Sarmanov Orifjon Adiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda bojxona to‘lovlari hisobi va tahlilini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (Iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2802.
Ilmiy rahbar: Pardaev Tulkin Nasirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Qodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alikulov Abdimo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bojxona to‘lovlari hisobi va tahlilini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
importyorlarni rag‘batlantirish va hisob-kitoblarni xalqaro standartlarga implementatsiya qilish talabi asosida bojxona xizmati tomonidan undirilgan soliqlarni qaytarilishini hisobda aks ettirish uchun 140100 – “Qo‘shilgan qiymat solig‘i”, 140200 – “Aksiz solig‘i” schyotlarini kiritish hamda hisob registrlari va subkontolarda rasmiylashtirish taklifi asoslangan;
davlat byudjetiga to‘lovlarning undirilmaslik riskini minimallashtirish mezoni asosida bojxona to‘lovlari monitoringi natijasida qo‘shimcha hisoblangan daromadlarni aks ettirish uchun “Moliyaviy faoliyat natijalari to‘g‘risida hisobot”ga “Hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yillarning bojxona to‘lovlari” 021-satrni kiritish va uni byudjet hisobotining shakllari bilan offsetting qilish taklifi asoslangan;
bojxona to‘lovlari hisobining axborot-tahliliy ta’minotini kengaytirish maqsadida import tovarlari yuk egasiga topshirilganidan keyingi bojxona nazorati va bojxona to‘lovlarini qo‘shimcha hisoblash muddatini amaldagi bir yildan uch yilga uzaytirish hamda advalor stavkalarni qo‘llash orqali byudjet daromadlarini barqarorlashtirish taklifi asoslangan;
bojxona to‘lovlari yig‘iluvchanligi hisobiga ta’sir etuvchi import dinamikasi, importyorlar soni, imtiyoz va preferensiyalar, bojxona bojining o‘rtacha arifmetik stavkasi, QQS stavkasi kabi omillar asosida davlat byudjetiga bojxona to‘lovlari tushumining 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda bojxona to‘lovlari hisobi va tahlilini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
importyorlarni rag‘batlantirish va hisob-kitoblarni xalqaro standartlarga implementatsiya qilish talabi asosida bojxona xizmati tomonidan undirilgan soliqlarni qaytarilishini hisobda aks ettirish uchun 140100 - “Qo‘shilgan qiymat solig‘i”, 140200 – “Aksiz solig‘i” schyotlarini kiritish hamda hisob registrlari va subkontolarda rasmiylashtirish taklifi bo‘yicha taklif bojxona to‘lovlarining davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi ulushini aniqlashda foydalanilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2023 yil 9 yanvardagi 8/25-23-001-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bojxona xizmati tomonidan davlat byudjetiga undirilgan tushumlarning davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi ulushi 2022 yilda 3 foizdan 22 foizga oshishiga erishilib, bojxona xizmati faoliyatini alohida baholash uchun zamin yaratilgan;
davlat byudjetiga to‘lovlarning undirilmaslik riskini minimallashtirish mezoni asosida bojxona to‘lovlari monitoringi natijasida qo‘shimcha hisoblangan daromadlarni aks ettirish uchun “Moliyaviy faoliyat natijalari to‘g‘risida hisobot”ga “Hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yillarning bojxona to‘lovlari” 021-satrni kiritish va uni byudjet hisobotining shakllari bilan offsetting qilish bo‘yicha taklif Bojxona qo‘mitasi tomonidan hisobotlarni shakllantirishda foydalanilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2023 yil 9 yanvardagi 8/25-23-001-son ma’lumotnomasi). Natijada, bojxona to‘lovlari monitoringi jarayonida qo‘shimcha hisoblangan bojxona to‘lovlarini hisobga olish, undirilishini nazorat qilish va hisobotini shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
bojxona to‘lovlari hisobining axborot-tahliliy ta’minotini kengaytirish maqsadida import tovarlari yuk egasiga topshirilganidan keyingi bojxona nazorati va bojxona to‘lovlarini qo‘shimcha hisoblash muddatini amaldagi bir yildan uch yilga uzaytirish hamda advalor stavkalarni qo‘llash orqali byudjet daromadlarini barqarorlashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 1 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-748-son Qonunining 41-bandida o‘z aksini topgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2023 yil 9 yanvardagi 8/25-23-001-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bojxona rasmiylashtiruvidan keyingi nazorat samaradorligi va bojxona to‘lovlari tahlili bazasi kengayganligi sababli qo‘shimcha hisoblangan bojxona to‘lovlarini undirish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, 2023 yilda qo‘shimcha hisoblangan bojxona to‘lovlari 2022 yilga qaraganda
4,5 barobar yoki 779,1 mlrd so‘m ortishiga erishilgan;
bojxona to‘lovlari yig‘iluvchanligi hisobiga ta’sir etuvchi import dinamikasi, importyorlar soni, imtiyoz va preferensiyalar, bojxona bojining o‘rtacha arifmetik stavkasi, QQS stavkasi kabi omillar asosida davlat byudjetiga bojxona to‘lovlari tushumining 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Bojxona qo‘mitasi tomonidan davlat byudjetining tushumlari prognozini shakllantirishda foydalanilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2023 yil 9 yanvardagi 8/25-23-001-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bojxona to‘lovlarining prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish takomillashgan.