Gadaev Nuriddin Erdashevichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Sifatli tola olish maqsadida toshtutgich qurilmasining samarali konstruksiyasini yaratish” 05.06.02- “Toʻqimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2305
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PHD.03/04.10.2023.T.174.01 Rasmiy opponentlar: Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Siddiqov Akbarxon Xojiaaxmadxonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta xom ashyosi tarkibidagi og‘ir aralashmalarni ajratib olish samaradorligini oshirish, sifatli tola olish maqsadida toshtutgich qurilmasini yangi konstruksiyasini ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta va og‘ir aralashmalarning birgalikdagi harakatini bir komponentlik muhit sifatida qabul qilib olib, ularning toshtutgich qurilmasining kirish qismidagi harakati bo‘yicha traekoriyalari aniqlangan;
toshtutgich ishchi kamerasida paxta xomashyosi tarkibidagi og‘ir aralashmalarni to‘la ajratish jarayonida qavariq shaklidagi qoziqchali baraban va     to‘rli yuzani tola va chigitga ta’sir qiladigan ya’ni zarb kuchlari va aerodinamik kuchlarni hisobga olib matematik modeli olingan;
qoziqli barabanni o‘rnatilish uchastkasi aerodinamik qonuniyatlar asosida tashuvchi havoga eng kam ta’sir qiluvchi qarshilik kuchlarni hisobga olgan holda topilgan;
to‘plangan og‘ir aralashmalarni qurilmaning cho‘ntak qismidan qisqa vaqtda chiqarib yuborishda klapanlarning qiyalik burchaklari to‘g‘ri burchakli uchburchak uchun Pifagor teoremalari asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta xomashyosini pnevmotransport yordamida tashish jarayonidagi toshtutgich qurilmasini konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan takomillashtirilgan toshtutgich qurilmasi Jizzax viloyati “Paxtakor teks” MChJ QKga qarashli Zarbdor paxta tozalash korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta–to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 03/22-177-son ma’lumotnomasi). Natijada mayda iflosliklardan 3,5 % dan 3.1 % gacha kamayishiga, chigit shikastlanishi 3,6% dan 3.2 % gacha tozalanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish