Ergashev Sirojiddin Abdigafforovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Andijon viloyatida paxta to‘qimachilik klasterlarini hududiy tashkil etilishini takomillashtirish», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Gr183.
Ilmiy rahbar: Isaev Akbarjon.Abdulxamidovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod.Abdullaevich, iqtisod fanlari doktori, professor; Abdinazarova Xidoyatxon Oripovna, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyati paxta-to‘qimachilik klasterlarini joylashtirishga taʼsir etuvchi omillarni aniqlash, baholash hamda tarmoq va hududiy tarkibini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta-to‘qimachilik klasterlarini geografik joylashuvi va gorizontal hamda vertikal aloqadorliklarining ilmiy asoslangan uslubiy yondashuvi ishlab chiqilgan;
viloyatda paxta-to‘qimachilik klasterlarini hududiy tashkil etishning iqtisodiy samaradorligi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va mehnat resurslari o‘rtasidagi Spirmen-korrelyasiya koeffisienti asosida aniqlangan;
Andijon viloyatida paxta-to‘qimachilik klasteri tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalarining joylashuvi va hududiy tashkil etish yuzasidan ilmiy tavsiya hamda paxta-to‘qimachilik klasterlarining tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan;
ArcGIS dasturida viloyatdagi paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan ishlab chiqarish sikllarini tashkil etishi va mehnat resurslarini ish bilan taʼminlashga doir turkum kartalar yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon viloyatida paxta-to‘qimachilik klasterlari hududiy tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta-to‘qimachilik klasterlarini geografik jihatidan o‘rganishda ilmiy asoslangan uslubiy yondashuv O‘zbekiston Respublikasi paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi 2024 yil 29 fevraldagi 03/22-111-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini majmuali tahlil qilish, baholash imkoniyati yaratilgan;
viloyatda paxta-to‘qimachilik klasterlarini hududiy tashkil etishning iqtisodiy samarasi O‘zbekiston Respublikasi paxta-to‘qimachilik klasterlari tizimi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi 2024-yil 29-fevraldagi 03/22-111-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, paxtani qayta ishlovchi sanoat korxonalarining hududiy mujassamlashtirish asnosida klasterlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Andijon viloyatida paxta-to‘qimachilik klasteri tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalarining joylashuvi va hududiy tashkil etish yuzasidan ilmiy tavsiya O‘zbekiston Respublikasi paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi tizimi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi 2024 yil 29 fevraldagi 03/22-111-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, viloyat klaster bo‘gʻinidagi korxonalarni ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ularning hududiy tashkil etish yuzasidan taʼsir ko‘rsatuvchi omillarni baholash imkoniyati yaratilgan;
ArcGIS dasturida viloyatdagi paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan ishlab chiqarish sikllarini tashkil etilishi va mehnat resurslarini ish bilan taʼminlashga doir mavzuli kartalardan O‘zbekiston Respublikasi paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi amaliyotida va milliy geografik axborot tizimini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi 2024 yil 29 fevraldagi 03/22-111-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, Milliy geografik axborot tizimining Andijon viloyati sanoat tarmoqlariga tegishli iqtisodiy-ijtimoiy maʼlumotlarni kengaytirish va sifatini yaxshilash imkonini bergan;
viloyat paxta-to‘qimachilik klasterlarining tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturi O‘zbekiston Respublikasi paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi tizimi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi 2024 yil 29 fevraldagi 03/22-111-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, Andijon viloyatida “O‘zbekiston-2030” strategiyasidagi vazifalarni bajarish nuqtayi nazaridan, paxta-to‘qimachilik klasterlarini hududiy tashkil etishni prognozlashtirish dasturini yaratish imkonini bergan.