Urinov Oybekning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Epidemiologik, davolash – diagnostika va prognostik parametrlarni o‘tkir koronar sindromi/o‘tkir miokard infarkti bor bemorlarda o‘rganish (registr ma’lumotlariga tayanib)”, 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib34.
Ilmiy rahbar: Mamutov Refat Shukrievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.26.04.2018.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori; Tursunov Xatam Xasanbaevich tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot:Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: YuIKning o‘tkir shakllarida epidemiologik ko‘rsatkichlarni, prognozni va tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etishni o‘rganish asosida O‘KS/O‘MIli bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anamnezida yurak ishemik kasalligi bor bemorlar orasidan to‘satdan o‘lim sodir bo‘lishida beta – adrenoblokatorlar, antiagregantlar va statinlarni bir vaqtning o‘zida qabul qilmay qo‘yishlari yuqori darajadagi prognostik ko‘rsatkichiga (72,9%) ega ekanligi isbotlangan;
to‘satdan o‘lim sodir bo‘lishida ilk bor aniqlangan qandli diabet, chekish, arterial qon bosimini oshishining roli, shuningdek, anamnezida ishemiya kasalligi mavjudligi baholangan va ular birgalikda kelishi yuqori darajadagi bashoratlik ko‘rsatkichga ega ekanligi aniqlangan;
statsionargacha bo‘lgan davrda miokard infarktidan yuzaga kelgan o‘limda bemorlarda uch va undan ortiq koronar tomirlarda aterosklerotik o‘zgarishlar mavjudligi isbotlangan;
o‘tkir koronar sindromi/o‘tkir miokard infarktining yuzaga kelishida surunkali anemiya roli baholangan va u prognostik indeksga egaligi isbotlangan;
o‘tkir koronar sindromini/o‘tkir miokard infarktining yuzaga kelishdagi klinik belgilari baholanganda, asosan, to‘sh orqasida og‘riq, holsizlik yoki xansirashlar birga kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘KS/O‘MI o‘tkazgan bemorlarda shu kasalliklarning rivojlanishiga olib keluvchi omillarni o‘rganib chiqish, prognostik mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘KS/O‘MI o‘tkazgan bemorlarning xavf – stratifikatsiyasi uslublarining kasallanish rivojlanishi xavfi, o‘lim darajasini aniqlash, ularni birlamchi va ikkilamchi profilaktika qilish nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha “Yurak qon-tomir kasalliklari xavf omillari” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 18 maydagi 8n-d/117-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma O‘KS/O‘MI o‘tkazgan bemorlarda o‘lim sodir bo‘lishida xavfli omillarni to‘tkan o‘rni va hayot prognozini baholab, kerakli tavsiyalar berish imkoniyatini yaratgan;
O‘KS/O‘MI yuzaga keltiradigan xavf omillari va yurak qon-tomir kasalliklari klinik belgilarni birgalikda kelishi baholangan “Yurak qon-tomir kasalliklari xavf omillari” uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 18 maydagi № 8n-d/117-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma umumiy yurak qon-tomir xavfini baholashga, klinik yakunlarning yaxshilanishiga va XOlari borasida profilaktik tadbirlarni o‘tkazishga imkon bergan;
O‘KS/O‘MI bemorlarda yosh, jins, chekish statusi, qandli diabet, sistolik arterial bosimni hisobga olgan holda, yurak qon-tomiri kassalliklari xavfini aniqlash maqsadida “Yurak-qon tomir xavfini baholash uchun dastur” tibbiyot amalyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 18 maydagi 8n-d/117-son ma’lumotnomasi). Mazkur dastur yordamida umumiy xolesterin miqdorini tekshirish imkoni bo‘lmagan tibbiyot muassasalarida yosh, jins, chekish statusi, qandli diabet, sistolik arterial bosimni hisobga olgan xolda, yurak qon – tomiri kassalliklari xavfi aniqlanib, hayot sifati ko‘rsatkichining o‘zgarishiga, ayniqsa kasallikning o‘tkir shakllaridan yuzaga keladigan asoratlarni yaqin va olisdagi prognostik ko‘rsatkichlarini yaxshilanishiga olib kelishga imkon bergan.