Rasulova Nodira Sardarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiva mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “O‘zbekiston kommunistik partiyasi kadrlar tayyorlash siyosatining sovet mafkurasi targʻibotiga yo‘naltirilishi tarixi”. 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Tar231
Ilmiy maslahatchi: Yunusova Xurshida Erkinovna tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyai ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti. DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Mahkamova Nadira Raxmanovna, tarix fanlari doktori, professor; Xasanov Baxtiyor Vaxapovich, tarix fanlari doktori, professor; Xaydarov Murodilla Maxmutalievich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1925–1991-yillarda O‘zbekiston kommunistik partiyasi kadrlar tayyorlash siyosatining sovet mafkurasi targ‘ibotiga yo‘naltirilishi tarixini har tomonlama o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Kommunistik partiya totalitar mafkurani kuchaytirish orqali sinfiy hukmronlikni shakllantirib, partiya mafkurasi davlat mafkuraga aylanib borishiga hamda davlat va partiya organlari vazifalarining tartibsiz qorishuviga sabab bo‘lganligi, bu esa xalq ustidan siyosiy hukmronlik o‘rnatib, barcha davlat lavozimlarining partiya a’zolari tomonidan egallanishiga olib kelganligi dalillangan;
Kommunistik partiya tashkilotlari hukmronlikni saqlab qolish va mustahkamlash maqsadida ommaviy-siyosiy ishlarni amalga oshirganligi, bunda targ‘ibot-tashviqot va nomenklatura tizimlari aniq ishlaganligi, jamiyatni to‘liq nazorat va ekspluatatsiya qilish usulini qo‘llagan nomenklatura tizimi korxonalar, muassasalar, o‘quv yurtlari hamda aholi yashash joylarida suhbatlar va siyosiy o‘quvni kuchaytirib borganligi, bunga qarshi chiqqanlar qatag‘on qilinganligi isbotlangan;
o‘tgan asrning 20–30-yillaridan boshlab Sovet davlatida ijtimoiy, madaniy va siyosiy faoliyat takomillashtirilib, “yagona sovet madaniyati”ni shakllantirishga harakat qilingani, xalqni sovet hokimiyati atrofida jipslashtirishga xizmat qiluvchi tayanch punktlar (qishloq va shaharlarda siyosiy va madaniy markaz sanalgan klublar tarmog‘i, “qizil choyxona”lar, “dehqon uylari”, o‘rta maktablar, sayyor kinoteatrlar)ga alohida e’tibor qaratilgani asoslantirilgan;
O‘zbekiston Kommunistik partiyasining tashkil etilishi hamda “partiya-davlat” tipidagi tashkilotga aylanishi, uning so‘z erkinligiga to‘siq bo‘lib, kadrlar tayyorlash tizimida jiddiy kamchiliklarga, salohiyatli yetakchilar paydo bo‘lishiga olib keladigan raqobat muhitining yo‘q qilinishiga olib kelganligi aniqlangan;
Kommunistik partiyaning “yagona sovet jamiyati qurish” borasidagi tajribasi muvaffaqiyasizlikka uchrashi oqibatida kelib chiqqan siyosiy inqiroz ittifoqdosh respublikalarda yangi ijtimoiy-siyosiy harakatlar paydo bo‘lishiga olib kelganligi va ular jamiyatdagi siyosiy islohotlarda katta o‘rin tutgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan O‘zKP kadrlar tayyorlash siyosatining sovet mafkurasi targ‘ibotiga yo‘naltirilish tarixiga oid ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Kommunistik partiya totalitar mafkurani kuchaytirish orqali sinfiy hukmronlikni shakllantirib, partiya mafkurasi davlat mafkuraga aylanib borishiga hamda davlat va partiya organlari vazifalarining tartibsiz qorishuviga sabab bo‘lganligi, bu esa xalq ustidan siyosiy hukmronlik o‘rnatib, barcha davlat lavozimlarining partiya a’zolari tomonidan egallanishiga olib kelganligi haqidagi xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022–2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 11-mart 91-son ma’lumotnomasi). Bu esa targ‘ibot ishlarida ishtirok etgan tinglovchilar mazkur ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan.
Kommunistik partiya tashkilotlari hukmronlikni saqlab qolish va mustahkamlash maqsadida ommaviy-siyosiy ishlarni amalga oshirganligi, bunda targ‘ibot-tashviqot va nomenklatura tizimlari aniq ishlaganligi, jamiyatni to‘liq nazorat va ekspluatatsiya qilish usulini qo‘llagan nomenklatura tizimi korxonalar, muassasalar, o‘quv yurtlari hamda aholi yashash joylarida suhbatlar va siyosiy o‘quvni kuchaytirib borganligi, bunga qarshi chiqqanlar qatag‘on qilinganligi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi eksponatlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2024-yil 12-mart 59-son ma’lumotnomasi). Bu esa muzeyga tashrif buyuruvchilarda kadrlar tayyorlash siyosati kommunistik mafkuraga asoslanib, mamlakatda xalq hayoti batamom yagona partiya ta’siriga tushib qolganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan;
o‘tgan asrning 20–30-yillaridan boshlab Sovet davlatida ijtimoiy, madaniy va siyosiy faoliyat takomillashtirilib, “yagona sovet madaniyati”ni shakllantirishga harakat qilingani, xalqni sovet hokimiyati atrofida jipslashtirishga xizmat qiluvchi tayanch punktlar (qishloq va shaharlarda siyosiy va madaniy markaz sanalgan klublar tarmog‘i, “qizil choyxona”lar, “dehqon uylari”, o‘rta maktablar, sayyor kinoteatrlar)ga alohida e’tibor qaratilgani haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarixini kompleks o‘rganishda, xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi: o‘tmishi va buguni” nomli kitob-albom tayyorlashda, Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘ida joylashgan Shon-sharaf muzeyining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi” burchagini hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tarixi va buguni muzeyini tegishli ma’lumotlar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2024-yil 7 mart 1/1-1806-son ma’lumotnomasi). Bu esa talaba va kursantlar sovet davlati kommunistik mafkura g‘oyalarini targ‘ib etishda madaniyat xodimlaridan foydalanganligiga oid ma’lumotlar bilan tanishishlariga xizmat qilgan.
O‘zbekiston Kommunistik partiyasining tashkil etilishi hamda “partiya-davlat” tipidagi tashkilotga aylanishi, uning so‘z erkinligiga to‘siq bo‘lib, kadrlar tayyorlash tizimida jiddiy kamchiliklarga, salohiyatli yetakchilar paydo bo‘lishiga olib keladigan raqobat muhitining yo‘q qilinishiga olib kelganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Ochiq dars”, “Mavzu”, “Aslida qanday?” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 29-maydagi 06-31-840-son ma’lumotnomasi). Bu esa teletomoshabinlarga kommunistik partiyaning shakllanishi, davlat ustidan monopol hukmronlik o‘rnatgani, buning jamiyatga keltirgan salbiy oqibatlari, istiqlol arafasida O‘zbekistonda tashkil etilgan jamoat birlashmalari haqida kerakli ma’lumotlarni bilib olish imkonini bergan;
Kommunistik partiyaning “yagona sovet jamiyati qurish” borasidagi tajribasi muvaffaqiyasizlikka uchrashi oqibatida kelib chiqqan siyosiy inqiroz ittifoqdosh respublikalarda yangi ijtimoiy-siyosiy harakatlar paydo bo‘lishiga olib kelganligi va ular jamiyatdagi siyosiy islohotlarda katta o‘rin tutgani haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari uchun “O‘zbekiston tarixi”, “Jahon tarixi”, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” darsliklarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 15 avgustdagi 18-son buyrug‘iga asosan berilgan 718-003 raqamli hamda 2020-yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘iga asosan berilgan 418-034 raqamli maxsus ruxsatnomalar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgust 391-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 721151-raqamli maxsus ruxsatnoma). Ushbu joriy etilish natijasida kursantlar O‘zbekiston tarixini zamon talablari asosida o‘rganish, tarixiy-madaniy jarayonlarni yangicha ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilish imkoniga ega bo‘ldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish