Xalikova Moxigul Xalimdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Turli tizimli tillarda sonlar nominatsiyasining lingvomadaniy tavsifi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi rg‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3200.
Ilmiy rahbar: Rasulov Zubaydullo Izomovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat kg‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammedovna, filologiya fanlari doktori, professor; Davlatova Muhayyo Hasanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli tizimli tillarda sonlar nominatsiyasining lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamlar inson kognitiv tajribasining ajralmas qismi sifatida faqatgina miqdor va sanoqni ifodalovchi semantik birlik bo‘lmay, balki magik, falsafiy, tasavvufiy, diniy, rsixologik ma’nolarga egaligi va ushbu ekstralingvistik ma’nolar insonning rotensiali/imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, uning rsixologik rortretini aniqlash, sog‘liq, iste’dod va kelajak haqidagi bilimlarni o’rganishga imkon yaratishi isbotlangan;
qiyoslanayotgan tillar tizimidagi sonlar nominatsiyasining lingvokulturologik xususiyatlari har bir xalq tilining qadriyat va me’yorlar, til va nutq madaniyati, xalqning milliy mentaliteti, milliy-lisoniy, madaniy-axloqiy va ma’rifiy dunyoqarashi, ruhiyati, e’tiqodiy tushunchalari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, tafakkuri kabi omillar integratsiyasi negizida shakllanganligi asoslangan;
chog‘ishtirilayotgan tillar diskursida raqam va son nominatsiyasining birma’nolilik va ko‘pma’nolilik, neytral va emotsionallik, ijobiy va salbiy konnotatsiya, kontekstga bog‘liq va bog‘liq emaslik kabi ziddiyatlar zamirida turli matnlar doirasida kontekstual mazmun kasb etib, milliy konseptual maydon va mentalitetni ifodalashda ustuvorligi aniqlangan;
qiyoslanayotgan tillardagi sonlar ishtirokida shakllangan qator iboralar, turg‘un birikmalar, maqol, matal va aforizmlar hamda xalq og‘zaki ijodi namunalarida raqamlar til va madaniyat, til va tafakkur munosabatlardagi madaniy kod sifatida ko’chma ma’noni ifodalashda xizmat qilishi, olamning lisoniy manzarasini shakllantirishda va kommunikativ vazifalarni bajarishda pragmatik ta’sirning potensial vositasi sifatida faollashuvi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimli tillarda sonlar nominatsiyasining lingvomadaniy xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
raqamlar inson kognitiv tajribasining ajralmas qismi ekanligi, ular faqatgina miqdor va sanoqni ifodalovchi semantik birlik bo‘lmay, balki magik, falsafiy, tasavvufiy, diniy, rsixologik ma’nolarga ega ekanligi va ushbu ekstralingvistik ma’nolar insonning rotensiali\imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, uning rsixologik rortretini aniqlash, sog‘liq, iste’dod va kelajak haqidagi bilimlarni o’rganishga imkon berishiga oid nazariy xulosalardan Buxoro davlat universitetida 2017-2020- yillarda bajarilgan OT-F1-002 “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 30-apreldagi 01-2181-son ma’lumotnomasi). Natijada, raqamlarning inson tafakkurida turli ekstralingvistik, psixologik, antropologik omillar bilan bog‘liqligi, turli soha vakillari nutqida rang-barang ma’nolarda ishlatilish o‘rinlarini yoritishda dissertatsiya xulosalariga tayanilgan;
qiyoslanayoygan tillar tizimidagi sonlar nominatsiyasining lingvokulturologik xususiyatlari har bir xalq tilining milliy-lisoniy, madaniy-axloqiy, ma’rifiy, qadriyat va me’yorlar, til va nutq madaniyati, milliy mentaliteti, dunyoqarashi, ruhiyati, e’tiqodiy tushunchalari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, tafakkuri kabi omillar integratsiyasi negizida shakllanganligiga doir ilmiy xulosa va tavsiyalardan Buxoro davlat universitetida 2021-yil avgust-dekabr oylarida bajarilgan AQShning SUZ800-18-IN0049-raqamli – “FEP” Faculty Enrichment Program mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 30-apreldagi 01-2180-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy-mental xususiyatli raqam va sonlarning madaniyatlararo muloqotda ulardan foydalanishning o‘ziga xos ajralib turadigan jihatlari aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillar diskursida raqam va son nominatsiyasining birma’nolilik va ko‘pma’noliligi, neytral va emotsionalligi, ijobiy va salbiy konnotaysiyaga egaligi, kontekstga bog‘liq va bog‘liq emasligi ularning turli matnlar doirasida kontekstual mazmun kasb etishi, milliy konseptual maydon va mentalitetning ma’lum bir qismini ifodalashi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavki”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokanali”ning 2023-yil 3-oktyabrdagi 02-36-1484-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning o‘zbek xalqi tilida qo‘llanadigan raqamlar bilan bog‘liq konnotativ ma’nolar va ularning mazmun-mohiyati xalq ijtimoiy turmushida azaldan madaniyat bilan bog‘liq leksik tizim shakllanganidan dalolat berishi asoslangan.