Basitxanova Sevaraxon Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smir qizlarda tuxumdon hosilalarining jarrohlik usuli bilan davolashdan keyingi reabilitatsiyasining asoslari” 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3102.
Ilmiy raxbar: Urinbaeva Nilufar Abdujabbarovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika perinatal markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12. 2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smir qizlarda tuxumdonlarning xavfsiz va o‘simtasimon hosilalari mavjud bo‘lganda tuxumdonlarning ovarial zaxirasi hamda funksiyasini saqlab qolish uchun davolash va reabilitatsiya usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smir qizlar tuxumdonlarining xavfsiz va o‘simtasimon hosilalari mavjud bo‘lganda reproduktiv tizimda hayz siklining dismenoreya, al`godismenoreya, opsomenoreya belgilari bilan namoyon bo‘lishi, qalqonsimon bezda autoimmun tireoidit va gipotireoz holatlarining kuzatilishi, tuxumdon ultratovush tekshiruvida antral follikulalar sonining 2,6 barobarga kamayishi, vaskulyarizatsiya indeksining kuchayishi hamda tuxumdon hajmining kattalashishi isbotlangan;
o‘smir qizlar tuxumdonlarining xavfsiz va o‘simtasimon hosilalarini jarrohlik usuli bilan davolashdan oldin va keyingi davrda qon zardobida ovarial zaxiraning asosiy ko‘rsatkichi - antimyuller gormoni(AMG)ning 3,3±0,11 ng/ml ga kamayishi, follikulstimullovchi gormon(FSG)ning 9,1±0,31 mMe/l ga oshishi, lyuteinlovchi gormon(LG)ning 8,2±0,27 mME/l ga kamayishi tuxumdon follikullarining etilishiga to‘sqinlik qilishi, reproduktiv tizimning hamda  fertillik (farzandli bo‘lish) faoliyatining buzilishiga olib kelishi isbotlangan;
o‘smir qizlarda tuxumdonlarning xavfsiz va o‘simtasimon hosilalarini endojarrohlik gemostazning argonplazma koagulyasiyasi bilan davolash samaradorligi tuxumdonlar to‘qimalariga kam destruktiv ta’sir ko‘rsatishi, jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda gipotalam-gipofizar-tuxumdon tizimida antimyuller gormoni(AMG)ning 4,0±0,11 ng/ml ga oshishi, follikulstimullovchi gormon(FSG)ning 11,8±0,31 mMe/l ga oshishi, lyuteinlovchi gormon(LG)ning 8,6±0,27 mME/l ga kamayishi, intraovarial perfuziya intensivligi(tezligi)ning 1,5 barobarga kuchayishi, antral follikulalar sonini 6,4±0,21ga ko‘payishi bilan isbotlangan;
o‘smir qizlarda xavfsiz va o‘simtasimon hosilalarni davolashda ishlab chiqilgan organ saqlovchi kaminvaziv endoxirurgik laparoskopik argonplazma koagulyasiyasi usuli hamda reabilitatsiya maqsadida ishlab chiqilgan usullar hayz siklining tiklanishi, tuxumdonlar ovulyator funksiyasida antral follikulalar sonini ko‘payishi, intraovarial perfuziyani kuchayishi, tuxumdonlarning hajmini kattalashishi, qon zardobida ovarial zaxiraning asosiy ko‘rsatkichi – AMG, FSG, LG gormonlar faoliyatining tiklanishi,  hayz faoliyatining 3 barobar yuqori ko‘rsatkich bilan tiklanishiga olib kelishi, reproduktiv salomatlik hamda fertillikni saqlab qolishi samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘smir qizlarda tuxumdon hosilalarining jarrohlik usuli bilan davolashdan keyingi reabilitatsiya asoslashni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: o‘smir qizlar tuxumdonlarining xavfsiz va o‘simtasimon hosilalari mavjud bo‘lganda reproduktiv tizimda hayz siklining dismenoreya, al`godismenoreya, opsomenoreya belgilari bilan namoyon bo‘lishi, qalqonsimon bezda autoimmun tireoidit va gipotireoz holatlarining kuzatilishi, tuxumdon ultratovush tekshiruvida antral follikulalar sonining 2,6 barobarga kamayishi, vaskulyarizatsiya indeksining kuchayishi hamda tuxumdon hajmining kattalashishi isbotlash bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 17 oktyabrda №03/110-son bilan tasdiqlangan «O‘smir qizlarda tuxumdonlarning xavfsiz va o‘simtasimon hosilalarini jarrohlik usuli bilan davolash va reabilitatsiya qilishni optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat perinatal markazining 5.09.2023 yildagi №331-u sonli hamda Xorazm viloyati perinatal markazining 06.09.2023 yildagi №78-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi №03/60-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tekshiruv asosida hayz siklining buzilishi, qalqonsimon bez kasalliklari mavjud o‘smir qizlarda tuxumdonlarining xavfsiz va o‘simtasimon hosilalari rivojlanishi xavf omillari, anamnez, klinik-laborator ko‘rsatkichlar va funksional tekshiruvlar asosida o‘rganilgan, kasallik rivojlanishidagi o‘rni aniqlangan va bu o‘smir qizlarni reproduktiv salomatligini saqlash maqsadida profilaktik hamda davolash-diagnostikani yanada takomillashtirish, kasallikni erta aniqlash imkoniyatlarini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: xavf omillarini e’tiborga olgan holda 106 nafar o‘simtasimon va xavfsiz tuxumdon o‘smalari bo‘lgan o‘smir qizlarning 88 nafarida laparoskopik jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan, bu o‘smir kizlarning shifoxonada 1 kun yotish to‘lovi uchun minimal 86500 so‘m, umumiy 146500 so‘mga xarajatlarni qisqartirishga asos bo‘lgan. Umumiy 88 nafar o‘simtasimon va xavfsiz tuxumdon o‘smalari bo‘lgan o‘smir qizlarga hisoblanganda 12892000 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: Xavf guruhlarida o‘simtasimon va xavfsiz tuxumdon o‘smalari bo‘lgan o‘smir qizlarni olib borishning individual yondashuvi kelajakdagi reproduktiv asoratlarini uchrashini kamayishiga, shuningdek, 1 nafar o‘smir qiznning bir martalik ko‘rik va bir kunlik shifoxonada bo‘lish vaqti uchun 146500 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘smir qizlar tuxumdonlarining xavfsiz va o‘simtasimon hosilalarini jarrohlik usuli bilan davolashdan oldin va keyingi davrda qon zardobida ovarial zaxiraning asosiy ko‘rsatkichi - antimyuller gormoni(AMG)ning 3,3±0,11 ng/ml ga kamayishi, follikulstimullovchi gormon(FSG)ning 9,1±0,31 mMe/l ga oshishi, lyuteinlovchi gormon(LG)ning 8,2±0,27 mME/l ga kamayishi tuxumdon follikullarining etilishiga to‘sqinlik qilishi, reproduktiv tizimning hamda  fertillik (farzandli bo‘lish) faoliyatining buzilishiga olib kelishi isbotlanganligi aniqlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 17 oktyabrda №03/110-son bilan tasdiqlangan «O‘smir qizlarda tuxumdonlarning xavfsiz va o‘simtasimon hosilalarini jarrohlik usuli bilan davolash va reabilitatsiya qilishni optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat perinatal markazining 5.09.2023 yildagi №331-u sonli hamda Xorazm viloyati perinatal markazining 06.09.2023 yildagi №78-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi №03/60-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tuxumdonlarning o‘simtasimon  va tuxumdon xavfsiz o‘smalari mavjud o‘smir qizlarda ovarial zaxiraning asosiy ko‘rsatkichi - AMG, FSG, LG gormonlarning darajasini aniqlash kelajakdagi reproduktiv asoratlarni rivojlanishida yuqori prognostik ahamiyati va samaradorligini isbotlashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tuxumdonlarning o‘simtasimon hosilalari va xavfsiz o‘simtalari bo‘lgan o‘smir qizlarning shifokorga murojaat qilish uchun minimal 60000 so‘m va o‘smir kizlarning shifoxonada 1 kun yotish to‘lovi uchun minimal 86500 so‘m, umumiy 146500 so‘mga xarajatlarni qisqartirishga asos bo‘lgan. Umumiy 106 nafar o‘simtasimon va xavfsiz tuxumdon o‘smalari bo‘lgan o‘smir qizlarga hisoblanganda 15529000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Tuxumdonlarning o‘simtasimon va tuxumdon xavfsiz o‘smalari bo‘lgan o‘smir qizlarni kelajakdagi ginekologik  reproduktiv asoratlar tufayli davolanishiga oilaviy poliklinika sharoitida bir marttalik qatnov uchun 60000 so‘m va shifoxonada bo‘lish vaqti uchun minimal 86500 so‘m iqtisod qilinadi. Umumiy 1 nafar o‘smir qiznning bir martalik ko‘rik va bir kunlik shifoxonada bo‘lish vaqti uchun 146500 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘smir qizlarda tuxumdonlarning xavfsiz va o‘simtasimon hosilalarini endojarrohlik gemostazning argonplazma koagulyasiyasi bilan davolash samaradorligi tuxumdonlar to‘qimalariga kam destruktiv ta’sir ko‘rsatishi, jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda gipotalam-gipofizar-tuxumdon tizimida antimyuller gormoni(AMG)ning 4,0±0,11 ng/ml ga oshishi, follikulstimullovchi gormon(FSG)ning 11,8±0,31 mMe/l ga oshishi, lyuteinlovchi gormon(LG)ning 8,6±0,27 mME/l ga kamayishi, follikulstimullovchi gormon(FSG)ning 9,1±0,31 mMe/l ga oshishi, intraovarial perfuziya intensivligi(tezligi)ning 1,5 barobarga kuchayishi, antral follikulalar sonini 6,4±0,21ga ko‘payishi bilan isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 17 oktyabrda №03/110-son bilan tasdiqlangan «O‘smir qizlarda tuxumdonlarning xavfsiz va o‘simtasimon hosilalarini jarrohlik usuli bilan davolash va reabilitatsiya qilishni optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat perinatal markazining 5.09.2023 yildagi №331-u sonli hamda Xorazm viloyati perinatal markazining 06.09.2023 yildagi №78-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi №03/60-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar tuxumdonlar hosilalari bo‘lgan o‘smir qizlarda laparoskopik jarrohlik amaliyotlari sonini ko‘paytirish, argon plazmasi koagulyasiyasidan foydalanish jarrohlik vaqtida ovarial zaxirasini eng yuqori darajada saqlash, o‘smir qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilanishiga va kelajakda fertillikning saqlanishiga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘smirlarda tuxumdonlardagi xavfsiz turdagi hosilalarni va tuxumdonlardagi o‘simtasimon hosilalarni jarrohlik usulida operativ davolashda monopolyar va bipolyar elektrokoagulyasiya bilan foydalanilganda 1 nafar o‘smir qizga xarajatlar 1025200 so‘mni va shifoxonada o‘tkazilgan kunlar soni 5 kun uchun 432500 so‘mni tashkil qilgan, argon plazmasi koagulyasiyasi qo‘llanilganda esa 1 nafar o‘smir qizga xarajatlar 750000 so‘mni tashkil qilgan va shifoxonada bo‘lish vaqti 5 kundan 3 kunga qisqarib, 3 kun uchun 2595000 so‘m iqtisod qilingan. Umumiy hisobda 88 nafar bemor hisobiga 85113600 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: argon plazmasi koagulyasiyasidan foydalanilganda jarrohlik vaqtida ovarial zaxirasini eng yuqori darajada saqlashga imkon bergan, bu o‘smirlarning reproduktiv salomatligining yaxshilanishiga va kelajakda fertillikning saqlanishiga yordam bergan va 1 nafar o‘smir qiz xisobiga 967200 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘smir qizlarda xavfsiz va o‘simtasimon hosilalarni davolashda ishlab chiqilgan organ saqlovchi kaminvaziv endoxirurgik laparoskopik argon plazmasi koagulyasiyasi usuli hamda reabilitatsiya maqsadida ishlab chiqilgan usullar hayz siklining tiklanishi, tuxumdonlar ovulyator funksiyasida antral follikulalar sonini ko‘payishi, intraovarial perfuziyani kuchayishi, tuxumdonlarning hajmini kattalashishi, qon zardobida ovarial zaxiraning asosiy ko‘rsatkichi – AMG, FSG, LG gormonlar faoliyatining tiklanishi,  hayz faoliyatining 3 barobar yuqori ko‘rsatkich bilan tiklanishiga olib kelishi, reproduktiv salomatlik hamda fertillikni saqlab qolishi samaradorligi isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 17 oktyabrda №03/110-son bilan tasdiqlangan «O‘smir qizlarda tuxumdonlarning xavfsiz va o‘simtasimon hosilalarini jarrohlik usuli bilan davolash va reabilitatsiya qilishni optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat perinatal markazining 5.09.2023 yildagi №331-u sonli hamda Xorazm viloyati perinatal markazining 06.09.2023 yildagi №78-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash  vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi №03/60-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tuxumdonlarning o‘simtasimon va xavfsiz o‘smalari bo‘lgan o‘smir qizlarda kaminvaziv endoxirurgik amaliyot davomida argon plazma koagulyasiyasi usulini qo‘llash hamda reabilitatsiya jarayonlarini  birlashtirgan holda ishlab chiqilgan yangi davolash-diagnostika algoritmining qo‘llanilishi operatsiyadan so‘ng 1 yil davomida o‘smir qizlarda tuxumdonning gipotalamus gipofiz tizimi faoliyatini to‘liq tiklanishiga, ovarial zaxiraning  bosqichma-bosqich normallashuviga, residivlarning yuzaga kelmasigiga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan davolash va reabilitatsiya qilish algoritmi o‘smir qizlarda tuxumdonlar xavfsiz hosilalari va tuxumdonlar o‘simtasimon hosilalarni tibbiyot muassasalarida organ (a’zolarni) saqlovchi kaminvaziv endoxirurgik laparoskopik argon plazmasi koagulyasiyasi usulining, jarrohlik amaliyotidan keyingi reabilitatsiyasida 1 nafar o‘smir qizga xarajatlar 1025200 so‘mni va argon plazmasi koagulyasiyasi qo‘llanilganda 1 nafar o‘smir qizga xarajatlar 750000 so‘mni tashkil qildi va shifoxonada bo‘lish vaqti 5 kundan 3 kunga kamayib, 3 kun uchun minimal 2595000 so‘m iqtisod qilingan. Umumiy hisobda 88 nafar bemor hisobiga 85113600 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: ishlab chiqilgan – o‘smir qizlar tuxumdonlar xavfsiz va tuxumdonlar o‘simtasimon hosilalarini davolash va reabilitatsiya qilish algoritmlari kasallik uchrash sonini kamayishi bu esa o‘smir qizlarning shifokorga murojaat qilish uchun minimal 60000 so‘m va shifoxonada 1 kun yotish to‘lovi uchun minimal 86500 so‘m, umumiy 146500 so‘mga xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish