Sativoldieva Dildora Sadridin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tili toponimik tizimida konversiya va transonimizatsiya”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil11555.
Ilmiy rahbar: Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Xojialiev Ismoil Tojiboevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Turobov Abdurayim Malikovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili toponimlar makroko‘lamidagi konversiya va transonimizatsiya masalalarini Namangan viloyati toponimiyasi materiallari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
toponimik atoqli otlarning yasalishga ko‘ra apellyativ leksikadan strukturasi va ifodalanishidagi farqli jihatlari, toponimlarning hosilaviy shakllanishidagi usullari, lug‘aviy, morfologik asoslari, vosita va modellari orqali ularning etimologik, tarixiylik, lingvomadaniy belgilari aniqlangan;
toponimlarning yasalishidagi o‘ziga xos lisoniy xususiyatlar, apellyativ leksika negizida konversiya usulda toponimlar yasalishining struktural leksik va nominatsion-motivatsion asoslari hamda yangi paydo bo‘lgan onomastik birliklar tarkibidagi leksik-semantik, morfologik, struktural o‘zgarishlarning tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy omillari va madaniy, maishiy hamda mafkuraviy sabablari ochib berilgan;
onomastik birliklarning o‘zaro munosabati, birining ikkinchisiga o‘tishi – transonimizatsiya, uning yuzaga kelishidagi lisoniy va nolisoniy omillar hamda onomastik konversiyadan transonimizatsiya hodisasi orqali yuzaga chiquvchi leksik-semantik, grammatik va struktural xususiyatlar ilmiy-nazariy asoslar bilan  dalillangan;
turli onomastik birliklardan transonimizatsiya usulida hosil bo‘lgan antropotoponim, etnotoponim, geortotoponim, mifotoponim, agiotoponim va boshqa toponim turlari hamda bir toponimdan boshqa toponim hosil bo‘lishi bilan bog‘liq derivatsiya masalalarining lingvistik yo‘llari, belgilari tahliliy-tavsifiy yo‘l va usullar orqali isbotlab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili toponimiyasida konversiya va transonimizatsiya tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
onomastik birliklarning o‘zaro munosabati, birining ikkinchisiga o‘tishi – transonimizatsiya, uning yuzaga kelish omillari, sabablari va onomastik konversiyadan farqli jihatlari, boshqa onomastik birliklardan transonimizatsiya usulida joy nomlari hosil bo‘lishi – toponimlashuv (toponimizatsiya) va uning mahsuli sifatida hosil bo‘lgan antropotoponim, etnotoponim, agiotoponimlar hamda bir toponimdan boshqa toponim hosil bo‘lishi masalalariga doir ilmiy-nazariy qarashlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2021-2023-yillar bajarilgan PZ-202004165 raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘g‘zaki va yozma kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 6-iyuldagi 01/10-1326 son ma’lumotnomasi). Natijada atoqli otlar, xususan, toponimlarning yasalish va hosil bo‘lish usullari hamda modellari, apellyativ leksikadan konversiya usulida hosil bo‘lishiga doir izoh hamda talqinlar takomillashgan;
onomastik birliklarning o‘zaro munosabati, birining ikkinchisiga o‘tishi – transonimizatsiya, uning yuzaga kelish omillari, sabablari va onomastik konversiyadan farqli jihatlari, boshqa onomastik birliklardan transonimizatsiya usulida joy nomlari hosil bo‘lishi – toponimlashuv (toponimizatsiya) va uning mahsuli sifatida hosil bo‘lgan antropotoponim, etnotoponim, agiotoponimlar hamda bir toponimdan boshqa toponim hosil bo‘lishi masalalariga doir ilmiy-nazariy qarashlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarda bajarilgan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 6-iyuldagi 01/10-1325-son ma’lumotnomasi). Natijada onomastik birliklarning o‘zaro munosabati, transonimizatsiya va u asosida toponimlar hosil bo‘lishiga doir izoh hamda talqinlar mukammallashgan;
atoqli otlar, xususan, toponimlar yasalishidagi o‘ziga xos lisoniy jihatlar, oddiy so‘zlar (apellyativ leksika) negizida konversiya usulida toponimlar hosil bo‘lishining leksik-semantik va nominatsion-motivatsion, morfologik asoslari, onomastik birliklarning o‘zaro munosabati, birining ikkinchisiga o‘tishi – transonimizatsiya, boshqa atoqli otlardan toponimlar hosil bo‘lishi, antropotoponim, etnotoponim, agiotoponim va boshqa toponim turlari hosil bo‘lishiga doir ilmiy xulosalaridan 2022-2023-yillarda O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Milliy ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradio kanali davlat muassasasasining 2023-yil 30-iyundagi 02-36-989-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning o‘zbek tilida toponimlar yasalishiga doir bilim va tasavvurlarini boyishida ahamiyatga ega bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish