Kenjaeva Muazzam Isroiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Arrali jinlash mashinasining ishchi kamerasiga tezlatgich o‘rnatish hisobiga uning samaradorligini oshirish” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T1840
Ilmiy rahbar: Umarov Akmal Akparalievich, texnika fanlari falsafa doktori, PhD, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Jamshid Kambaralievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Sattarov Nurillo Muzaffar o‘g‘li, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tola ajratish mashinasining ishchi kamerasidagi xomashyo valigi zichligini tezlatgichning elektromotori yuklanish toki orqali ta’minlovchi valiklar tezligini avtomatik rostlash hisobiga uning samaradorligini oshirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tola va chigitning sifat ko‘rsatgichlari va uskuna ish unumi xomashyo valigining tezligiga bog‘liqligini hisobga olgan holda ishchi kameradagi tezlatgich tezligini boshqarish mexatronik tizimi ishlab chiqilgan;
arrali jin ishchi kamerasidagi tezlatgich va paxta bo‘lakchasi harakati qonuniyatlari tahlili asosida paxtani arrali jinlash jarayonining dinamik parametrlari – tezlatgich aylanish chastotasi va diametrining maqbul qiymatlari aniqlangan;
mashinaning ish unumdorligi, tola va chigitning sifat ko‘rsatkichlarining jinlash jarayoni parametrlari bilan o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqib xomashyo valigi zichligining tezlatgich elektromotori yuklanish toki o‘zgarishiga ko‘ra valiklar tezligini rostlash usuli ishlab chiqilgan;
tezlatgich aylanish tezligi va diametri hamda uskuna ish unumi, tola va chigitning sifat ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘lanish qonuniyati tahlili asosida xomashyo valigi zichligini tezlatgich elektromotori yuklanish toki orqali avtomatik rostlash mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xomashyo valigi zichligi tezlatgich elektromotori yuklanish toki orqali rostlanadigan arrali jinlashning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Ishchi kamerasiga o‘rnatilgan tezlatgich orqali xomashyo valigi zichligi rostlanadigan arrali jin «Namangan To‘qimachi Cluster» MChJ ga qarashli «Chust paxta tozalash» korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekiston Paxta-To‘qimachilik Klasterlari» uyushmasining 2023 yil 19 apreldagi №02-22-296-son ma’lumotnomasi). Natijada, Namangan-77 seleksion navida I-nav 1-sinf paxtani ishlashda paxta tolasidagi nuqson va iflos aralashmalar yig‘indisini 0,9% ga kamaytirish, chigitning mexanik shikastlanishini 0,8% ga kamaytirish, mashinaning ish unumdorligini 10 % ga oshirish imkonini bergan.