Djavadova Luiza Murodalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali tarqalgan parodontitni davolash samaradorligini oshirish yo‘llari», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1551.
Ilmiy rahbar: Zoyirov To‘lqin Elnazarovich, tibbiyot fanlari doktori. dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Nodira Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Komilov Xaydar Fozilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Bashkoriston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: Prozone apparati yordamida surunkali tarqalgan parodontitni davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali tarqalgan parodontitda parodont to‘qimasidagi  mikrotsirkulyasiya gemodinamik buzilishlari va davolashda qo‘llaniladigan mavjud davolash mezonlari tahlil etilgan xamda parodont to‘qimasidagi yallig‘lanish jarayonining patogenetik  bosqichlari xamda parodont to‘qimasi buzilishlari o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
surunkali parodontitda parodont to‘qimasi kapillyarlar vaskuliti, kollagen tolalarning sklerozi va gialinozi, xamda to‘qima regeneratsiya jarayonlarining buzilishi sababli og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi shikastlanishlar morfologik jihatdan asoslangan;
ilk bor parodont to‘qimasidagi mikrotsirkulyator buzilishlarni korreksiya qilish uchun og‘iz bo‘shlig‘ini Prozone apparati yordamida natriy gipoxloritning ozonlashtirilgan eritmasi bilan ishlov berish usulining samaradorligi isbotlangan;
   Prozone apparati yordamida 0,06 % natriy gipoxloritning ozonlashtirilgan eritmasi bilan, maxsus bir marotaba ishlatiladigan Perio uchi yordamida, 18 soniya ekvivalentligida patologik milk cho‘ntaklarni antiseptik ishlov berilganda, surunkali tarqalgan parodontitning remissiya davri 6 oydan ortiq vaqtga kadar uzaytirilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 2 iyundagi 28-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 09.01.2023 y 8n-z/20-sonli  xat yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning mohiyati: surunkali tarqalgan parodontitni davolashda qo‘llaniladigan mavjud davolash mezonlari, materiallar va asboblarga belgilangan cheklovlar aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: klinik, sito-bakterioskopik tadqiqotlar asosida surunkali tarqalgan parodontitning standart davolash usuli kasallikning remissiya davrini 3 oydan 6 oygacha uzaytirishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Parodont yallig‘lanish kasalliklari bilan bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand shaxar va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘limlari amaliy faoliyatiga joriy qilingan (SamDTU qoshidagi ekspert kengashining xulosasi 11.03.2023). Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi kasallik qaytalanish chastotasini pasaytirishi orqali tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi dissertatsiyada ko‘rib chiqilgan muammolar echimining parodont yalig‘lanish kasalligi bilan bemorlarni tashxislash va davolashning zamonaviy ilmiy – amaliy qarashlari va yondashuvlariga asoslanganligi bilan belgilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida bir bemorga standart davo uchun o‘rtacha 57000 so‘mni sarflanishi, yil davomida o‘rtacha 4 marotaba davolanishini hisobga olganda 57000 × 4 = 228000 so‘m tejalishiga erishildi. Taklif etilgan davolash profilaktika usullari parodont to‘qimasi kasalliklarini kamaytirishga imkon berdi,klinik va mikrobiologik o‘zgarishlarning aniqlangan dinamikasi stomatologik kasalliklarni erta tashxislash va oldini olish bo‘yicha tavsiyalarni, shuningdek olinmaydigan apparatlar bilan ortodontik davolashning turli davrlarida disbiotik o‘zgarishlarni aniqlashtirish imkonini bergan va iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: sito-bakterioskopik va rentgenologik tadqiqotlar yordamida surunkali tarqalgan parodontitni davolashning standart usullaridan foydalanish remissiyaning 3 oydan 6 oygacha uzaytirilishini isbotladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning mohiyati: Prozone kurilmasidan foydalanish uchun klinik amaliyotda 0,06% natriy gipoxloritning ozonlashtirilgan eritmasidan foydalanishning samaradorligi klinik va sito-bakterioskopik tadqiqotlar bilan tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: surunkali tarqalgan parodontitni Prozone apparatida maxsus bir marotaba ishlatiladigan Perio uchi yordamida 0,06 % natriy gipoxlorit bilan 18 soniya ekvivalentligida kompleks davolash usuli ishlab chiqilgan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: PYaK bilan bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand shaxar va Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘limlari amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 8n-z/20-sonli 09.01.2023). Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi kasallik qaytalanish chastotasini pasaytirishi orqali tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot ishida zamonaviy usul va yondashuvlarning qo‘llanilganligi, nazariy ma’lumotlarning olingan natijalar bilan mos kelishi, olib borilgan tekshiruvlarning uslubiy jihatdan to‘g‘riligi, bemorlar sonining yetarliligi, umumklinik, instrumental, morfologik va statistik tekshiruv usullariga asoslanganligi, barcha raqamli ma’lumotlar zamonaviy kompyuter texnologiyalarini qo‘llab ishlov berilganligi, shuningdek, tadqiqot natijalarining xalqaro hamda mahalliy tadqiqotlar bilan taqqoslanganligi, chiqarilgan xulosa hamda olingan natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlanganligi bilan asoslanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida bir bemorga standart davo uchun o‘rtacha 57000 so‘mni sarflanishi, yil davomida o‘rtacha 4 marotaba davolanishini hisobga olganda 57000 × 4 = 228000 so‘m tejalishiga erishildi. Xulosa: Prozone qurilmasi bilan 0,06 % natriy gipoxloritning ozonlashtirilgan eritmasi yordamida, maxsus bir marotaba ishlatiladigan Perio uchi bilan, 18 soniya ekvivalentligida ishlab chiqilgan sxema buyicha foydalanish asosiy guruxdagi yallig‘lanishning klinik belgilarini kamaytirishga imkon berdi: GI 91,9% ga, PMA 63,4 % ga, QI 97,2 % ga, PI 43,2 % ga, rentgenografiya 59 ( 52,7%) bemorlarda suyak to‘qimalarining 3 mm gacha regeneratsiyasi aniqlandi. Kompleks davolashdan so‘ng asosiy guruhda parodont cho‘ntaklarida kam miqdorda aralash flora, taqqoslash guruhida esa Candida avlodi bilan morfologik o‘xshash zamburug‘ elementlari, hamda Actinomyces bilan morfologik o‘xshash bakteriya elementlari aniqlandi.
uchinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning mohiyati: Prozone apparati yordamida 0,06 % natriy gipoxloritning ozonlashtirilgan eritmasi bilan, maxsus bir marotaba ishlatiladigan Perio uchi yordamida, 18 soniya ekvivalentligida patologik milk cho‘ntaklarni antiseptik ishlov berilganda, surunkali tarqalgan parodontitning remissiya davri 6 oydan ortiq vaqtga kadar uzaytirilganligi tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: surunkali tarqalgan parodontitni Prozone apparati bilan kompleks davolashda usulini qo‘llash parodontdagi yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi va suyak to‘qimasining regeneratsiyasini rag‘batlantirilishiga ko‘maklashadi; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: PYaK bilan bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand shaxar va Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘limlari amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 8n-z/20-sonli 09.01.2023). Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi kasallik qaytalanish chastotasini pasaytirishi orqali tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot ishida zamonaviy usul va yondashuvlarning qo‘llanilganligi, nazariy ma’lumotlarning olingan natijalar bilan mos kelishi, olib borilgan tekshiruvlarning uslubiy jihatdan to‘g‘riligi, bemorlar sonining etarliligi, umumklinik, instrumental, morfologik va statistik tekshiruv usullariga asoslanganligi, barcha raqamli ma’lumotlar zamonaviy kompyuter texnologiyalarini qo‘llab ishlov berilganligi, shuningdek, tadqiqot natijalarining xalqaro hamda mahalliy tadqiqotlar bilan taqqoslanganligi, chiqarilgan xulosa hamda olingan natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlanganligi bilan asoslanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida bir bemorga standart davo uchun o‘rtacha 57000 so‘mni sarflanishi, yil davomida o‘rtacha 4 marotaba davolanishini hisobga olganda 57000 × 4 = 228000 so‘m tejalishiga erishildi. Xulosa: Prozone qurilmasi bilan 0,06 % natriy gipoxloritning ozonlashtirilgan eritmasi yordamida, maxsus bir marotaba ishlatiladigan Perio uchi bilan, 18 soniya ekvivalentligida patologik milk cho‘ntaklarni antiseptik ishlov berish parodontdagi sito-bakterioskopik ko‘rsatkichlarni me’yorlashtirdi: kam miqdordagi shilliq va yakka – yakka eritrotsitlar fonida yuzaki, hamda ko‘p qavatli yassi epiteliy, shuningdek, ko‘p burchak shaklidagi yadrosiz yassi epiteliy plastlari (pilakchalar), kam miqdorda aralash flora aniqlanadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning mohiyati: surunkali parodontitning umumiy qabul qilingan mahalliy davolashdan, ishlab chiqilgan algoritmning o‘rtacha umumiy klinik samaradorligi ishonchli darajada 83,1%ga oshishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: 0,06% natriy gipoxloritning ozonlashtirilgan eritmasi yordamida surunkali parodontitni komleks davolashda yuqori samaradorlikka erishildi va bu davolash vaqtini 7,4 kunga qisqartirishi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: PYaK bilan bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand shaxar va Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘limlari amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 8n-z/20-sonli 09.01.2023). Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi kasallik qaytalanish chastotasini pasaytirishi orqali tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot ishida zamonaviy usul va yondashuvlarning qo‘llanilganligi, nazariy ma’lumotlarning olingan natijalar bilan mos kelishi, olib borilgan tekshiruvlarning uslubiy jihatdan to‘g‘riligi, bemorlar sonining etarliligi, umumklinik, instrumental, morfologik va statistik tekshiruv usullariga asoslanganligi, barcha raqamli ma’lumotlar zamonaviy kompyuter texnologiyalarini qo‘llab ishlov berilganligi, shuningdek, tadqiqot natijalarining xalqaro hamda mahalliy tadqiqotlar bilan taqqoslanganligi, chiqarilgan xulosa hamda olingan natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlanganligi bilan asoslanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida bir bemorga standart davo uchun o‘rtacha 57000 so‘mni sarflanishi, yil davomida o‘rtacha 4 marotaba davolanishini hisobga olganda 57000 × 4 = 228000 so‘m tejalishiga erishildi. Xulosa: Prozone qurilmasi bilan 0,06 % natriy gipoxloritning ozonlashtirilgan eritmasi yordamida ishlab chiqilgan kompleks davolashning umumiy samaradorligini 83,1 % ga oshirish va davolash vaqtini 7,4 kunga qiskartirish remissiyani 6-8 oygacha uzaytirish imkonini berdi.  Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida bir bemorga standart davo uchun o‘rtacha 57000 so‘mni sarflanishi, yil davomida o‘rtacha 4 marotaba davolanishini hisobga olganda 57000 × 4 = 228000 so‘m tejalishiga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish