlanganligi hamda ingliz va o‘zbek tillarida emotsional munosabat fe’llarining shaxsga xos emotsional xususiyatlar, shaxsning obektga yo‘naltirilgan ichki va tashqi hissiyotlarining verbal ifodasini anglatish imkoniyatlari bilan o‘xshashligi, o‘zbek tilida emotsional munosabat fe’llarining uyg‘unligini ta’minlovchi grammatik hamda analitik shakllar ajralmas yaxlitlikni tashkil etishi isbotlanganligiga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2018 yillarda bajarilgan  OT-A1-018-raqamli “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish”  mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil  1-iyundagi  0411-84-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida yaratilgan terminologik lug‘at mazmuni ingliz va o‘zbek tillarida emotsional munosabat fe’llarining lug‘aviy ma’nolari bilan boyitilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida emotsional munosabat fe’llaridagi kauzativlik baholanib, ingliz tilida kauzallikni  fe’llar orqali ifodalash  o‘zbek tiliga nisbatan kam uchrashi, ya’ni  o‘zbek tilida  emotsiyalar kauzatsiyasi ko‘p kuzatilishi asoslanganligiga hamda ingliz va o‘zbek tillaridagi emotsional munosabat fe’llarining nutqiy aktlarni voqelantirish imkoniyatlari aniqlanib, ularning turli kontekstlarda hamda nutqiy vaziyatlarda faollashuviga ta’sir ko‘rsatadigan lisoniy va nolisoniy omillar ochib berilganligiga doir tavsiya va xulosalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarga bajarilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil  2-maydagi  04/1-1154/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, funksional semantika nazariyasi va lingvokognitiv muammolarining tadqiq etilishi, xususan, emotsional munosabat fe’llarining ingliz va o‘zbek tillari tizimida tutgan o‘rni hamda kommunikativ mavqeini aniqlash, kommunikatsion va lingvomadaniy xususiyatlarni qiyosiy-tipologik jihatdan o‘rganishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish