Uzbekov  Rustam  Kamilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Atipik shakldagi birlamchi giperparatireozni tashxislash va davolash”, 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1142.
Ilmiy rahbar: [Ismailov Saydiganixuja Ibragimovich], tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib.161.01.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi birlamchi giperparatireozning atipik shakllarini tashxislash va jarrohlik yo‘li bilan davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birlamchi giperparatireoz bilan kasallanishning bashorat qilinganiga nisbatan 100 ming aholiga haqiqiy past darajasi (0,18) aniqlangan, bu esa yuqori xavfli guruhlarda birlamchi giperparatireozni faol aniqlash zarurligini asoslaydi;
klinik, biokimyoviy, gormonal, ultratovush ko‘rsatkichlari va bir fotonli emissiya tomografiyasini qiyosiy baholash orqali ultratovush tekshiruvining past diagnostik qiymati (36% ga nisbatan 100%) tufayli birlamchi giperparatireozning atipik shakllarini aniqlash uchun bir fotonli emissiya tomografiyasi zarurligi isbotlangan;
Pasiek so‘rovnomasining (PAS) atipik shakllari bo‘lgan bemorlarni tashxislash va jarrohlik davolashni kuzatishda samaradorligi isbotlanib, birlamchi giperparatireozning atipik shakllarini rivojlanishi uchun xavf omillari aniqlangan;
davolash samaradorligini monitoring qilishning asosiy mezonlarini aniqlab (vitamin D ning optimal darajasi > 50 nmol`/l), T-kriteriyasi – 2,5 dan past bo‘lganda antirezorbtiv terapiyani kiritish orqali birlamchi giperparatireozning atipik va residiv shakllari bo‘lgan bemorlarda osteoporozni davolashni optimallashtirish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akademik Ë.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2024 yil 8 maydagi 60-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Akademik Ë.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 3 iyuldagi №01-06/767 bilan tasdiqlangan):
birinchi ilmiy yangilik: birlamchi giperparatireoz bilan kasallanishning bashorat qilinganiga nisbatan 100 ming aholiga haqiqiy past darajasi (0,18) aniqlangani Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent hamda Jizzax viloyat filiallari bo‘yicha 03.11.2022 yildagi buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birlamchi giperparatireoz bilan kasallanishning bashorat qilinganiga nisbatan 100 ming aholiga haqiqiy past darajasi (0,18) aniqlangani yuqori xavfli guruhlarda birlamchi giperparatireozni faol aniqlash zarurligi asoslangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘simtaning atipik joylashuvida paratiroidektomiyani o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarish bilan paratiroidektomiya qilish uchun zarur bo‘lgan xarajat deyarli ikki baravar kamayadi (shifoxonaning preyskurantiga ko‘ra, 1 nafar bemor uchun BFEKT diagnostikasi bilan 10 kun davomida kasalxonaga yotqizish bilan jarrohlik davolash narxi o‘rtacha 23 million so‘m, BFEKT diagnostikasi qo‘llanilmagan bemorlar uchun – 30 million so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: o‘smaning atipik joylashuvi bo‘yicha paratiroidektomiya o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazilsa, bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 7 million so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: klinik, biokimyoviy, gormonal, ultratovush ko‘rsatkichlari va bir fotonli emissiya tomografiyasini qiyosiy baholash orqali ultratovush tekshiruvining past diagnostik qiymati (36%ga nisbatan 100%) tufayli birlamchi giperparatireozning atipik shakllarini aniqlash uchun bir fotonli emissiya tomografiyasi zarurligi isbotlangani  Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent hamda Jizzax viloyat filiallari bo‘yicha 03.11.2022 yildagi buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: UTT yordamida BGPT tashxisining ishonchliligi kasallikning tipik shaklida 75% va atipik shaklida 36% ni ko‘rsatdi, BFEKT usuli bilan aniqlash ikkala shaklda ham 100% ga etish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘simtaning atipik joylashuvida paratiroidektomiyani o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarish bilan paratiroidektomiya qilish uchun zarur bo‘lgan xarajat deyarli ikki baravar kamayadi (shifoxonaning preyskurantiga ko‘ra, 1 nafar bemor uchun BFEKT diagnostikasi bilan 10 kun davomida kasalxonaga yotqizish bilan jarrohlik davolash narxi o‘rtacha 23 million so‘m, BFEKT diagnostikasi qo‘llanilmagan bemorlar uchun – 30 million so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: o‘smaning atipik joylashuvi bo‘yicha paratiroidektomiya o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazilsa, bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 7 million so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: Pasiek so‘rovnomasining (PAS) atipik shakllari bo‘lgan bemorlarni tashxislash va jarrohlik davolashni kuzatishda samaradorligi isbotlanib, birlamchi giperparatireozning atipik shakllarini rivojlanishi uchun xavf omillari aniqlangani Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent hamda Jizzax viloyat filiallari bo‘yicha 03.11.2022 yildagi buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: BGPTning tipik va atipik shakli bilan bemorlarda klinik belgilar va shikoyatlar, shuningdek, Paseyk so‘rovnomasi ko‘rsatkichlari PTE o‘tkazilgandan keyin 3 oyga qadar sezilarli darajada kamaydi, PTG, vit D3 va Beta-Cross Laps suyak markeri operasiyadan keyin 6 oygacha me’yoriy chegaralarga ishonchli ravishda yaqinlashdi, 5 yildan keyin – shu darajada saqlandi (r<0,05), bu kasallikni davolashning jarrohlik usulining yuqori samaradorligini ko‘rsatganligidan iborat. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘simtaning atipik joylashuvida paratiroidektomiyani o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarish bilan paratiroidektomiya qilish uchun zarur bo‘lgan xarajat deyarli ikki baravar kamayadi (shifoxonaning preyskurantiga ko‘ra, 1 nafar bemor uchun BFEKT diagnostikasi bilan 10 kun davomida kasalxonaga yotqizish bilan jarrohlik davolash narxi o‘rtacha 23 million so‘m, BFEKT diagnostikasi qo‘llanilmagan bemorlar uchun – 30 million so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: o‘smaning atipik joylashuvi bo‘yicha paratiroidektomiya o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazilsa, bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 7 million so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: davolash samaradorligini monitoring qilishning asosiy mezonlarini aniqlab (vitamin D ning optimal darajasi > 50 nmol`/l), T-kriteriyasi – 2,5 dan past bo‘lganda antirezorbtiv terapiyani kiritish orqali birlamchi giperparatireozning atipik va residiv shakllari bo‘lgan bemorlarda ishlab chiqilgan osteoporozni davolashni optimallashtirish usuli Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent hamda Jizzax viloyat filiallari bo‘yicha 03.11.2022 yildagi buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operasiyadan oldingi tayyorgarlikni o‘tkazishda individual yondashuv, BGPTning klinik shakli va og‘irligiga qarab operasiya usuli va hajmini tanlash, kalsiy va D3 vitamini preparatlarini 5 yil davomida yillik monitoring bilan qo‘llash, qondagi umumiy va ionlangan kalsiy, vitD3, PTG, Beta-Cross Laps va rentgenendensitometriya natijalarini taqqoslash  operasiyadan keyingi (1 yilgacha) asoratlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘simtaning atipik joylashuvida paratiroidektomiyani o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarish bilan paratiroidektomiya qilish uchun zarur bo‘lgan xarajat deyarli ikki baravar kamayadi (shifoxonaning preyskurantiga ko‘ra, 1 nafar bemor uchun BFEKT diagnostikasi bilan 10 kun davomida kasalxonaga yotqizish bilan jarrohlik davolash narxi o‘rtacha 23 million so‘m, BFEKT diagnostikasi qo‘llanilmagan bemorlar uchun – 30 million so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: o‘smaning atipik joylashuvi bo‘yicha paratiroidektomiya o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazilsa, bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 7 million so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish