Yunusova Nilufar Abdusami qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sanoat issiqlik almashinish qurilmalari uchun suv tozalash qurilmasini takomillashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T1632.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Djalolitdin Paxritdinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nurmuxamedov Xabibullo Sa’dullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Samandarov Doston Ishmuxammat o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat korxonalarining aylanma suv ta’minoti tizimida issiqlik almashinuv jarayonida ishlatiladigan suvni yumshatish jarayonini matematik modellashtirish va qurilmani takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikki qismli natriy-kationit filtridagi suvni yumshatish jarayonidagi ion almashinuvining kinetik va muvozanat qonuniyatlarini hamda ionit qatlami orqali suyuqlik harakatining gidrodinamik xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradigan matematik model ishlab chiqilgan;
ion almashinuvi, adsorbsiya, diffuziya va filtrlash jarayonlarini tavsiflovchi kimyo, fizika va gidrodinamika qonunlariga asoslanib, suvni yumshatish moslamasida “regeneratsiya” jarayonini hisoblash imkonini beruvchi model ishlab chiqilgan;
sheklangan elementlar usuli - tizimni diskret elementlarga ajratuvchi, bir jinsli va murakkab geometrik shakllarni modellashtirish imkonini beruvchi PDE Toolbox-ga asoslanib, matematik tavsiflash uchun suvni yumshatish moslamasida to‘liq “sorbsiya-regeneratsiya” sikli tenglamalar tizimini echishni ta’minlaydigan algoritm ishlab chiqilgan;
suvni yumshatishda vaqt bo‘yicha Ca va Mg tuzlari konsentratsiyasining o‘zgarish dinamikasini hamda regeneratsiya jarayonining vaqtini aniqlash imkonini beradigan qurilmaning konstruksiyasi loyihalashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalarining aylanma suv ta’minoti tizimida issiqlik almashinuv jarayonida ishlatiladigan suvni yumshatish qurilmasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suvni yumshatish qurilmasida “sorbsiya-regeneratsiya” to‘liq siklini matematik tavsiflash uchun tenglamalar tizimini echishni ta’minlovchi algoritm Navoiy shahri “Elektrokimyozavod” QK AJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “Elektrokimyozavod” QK AJning 2024 yil 5 yanvardagi 014-son ma’lumotnomasi). Natijada, nochiziqli differensial tenglamalar tizimini echish va natijalarni baholashning aniqligini oshirish orqali issiqlik almashinuv qurilmalarida cho‘kindi qatlamlarning hosil bo‘lish tezligi va suvning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini bergan;
suvni yumshatish moslamasida “regeneratsiya” jarayonini hisoblash imkonini beruvchi model, suvni yumshatish uchun ko‘p funksiyali qurilma Navoiy “Elektrokimyozavod” QK AJda suvni yumshatish uchun ikki kamerali ion almashinuv filtrining sinov qurilmasiga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi “Elektrokimyozavod” QK AJning 2024 yil 5 yanvardagi 014-son ma’lumotnomasi). Natijada, regeneratsiya eritmasi va suv hajmining sarfini kamaytirish, suvni sifatli yumshatish, aylanma suv ta’minoti tizimidagi uskunalarning samaradorligi va ishonchliligini oshirish imkonini bergan.